O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi



Download 454,89 Kb.
bet2/158
Sana22.07.2022
Hajmi454,89 Kb.
#838866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   158
Bog'liq
Xalqaro huquq majmua 2022-2023

Taqrizchilar:
T. Madumarov – ADU professor, yu.f.d.
G. Valihonova – AQXAI, dotsenti, t.f.n.
Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti “Agrobiologiya” fakulteti dekani: ___________ “___”___________2022 yil

“Gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri:


____”_______________2022 yil___________G.Valixonova
Kelishildi:
O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i:
_____” ___________2022 yil__________I.Mamajonov


O’quv-uslubiy majmua Andijon qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti Kengashining 2022 yil ____________dagi _____-sonli qarori bilan nashirga tavsiya qilindi.


Mundarija:




Titul varag‘i





Mundarija





О‘quv materiallari





Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari





Ilovalar:

Fan dasturi







Syllabus






Tarqatma materiallar




Testlar




Ishchi fan dasturiga muvofiq baholash me’zonlarini qо‘llash bо‘yicha uslubiy kо‘rsatmalar





О‘TMning
electron variant








1-mavzu Hozirgi zamon xalqaro huquqi tushunchasi,Predmeti va tizimi
Reja:
1.Xalqaro huquq o‘quv fani sifatida. «Xalqaro huquq» tushunchasi.
2.Xalqaro munosabatlarni huquqiy tartibga solish.
3.Hozirgi zamon xalqaro munosabatlarining asosiy yo‘nalishlari.
4.Xalqaro huquqning paydo bo‘lishi va tarixiy davrlarga bo‘linishi. Qadimgi dunyo va yangi davr xalqaro huquqi.
1.Xalqaro huquq o‘quv fani sifatida. «Xalqaro huquq» tushunchasi.

Xalqaro huquq tushunchasi xalqaro ommaviy huquqni bildiradi. Xalqaro ommaviy huquq-xalqaro munosabatlarda qatnashadigan va ishtirok etadigan davlatlar (sub`yektlar)ning yuridik munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga soladi. Xalqaro ommaviy huquq-davlatlar oʻrtasidagi xalqaro munosobatlarning bazaviy xalqaro printsiplarini belgilab beradi. Xalqaro ommaviy huquq davlatlararo milliy munosabatlarni, davlatlar bilan xalqaro tashkilotlar, xalqaro miqiyosda fuqarolarning asosiy huquq, burch va erkinliklarini, xalqaro huquq doirasida xalqaro nizo va kelishmovchiliklarni hal qilish bilan bogʻliq hamda boshqa munosabatlarni oʻzida ifodalaydi.


Xalqaro huquq — xalqaro muloqotdagi davlatlararo va boshqa qatnashuvchilar (subʼyektlar) oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi ommaviy yuridik prinsiplar va normalar majmui. Davlat ichki huquqidan farqli ravishda Xalqaro huquq obʼyekta oʻz mazmun moxiyati jihatdan alohida davlat vakolatidan tashqariga chiquvchi xalqaro, aniqrogʻi, davlatlararo munosabatlar hisoblanadi. Davlat ichki huquqidan farqli ravishda Xalqaro huquq normalarini yaratish va bajarilishini taʼminlash bilan shugʻullanadigan qonun chiqaruvchi organlar yoʻq. Xalqaro huquqning asosiy subʼyektlari davlatlar xisoblanadi. Ularning oʻzaro kelishuvi bilan vujudga keladigan Xalqaro huquq normalari davlatlarning kelishilgan irodasini ifoda etadi. Xalqaro huquqning oʻziga xos xususiyati ana shundadir. Turli xalkaro shartnomalar, bitimlar, kelishuvlar, konvensiyalar, deklaratsiyalar, BMTning hujjatlari Xalqaro huquqning normativ bazasi hisoblanadi.
Hozirgi zamon Xalqaro huquqi xalqaro ommaviy huquq va xalqaro xususiy huquqga boʻlinadi. Xalqaro ommaviy huquq xalqaro munosabatlarda qatnashadigan davlatlar va boshqa subʼyektlarning oʻzaro munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga soladi. Xalqaro xususiy huquq turli davlatlar fuqarolari hamda tashkilotlari oʻrtasidagi mulkiy va boshqa munosabatlarni, ularning huquqiy holatini, yurisdiksiyasini, yashab turgan davlat milliy qonunchiligini qoʻllash tartibi va shartlariga doir munosabatlarni tartibga soladi.
Xalqaro ommaviy huquq xalqaro shartnomalar huquqi, diplomatik va konsullik huquqi, xalqaro tashkilotlar huquqi, inson huquklari boʻyicha xalqaro huquq, xalqaro iqtisodiy huquq, xalqaro ekologiya huquqi,xalqaro jinoyat huquqi, xalqaro dengiz huquqi, xalqaro havo huquqi, xalqaro kosmik huquq kabi sohalarni oʻz ichiga oladi. Xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan tamoyillari bor. Ular Xalqaro huquqni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi universal majburiy meʼyorlardir. Xalqaro huquqning aksariyat tamoyillari BMT Ustavining 2moddasida bayon etilgan. Ular BMT Ustaviga muvofiq, davlatlar oʻrtasida doʻstona munosabatlar va hamkorlikka taalluqli Xalqaro huquq tamoyillari toʻgʻrisidagi 1970 y. Deklaratsiyasida hamda Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik kengashi (YEXHK)ning Yakunlovchi hujjatida batafsil yoritib berilgan. Bular quyidagilardir: kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik; xalqaro nizolarni tinch yoʻl bilan hal etish; davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; davlatlarning xalqaro hamkorligi; davlatlarning suveren tengligi; xalqlar va millatlarning oʻz taqdirini oʻzi belgilashi; davlatlarning xalqaro majburiyatlarini vijdonan bajarishi; chegaralar daxlsizligi; davlatlarning hududiy yaxlitligi; inson huquqlari va asosiy erkinliklarini hurmat qilishdir. Jahon hamjamiyati oldida turgan umumbashariy muammolarni hal etish zaruriyatini ifoda etuvchi yangi tamoyillar ham (mas, atrof muhitni muhofaza qilish) shakllanmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat suverenitetini qoʻlga kiritgach, xalqaro munosabatlarning toʻla huquqli subʼyekti sifatida faoliyat yurita boshladi. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida Xalqaro huquqning yuqorida koʻrsatilgan tamoyillarining aksariyati belgilab qoʻyilib (17modda), "xalqaro huquqning boshqa umum tan olingan tamoyil va meʼyorlari"ni hurmatlash aytib oʻtilgan. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro hamjamiyatning ana shu tamoyil va meʼyorlariga izchil rioya qilmoqda, xalqaro shartnomalarni ishlab chiqish va qabul qilishda ishtirok etmoqda, ularni bajarmoqda, xalqaro tashkilotlar faoliyatida, jamoa xavfsizlik tizimlarida qatnashib kelmoqda. Dunyo davlatlari bilan §ir qatorda yalpi va adolatli tinchlikni taʼminlash, oʻzaro manfaatli hamkorlikni oʻrnatish, insoniyat oldida turgan umumbashariy muammolarni hal etishda oʻz hissasini qoʻshmoqda. Zamonaviy Xalqaro huquqning asosiy tamoyillari "Oʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari toʻgʻrisida"gi (1996 y. 26 dek.) qonunda mustahkamlab qoʻyilgan.

Download 454,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish