O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


Fuqarolik huquqi obyektlarining turlari



Download 209,94 Kb.
bet31/92
Sana22.07.2022
Hajmi209,94 Kb.
#838875
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   92
Bog'liq
Fuqarolik majmua 2022-2023

Fuqarolik huquqi obyektlarining turlari:
Mol-mulk – fuqarolik huquqining obyekti sifatida. Fuqarolik-huquqiy munosabatlarning obyekti bo‘lib ko‘ringan mulk tushunchasi to‘g‘risida to‘xtalib, shuni aytish kerakki, ba’zi hollarda ashyo, narsalar mulk deb atalsa ham mol-mulk atamasining ma’nosi birmuncha keng bo‘lishini bilamiz.
Mol-mulk muayyan shaxsga (fuqaro yoki yuridik shaxsga) egalik huquqi bilan tegishli ayrim ashyolar yoki ashyolarning yig‘indisidir. Demak, mol-mulk bu munosabatdir (bu haqda mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar mavzusida yanada batafsil to‘xtaymiz).
FKning 83-moddasida mol-mulk turlari ko‘rsatilgan. Unga asosan mol-mulk ko‘chmas va ko‘char mulkka bo‘linadi.
Qonunchilikdagi o‘zgarishlarga ko‘ra, ko‘chmas mulklarning doirasi kengaytirilib, ular jumlasiga er uchastkalari, er osti boyliklar, binolar, inshootlar, ko‘p yillik dov-daraxtlar va yer bilan uzviy bog‘langan boshqa mol-mulk, ya’ni belgilangan maqsadiga nomutanosib zarar yetkazmagan holda joyini o‘zgartirish mumkin bo‘lmaydigan obyektlar kiritildi.
Ko‘chmas mol-mulk bilan bog‘liq huquqlarni olish yoki begonalashtirish FKning 84-moddasida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. FKning 83-moddasi 3-qismida qonunda boshqa mol-mulk ham ko‘chmas mol-mulk qatoriga kiritilishi mumkinligi belgilangan. Ta’kidlanganidek, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq asosiy xususiyat shundaki, u yer bilan bog‘liq bo‘lib, bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish natijasida o‘z xususiyatini yo‘qotadi. Vazifasiga va tayinlanish maqsadiga zarar yetkazmagan holda bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirilishi mumkin bo‘lgan mol-mulk ko‘char mulk jumlasiga kiradi. Qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari ko‘char mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talab etilmaydi.
Pullar va qimmatli qog‘ozlar – fuqarolik huquqining obyekti sifatida.
Pul ham fuqarolik huquqining obyekti sanaladi. Pul o‘zining uzoq davom etgan tadrijiy rivojlanishida mol-hol, zaytun yog‘i, oltin va kumush yombisi ko‘rinishidagi ayirboshlash vositalaridan hozirgi elektron pullarga, kredit kartochkalariga qadar bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. Pul bozor iqtisodiyotini rivojlantirishning eng muhim elementlaridan biri hisoblanadi.
Manbalarda keltirilganidek, fuqarolik huquqi nuqtai nazaridan pulning xususiyatlari va vazifalari quyidagilarda ko‘rinadi:
- pul qonun hujjatlariga muvofiq iste’mol qilinadigan, turga xos alomatlari bilan belgilanadigan ashyolarning o‘ziga xos xususiyatlariga ega bo‘lgan turi hisoblanadi;
- pul ko‘pchilik fuqarolik-huquqiy munosabatlarda (qarz, kredit, hadya shartnomalarida) mustaqil obyekt sifatida ishtirok etadi;
- pul fuqarolik-huquqiy munosabatlarda (oldi-sotdi, mahsulot yetkazib berish, kontraktatsiya shartnomalarida) teng qiymatga ega bo‘lgan obyekt hisoblanadi;
- umumiy ekvivalent, ya’ni teng qiymatga ega bo‘lgan obyekt sifatida har qanday ashyo bilan almashtirish, yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplash uchun ham qo‘llaniladi;
- pul har qanday qonuniy qarzni, uning har qanday holatlar asoslarida (masalan, majburiyat bajarilmagani yoki lozim darajada bajarilmagani tufayli) vujudga kelishidan qat’i nazar, uni tuzish, to‘lash, qoplash vositasi sifatida muhim rol o‘ynaydi1 (juz’iy tahrir bizniki – M.B.). Mustaqil davlatning asosiy atributlaridan biri – bu uning milliy valyutasidir. Mamlakatimizda bu borada amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar natijasida O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi – so‘mni muomalaga kiritish bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 16-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish to‘g‘risida”gi 870-son farmoni bilan 1994-yilning 1-iyulidan boshlab O‘zbekiston Respublikasining hududida 1000 so‘m pul kuponga bir “so‘m” nisbati bilan O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi – “so‘m” muomalaga kiritildi. So‘m unga yozilgan qiymat bo‘yicha qabul qilinishi shart. Farmonga ko‘ra 1994-yilning 1-iyulidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida “So‘m” mulkchilik shaklidan qat’i nazar qonuniy to‘lov vositasi hisoblanadi. Pullar jismiy alomatlari bilan belgilangan ashyolar qatorida bo‘lib, pul belgilarining soni bo‘yicha hisoblanmay, balki bu belgilarda ko‘rsatilgan summalarga qarab hisoblanadi.
Milliy so‘mdan tashqari chet el valyutasi ham muomalada bo‘ladi. Pul va chet el valyutasi bir xil tushunchaga ega. Faqat chet el valyutasi xorijiy mamlakatlarga tegishli bo‘lib, mamlakatimizda ular bilan hisob-kitob qilishda farq mavjud. Chet el valyutasi bilan bog‘liq munosabatlar “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solinadi1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasida valyutani tartibga soluvchi davlat organidir. Chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan banklar vakolatli hisoblanadi. Qimmatli qog‘ozlar. Qimmatli qog‘ozlar Fuqarolik kodeksining 96-moddasida ko‘rsatilganidek, mulkiy huquqlarni belgilangan shaklga va majburiy rekvizitlarga amal qilgan holda tasdiqlovchi hujjatlardir.
“Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonunga asosan qimmatli qog‘ozlar – hujjatlar bo‘lib, ular bu hujjatlarni chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi o‘rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydi, dividendlar yoki foizlar tarzida daromad to‘lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga o‘tkazish imkoniyatini nazarda tutadi2. Qimmatli qog‘ozlarning qiymati O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida ifodalanadi.
Qimmatli qog‘ozlar fuqarolik huquqi obyekti sifatida xususiy alomatlari bilan belgilanadigan ashyo bo‘lib, uni almashtirib bo‘lmaydi. Qimmatli qog‘ozlar emissiyaviy va noemissiyaviy qimmatli qog‘ozlarga bo‘linadi. Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar – bitta chiqarilish doirasida bir xil belgilar va rekvizitlarga ega bo‘lgan, mazkur chiqarilish uchun yagona shartlar asosida joylashtiriladigan hamda muomalada bo‘ladigan qimmatli qog‘ozlar; noemissiyaviy qimmatli qog‘ozlar – “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar tushunchasiga oid bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlardir.
“Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonunda qimmatli qog‘ozlarning quyidagi turlari nazarda tutilgan:
aksiya – o‘z egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog‘oz. Aksiyalar mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida qaysi yuridik yoki jismoniy shaxsga tegishli bo‘lsa, o‘sha yuridik yoxud jismoniy shaxs aksiyaning egasi – aksiyador deb e’tirof etiladi. Soha qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, aksiyalarning nominal qiymati besh ming so‘mdan ortiq bo‘lishi mumkin emas1. Jamiyat tomonidan chiqariladigan barcha aksiyalarning nominal qiymati bir xil bo‘lishi kerak. Aksiya bo‘linmasdir.
2 Emitent emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqaruvchi va ular yuzasidan qimmatli qog‘ozlarning egalari oldida majburiyatlari bo‘lgan yuridik shaxs.
Veksel
veksel beruvchining yoki vekselda ko‘rsatilgan boshqa to‘lovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga muayyan summani to‘lashga doir qat’iy majburiyatini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog‘oz.
Boshqacha aytganda, veksellar bir shaxs tomonidan ikkinchi shaxsga yozib berilgan qarz majburiyatini ifodalovchi, tijorat savdo operatsiyalarida ayriboshlash va muomala vositasida pul, chek va boshqa to‘lov vositalarini o‘rnini qoplaydigan, qonun bilan tasdiqlangan holatda majburiy rekvizitlarga ega bo‘lgan va rasmiylashtirilgan kredit – qarzdorlik tilxatidir. Vekselni boshqa turdagi qimmatli qog‘ozlardan uni sotish orqali bozor va korxonalardan pul mablag‘i iqtisodiy muomalaga jalb qilishda veksel depozit funksiyasini bajarishi bilan farqlanadi.

Download 209,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish