Shaxsiy nomulkiy huquqlar. Adabiyotlarda shaxsiy nomulkiy ne’matlarning quyidagi xususiyatlari ko‘rsatib o‘tiladi:
- fuqarolarning turli ehtiyojlarini qondirishga qaratilgani;
- pulda baholanishi mumkin emasligi;
- shaxsdan ajralmasligi (bunday ne’matlarni sotish, hadya qilish, meros qilib qoldirish va boshqacha tarzda shaxsdan ajratish mumkin emas);
- umumiy qoidaga ko‘ra, fuqaroning tug‘ilishi bilan boshlanib, o‘limi bilan tugashi.
Shaxsiy nomulkiy huquqlar baholanishi mumkin emas, ular uchun tekinlik xosdir, ularning amalga oshirilishi boshqa shaxslarning teng qiymatdagi mulkiy majburiyatlarini nazarda tutmaydi. Nomulkiy ne’matlar obyekti shaxsdan ajratib bo‘lmaydigan nomoddiy ne’matlar: nom (ism), sha’n, qadr-qimmat, sog‘liq, shaxsiy hayot siri, shaxsiy daxlsizlik va boshqalardir.
Nazorat uchun savollar
1. Ma’lumki, pul har bir davlat suverenitetining oʻziga xos atributlaridan biridir. Nima deb oʻylaysiz – pulning xarid quvvati nimalarga, qanday omillarga bogʻliq? (Quvayt dinori, Turkiya lirasi, Yaponiya ienasi, Xitoy yuani, AQSh dollari, Singapur dollari, evro). Guruh boʻlib sharhlang.
2. Buzilgan shaxsiy nomulkiy huquqlarni himoya qilishning oʻziga xos usullaridan biri bu – ma’naviy zararni qoplashdir. Uni qoplashda qanday mezonlarga tayaniladi? Shaxsning ijtimoiy reytingi, unvonlari, davlat mukofotlari, jinsi, diniy e’tiqodi, boyligi ma’naviy zararni qoplashda e’tiborga olinadimi?
3. Xalimova N. eng oxirgi nusxadagi kuchaytirilgan kompyuter terib berishni, buning uchun 700 ming soʻm bahodagi haq toʻlashini soʻrab ustaga murojaat etadi. Usta u aytgan muddatda va kelishilgan bahoga mos kompyuterni terib unga eltib beradi. Lekin Xalimova N. ushbu kompyuterda printer va skanerning yoʻqligi ular kompyuterning tarkibiy qismi ekanligi shu tufayli ular albatta komyuterning bahosi ichiga kiritilganligini aytadi.
Masala qanday hal qilinadi? Kompyuterni ashyolarning tasniflanishiga koʻra qaysi turga kiradi? N. Xalimovaning e’tirozi toʻgʻrimi?
4. Ikromov S. oʻz sartaroshxonasini reklama qilish maqsadida antiqa usulni qoʻllashni maqsad qilib oladi va doʻsti dizayner Sharipova G. ga murojaat etadi. Sharipova G. unga “Dunyodagi eng zoʻr sartaroshlik ishini bajaruvchi” soʻzini turli xalqlar yozuvida naqshinkor koʻrinishdagi reklama lavxasini koʻrsatadi. Lekin Ikromov S. sartarosh ishni bajarmaydi, aksinchi xizmat koʻrsatadi shu sababdan “Dunyodagi eng zoʻr sartaroshlik xizmatini koʻrsatuvchi” tarzida oʻzgartirishni talab etadi. Sharipova G. esa sartaroshlik ishlar turkumiga kiradi, xizmat koʻrsatish soʻzi unga toʻgʻri kelmaydi, agar ushbu soʻz bilan almashtirsak kulgiga qolishimiz mumkin degan fikrni bildiradi.
Ushbu bahsda kim haqli? Ishlar va xizmatlar oʻrtasidagi farqni koʻrsatib bering?
Do'stlaringiz bilan baham: |