O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi



Download 209,94 Kb.
bet36/92
Sana22.07.2022
Hajmi209,94 Kb.
#838875
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   92
Bog'liq
Fuqarolik majmua 2022-2023

7-mavzu Bitimlar
Reja:
1. Bitimlar tushunchasi va turlari.
2. Bitimlarning muddatlari va shartli bitimlar.
3. Bitim shakllari.
4. Birja bitimlari.
5. Bitimning haqiqiy sanalish shartlari.
6. Oʻz-oʻzidan haqiqiy sanalmaydigan bitim turlari va ularning huquqiy oqibatlari
Bitimlar tushunchasi va turlari
Bitimlar deb, fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, oʻzgartirish va bekor qilishga qaratilgan harakatlarga aytiladi (FK 101-modda).
Bitim fuqarolik huquqining asosiy institutlaridan hisoblanadi. Bitim instituti - bitimlarni tuzish tartibi va shakllarini, ularning turlari va mazmunini, haqiqiy emas deb hisoblash shartlarini, ularni haqiqiy emasligini tan olinishining huquqiy oqibatlarini belgilab beruvchi fuqarolik-huquqiy normalari yigʻindisidan iborat.
Bitim shaxslarning erki bilan bogʻliq boʻlgan, ularning irodasidan kelib chiqadigan harakat boʻlganligi tufayli, bitimda ifodalangan erk izhor qilinishi, ya’ni boshqa shaxslarga bildirilishi lozim.
Bitimning mazmunini quyidagi belgilar tashkil etadi:
1. Bitim–erk-irodani ifodalovchi hujjat;
2. Haqiqiy harakat natijasida yuzaga keladi;
3. Bitim fuqarolik-huquqiy munosabatni vujudga keltirish, oʻzgartirish va bekor qilishga maxsus yoʻnaltirilgan boʻladi;
4. Bitim fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinuvchi huquqiy munosabatni yuzaga keltiradi.
Bitimlar uchun quyidagi shartlarning boʻlishi muhimdir:
a) bitim tuzuvchi shaxs fuqarolik huquqining subyekti hisoblanishi;
b) muayyan bitimni tuzuvchi shaxsda bu bitimni tuzish erki boʻlishi va bu erk ma’lum huquqiy oqibatlar tugʻdirishga qaratilgan boʻlishi;
v) shaxsning erki muayyan yuridik fakt hisoblangan harakatda oʻzining tashqi ifodasini topishi lozimligi, ya’ni ma’lum shaklda izhor qilingan boʻlishi kerak.
Bitimlar oʻzlarining belgilari boʻyicha quyidagi turlarga boʻlinadi (klassifikatsiya qilinadi):
1. Bir, ikki va koʻp tomonlama bitimlar FKning 102-moddasida belgilangan boʻlib, unda bitimlar bir taraflama, ikki taraflama yoki koʻp taraflama (shartnomalar) boʻlishi mumkinligi, bitim tuzish uchun qonun hujjatlariga yoki taraflarning kelishuviga muvofiq bir tarafning xohishi zarur va yetarli boʻlsa, bunday bitim bir taraflama bitim hisoblanishi, shartnoma tuzish uchun ikki taraf (ikki taraflama bitim) yoki uch yoxud undan koʻp taraf (koʻp taraflama bitim) kelishib xohish bildirgan boʻlishi kerakligi belgilangan. Har qanday shartnoma bitim hisoblansa ham, har qanday bitim shartnoma boʻla olmaydi. Aksariyat bitimlar shartnoma hisoblanishi mumkin. Shu sababli shartnomaga aksariyat hollarda bitim qoidalari qoʻllaniladi.
Shartnomaga odatdagidek bitimning bir turi sifatida qaramaslik lozim. Shartnoma bitim turlaridan faqatgina bittasi hisoblanmaydi, u yuridik hujjat boʻlib, uning vositasida fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning ishtirokidagi ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maishiy munosabatlar tartibga solib boriladi.
2. Haq baravariga va tekinga tuziladigan bitimlar.
Haq baravariga tuziladigan bitimlar boʻyicha tomonlardan har biri qarshi tomon foydasiga muayyan bir mulkni topshirish, pul toʻlash, ishni bajarish, biror bir xizmat koʻrsatish singari harakatlarni qilish majburiyatini oladi.
Tekin, ya’ni haq toʻlanmay tuziladigan bitimlar asosida tomonlardan birigina ikkinchi tomon foydasiga biror-bir harakat qilish majburiyatini oladi. Bu yerda qarshi (muqobil) ijro yoʻq. Masalan, hadya, foizsiz qarz, mulkdan tekin foydalanish (ssuda) toʻgʻrisidagi shartnomalarni koʻrsatish mumkin.
3. Konsensual va real bitimlar.
Konsensual1 bitim deb, huquq va majburiyatlarni oʻzaro kelishish va bunday kelishuvni lozim tartibda rasmiylashtirish paytda vujudga keltiradigan bitimga aytiladi. Mulk ijarasi, mahsulot yetkazib berish, pudrat, kontraktatsiya singari shartnomalar konsensual bitim hisoblanadi.
1 “Konsensual” soʻzi lotincha “consensus”soʻzidan olingan boʻlib, “kelishuv” ma’nosini bildiradi.
2 “Real” soʻzi lotincha “res” soʻzidan olingan boʻlib, “ashyo” ma’nosini bildiradi.
Real2 bitim deb, oʻzaro kelishuvga muvofiq, ashyolar yoki pulni topshirish paytida huquq va majburiyatni vujudga keltiradigan bitimga aytiladi. Real bitimlarga qarz, omonat, yuk tashish shartnomalarini misol qilib koʻrsatsa boʻladi.
4. Bitimlar asosining mohiyati va ularning amal qilishiga koʻra kauzal va abstrakt (mavhum) bitimlarga boʻlinadi.
5. Fidustiar bitimlar. Bunday bitimlar oʻzaro ishonchga asoslanadi. Topshiriq, vositachilik, mol-mulkni ishonchli boshqaruvga berish kabi bitimlar tomonlarning shaxsiy ishonchi bilan bogʻliqdir.

Download 209,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish