(372-bandning 5-xatboshisi “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI boshlig’ining 2003 yil
27 yanvardan 1/6-7-02-son ko’rsatmasiga muvofiq o’zgartirildi).
Ogohlantirish berilgan birinchi poezd nomerini, ularni bergan stansiya navbatchilari
poezd dispetcheriga xabar qilishlari, u esa o’z navbatida bajarilgan harakat grafigida bu xaqda
qayd kiritmog’i lozim.
373.
Ogohlantirish o’rnatilgan peregonni chegaralovchi stansiya navbatchisi
ogohlantirish amalga kirishidan avval, poezd dispetcheri orqali uni yaqinlashib kelayotgan
poezd mashinistlariga topshirilganmi-yo’qmi ekanligini aniqlaydi.
Ogohlantirish topshirilmagan poezdlar topshirish uchun to’xtatilishi yoki ogohlantirish
mavjudligi xaqida radio aloqa orqali ushbu Yo’riqnomaning 367-bandiga muvofiq DATK
boshqaruvi raisi tomonidan tasdiqlangan tartibga binoan xabar qilinishi lozim.
374.
Ikki yo’llik peregonlarda poezd noto’g’ri yo’ldan jo’natilganda stansiya
navbatchisi poezd dispetcheri orqali ushbu yo’lda ogohlantirish amal qilishini tekshirib, amal
qilgan taqdirda uni jo’natilayotgan poezd mashinistiga topshirishi shart.
Ko’p yo’llik peregonlarda poezdlarni u yoki bu yo’l bo’ylab jo’natganda
ogohlantirishlarni topshirish tartibi DATK tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi boshlig’i
tomonidan belgilanadi.
375.
Bekor qilinguncha amal qiladigan ogohlantirishlar bekor qilinganligi to’g’risida
xabar olinmaguncha poezdlarga topshiriladi.
Ma'lum muddatga amal qiladigan ogohlantirishlar faqat shu muddat davomida
topshiriladi. Ishlar rahbaridan ogohlantirishni amal qilish muddatini uzaytirish xaqida xabar
olinmasa, bunday ogohlantirishlarni bekor qilish to’g’risida talabnomalar berilmaydi va ularni
poezdlarga topshirish to’xtatiladi.
Ishlar rahbari biron sababga ko’ra talabnomada ko’rsatilgan muddat ichida
ogohlantirishni keltirib chiqargan ishlarni yakunlay olmasa, u mazkur muddat tugamasdan
ilgari o’rnatilgan ko’chirib yuriladigan tezlikni kamaytirish signallariga signalchilarni
yuborib, peregonni chegaralovchi stansiya navbatchilarini ogohlantirish uzaytirilganidan
xabardor qilib, yangi muddatni ko’rsatishi lozim.
Bunday talabnomani olgan stansiya navbatchisi ushbu Yo’riqnomaning 367-bandiga
muvofiq ish ko’rishi lozim.
376.
Bekor qilingunga qadar belgilangan ogohlantirishni faqat uni belgilagan xodim
yoki uning bevosita boshlig’i bekor qilishi mumkin.
Ogohlantirishni
belgilagan
mansabdor
shaxslar
qo’llari ostida joylardagi
bo’linmalarning boshliqlariga tegishli ishlar bajarilgandan so’ng ogohlantirishni bekor qilish
yoki ogohlantirishda belgilangan poezdlar harakati tezligini oshirishga topshiriq berishlari
mumkin. Bunday topshiriq xaqida ogohlantirishni berishga talabnomada ko’rsatilishi lozim.
Yo’l o’lchagich va defekt aniqlagich vagonlarning boshliqlari talabnomasiga ko’ra
berilgan ogohlantirishlarni yo’l masofasi boshlig’i yoki uning o’rinbosari bekor qiladi.
377.
Bekor qilingunga qadar belgilangan ogohlantirishlar ularni keltirib chiqargan
sabablar bartaraf etilgandan so’ng, darhol ogohlantirishlarni belgilagan manzillarga
telegramma (telefonogramma) yo’llanib bekor qilinadi.
Ogohlantirish
yozma
ravishda
yoki
ogohlantirish
berilgan
stansiyaning
ogohlantirishlar kitobiga yozuv kiritilib, bekor qilayotgan shaxs tomonidan bekor qilinish oyi,
kuni va vaqti qayd etiladi va ushbu yozuvni belgilangan manzillarga telegramma
(telefonogramma) jo’natish bilan tasdiqlab bekor qilinadi.
Ogohlantirishlar bekor qilinganligi to’g’risidagi xabarni stansiya navbatchisi
ogohlantirishlar kitobining mavjud yozuvlar qarshisiga tushiradi va bekor qilish kim
tomonidan va qachon (soat, minut va kun) kelib tushganini ko’rsatadi. Bekor qilingan,
shuningdek, amal qilish muddati tugagan ogohlantirishlar ustidan chiziladi.
Peregonda poezdlar harakat tezligini cheklash bilan bog’liq ogohlantirishlar bekor
qilinganligi yoki ma'lum muddatga belgilangan shu kabi ogohlantirishlarning amal qilishi
muddatidan ilgari tugagani to’g’risida xabar olgan stansiya navbatchisi bu xaqda poezd
dispetcheriga ma'lum qilishi kerak.
378.
Lokomotivlar (motorvagon poezdlar, maxsus o’zi yurar harakat tarkibi)
mashinistlari uchastkada harakatlanayotganda berilgan ogohlantirishlarga amal qilishlari va
yo’llarda o’rnatilgan ko’chiriladigan signallarni diqqat bilan kuzatishlari shart.
Ogohlantirishda ko’rsatilgan davrda poezd ish joyiga harakatlanganda to’sish
signallari mavjudligidan qat’iy nazar, ogohlantirishda belgilangan tezlikka rioya etilishi kerak.
To’sish signallari bo’lmaganda mashinist bu xaqda poezd dispetcheriga yoki
peregonni chegaralovchi stansiya navbatchisiga ushbu buzilishni bartaraf etish choralarini
ko’rish uchun xabardor qilishi shart.
Ish joyi ogohlantirishda ko’rsatilgan muddatdan ilgari yoki kechroq bosib o’tilganda
va yo’llarda tezlikni kamaytirish yoki to’sish signali bo’lmaganda, poezd tezligi
kamaytirilmaydi.
Ishlar ogohlantirishda ko’rsatilgan muddatdan ilgari yakunlanganligi
yoki
ogohlantirish bo’yicha cheklangan tezlikni oshirish xaqidagi xabar lokomotiv mashinistiga
radio aloqa orqali poezd dispetcherining qayd etiluvchi buyrug’i bilan uzatiladi.
379.
Har qanday shaxsdan peregonda yo’l, kontakt tarmog’i, inshoot yoki qurilmalar
nosozligini ko’rganligi xaqida xabar olganidan so’ng stansiya navbatchisi uni ko’rik jurnaliga
yozib qo’yishi va darhol poezd dispetcherini, qo’shni stansiya navbatchisini va qurilmalarga
xizmat ko’rsatuvchi xodim (yo’l ustasi, SSB elektromexanigi, kontakt tarmog’i
elektromexanigi) ni xabardor qilishi shart.
Agar bunday nosozlik peregonda harakatlanayotgan lokomotiv (motorvagon poezdi,
maxsus o’zi yurar harakat tarkibi) mashinisti tomonidan aniqlansa, u tezlikni pasaytirishi,
zarur bo’lsa, poezdni to’xtatishi, bu xaqda poezd radio aloqasi orqali ortidan kelayotgan
poezdlarning mashinistlariga, yaqinroqdagi stansiya navbatchisiga yoki poezd dispetcheriga
nosozlikni xususiyati va aniqlangan joyini (kilometr, piket) ko’rsatib e'lon qilishi shart.
Agar stansiya navbatchisi (mashinist yoki boshqa shaxsdan) olgan xabar poezdlarning
normal harakatiga to’siq mavjudligidan dalolat bersa, ushbu xabarni peregonda
harakatlanayotgan poezdlar mashinistlariga uzatish choralarini ko’rishi, xabarni xususiyati
poezdlar harakatini davom ettirishni iloji yo’qligidan dalolat bersa, ushbu to’siq bartaraf
etilgani xaqida xabarnoma kelmaguncha harakatni taqiqlashi shart. Peregon (yo’l) yopilishi
xaqidagi buyruqni kutmasdan stansiya navbatchisi qo’shni stansiya navbatchisiga ham
peregonga boshqa poezdlar jo’natilishi taqiqlanishi to’g’risidagi buyruqni uzatishi shart.
Peregondagi poezdlarning mashinistlari olingan xabarning xususiyatlariga bog’liq ravishda
xavfli joyni o’ta ehtiyotkorlik bilan, zarur bo’lsa tezlikni kamaytirib va to’xtashga tayyor
holda bosib o’tishlari yoki poezdni to’xtatib, to’siq bartaraf etilgan xaqida xabar kelgandan
so’ng harakatni davom ettirishlari shart.
Normal harakatga to’siq borligi xaqida xabar olingan peregonga birinchi poezd yo’l
ustasi yoki u bo’lmasa, yo’l brigadiri, kontakt tarmog’i shikastlanganda esa, kontakt tarmoq
elektromonteri kuzatuvida jo’natilishi mumkin.
Yo’l ustasi yoki brigadiri peregonda bo’lib, ularning manzili ma'lum bo’lsa, poezd
mashinistiga poezdni xavfli joyga kuzatib borishlari uchun poezdni to’xtatib, ularni mindirib
olishlari xaqida ogohlantirish topshiriladi.
Ogohlantirishda nosozlik aniqlangan joydan oldingi kilometrda to’xtash va shundan
so’ng poezdni kuzatib borayotgan yoki xavfli joyda turgan xodimning ko’rsatmasi bilan
harakatlanish lozimligi ko’rsatiladi.
Poezdni kuzatib borayotgan xodim keyingi poezdlarni o’tkazish tartibini belgilaydi,
zarur bo’lsa belgilangan tartibda poezdlarga ogohlantirish topshirishga talabnoma beradi.
380.
Ogohlantirishlar to’g’risidagi DATK boshqaruvi raisining buyruqlari tegishli
bo’linmalarning boshliqlariga yo’llanadi va ogohlantirish belgilanadigan uchastkalarga xizmat
ko’rsatish bilan bog’liq poezd dispetcherlari, yo’riqchi-mashinistlar, poezd mashinistlari va
maxsus o’zi yurar harakat tarkibi mashinistlari (haydovchilari)ga, stansiya navbatchilari, yo’l
ustalari va yo’l brigadirlariga imzo chektirilib e'lon qilinishi shart.
Ushbu buyruqlar stansiya va lokomotiv depo navbatchilarining xonalariga ilib
qo’yiladi, shuningdek, ogohlantirishlar kitobiga yelimlab yopishtiriladi, ko’chirmalari esa
poezd lokomotivlari mashinistlariga, maxsus o’zi yurar harakat tarkibi mashinistlari
(haydovchilari)ga taqdim etiladi.
Lokomotiv depo boshliqlari va maxsus o’zi yurar harakat tarkibi tegishli bo’lgan
tashkilot rahbarlari buyruq olganlaridan so’ng uch sutka ichida ogohlantirish beruvchi
stansiya boshliqlarini, lokomotiv brigadalari DATK boshqaruvi raisi buyrug’i bilan
tanishtirilganligi to’g’risida xabardor qilishlari shart, shundan poezdlarga yozma
ogohlantirishlar berish to’xtatiladi.
Yo’lda ogohlantirish va signallar mavjudligidan qat’iy nazar DATK boshqaruvi
raisining maxsus buyruqda ko’rsatilgan xavfli joylardan sharros yomg’ir yog’ayotgan
paytlarda lokomotiv brigadalari o’ta ehtiyotkorlik bilan va zarur hollarda tezlikni pasaytirib
harakatlanishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |