O’zbekiston respublikasi qishloq xo’jaligi vazirligi


Xalqaro huquqning paydo bo‘lishi va tarixiy davrlarga bo‘linishi. Qadimgi dunyo va yangi davr xalqaro huquqi



Download 454,89 Kb.
bet6/158
Sana22.07.2022
Hajmi454,89 Kb.
#838866
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   158
Bog'liq
Xalqaro huquq majmua 2022-2023

4.Xalqaro huquqning paydo bo‘lishi va tarixiy davrlarga bo‘linishi. Qadimgi dunyo va yangi davr xalqaro huquqi.
Xalqaro huquqning kelib chiqishi muammosi bu fanni qanday tushunishga bog'liq. Agar xalqaro huquqni tor ma’noda «xalqlar o'rtasi­ dagi huquq» deb tushunsak, unda shuni tan olish kerakki, u hali davlatiar paydo bo'lmasidan oldinroq yuzaga kelgan edi. Agar unga «davlatiar o'rtasidagi huquq» deb yondashadigan bo'lsak, unda bu huquq­ ning paydo bo'lishini ilk davlatiar paydo bo'lishi bilan bog'lashimiz lozim. Ayni paytda, zikr etilgan fikrga nisbatan ilmiy adabiyotiarda yagona to'xtamga kelinmagan. Ba’zi olimlar xalqaro huquqning paydo bo'lishini ilk quldorlik davlatiari paydo bo'lishi bilan bog'­ lasalar (masalan, sovet olimlari), boshqalar xristianlikning paydo bo'­ lishi bilan (Shari de Visher) yoki bir toifa olimlar yirik markazlashgan davlatlaming paydo bo'lishi bilan bog'laydilar (L. Oppengeym). G'arb fanida xalqaro huquq tarixining davriy bo'linishini aniqlashga urinishlar mayjud. Bu mafkura rivojlanishi yoki sof yuridik qa- rashlarga asoslangan. Masalan, quyidagicha davrlarga bo'lish taklif qilinadi: - qadimgi davrlardan boshlab Birinchi jahon urushigacha; - ikki jahon urushi oralig'i; - Ikkinchi jahon urushidan keyingi davr. Shuni ta’kidlash kerakki, xalqaro huquq fanida xalqaro huquq fanining rivojlanish jarayonini davrlarga bo'lishga asosan ikki xil yon- dashuv mavjud: • birinchisi - «xronologik», ya’ni bu jarayonni (zamonda davomiyligining qisqa yoki uzoqliligiga qarab) yagona zanjimi tashkil etuvchi alohida bosqichlarga bo'lish; • ikkinchisi - jarayonni mafkuraviy yoki sof siyosiy tartib ko'rsatmalaridan chiqariladigan va teologik, falsafiy yoki sinfiy qarashlarga asoslanuvchi qonimiyatlarga bog‘liqligini asoslashga urinishlar- da ifodalanadi. Uzoq yillar davomida sovet xalqaro huquq doktrinasi «xalqaro huquq tarixining davrlarga ilmiy bo‘linishi ma’lum sinfiy ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarga mos keluvchi davlatning tarixiy tiplari to'g'risidagi markscha-lenincha ta'limotga tayanadi» , degan bosidan oxirigacha xato bo'lgan yondoshuvda turdi. Bundan sivilizatsiya rivojlanishining konkret davrlarida quldorlik, feodal, buijuaziya, keyin esa sotsiaiistik xalqaro huquq mustaqil ravishda mayjud va harakatda bo'lganligi to'g'risida xulosa chiqarildi. Ta’kidlashlaricha, boshqalari- dan prinsipial farqlarga ega bu huquqiy tizimlaming har biri tarixiy sahnada o'z о‘mini boshqasiga bo'shatib berdi. Bu narsa o'tgan davrda paydo bo'lgan yuridik normalar, prinsiplar va institutlaming bar- chasining tugatilishi va o'z ijtimoiy mohiyatiga ko'ra yangi bo'lgan xalqaro munosabatlar hamda «ularga mos keluvchi yangi prinsip va institutlarga ega xalqaro huquq»ning paydo bo'lishi bilan birga kechdi2. Xalqaro huquqshunos-nazariyotchilar tomonidan kishilik tarixi rivojlanishining turli bosqichlari va uning barcha tarkibiy qismlari, shu bilan birga xalqaro munosabatlami tartibga solishning yuridik vositalari orasida uyg'un bog'lanish mavjudligini asta-sekin anglab yetish yuqorida bayon qilingan yondoshuvning o'zgarishiga olib keldi. Bunday o'zgarish uning qanday paydo bo'lgani, o'z normativ salohiyatini qanday boyitgani, davlatlararo faoliyatning yangidan- yangi sohalarini qamrab, turli ko'rinishdagi huquqiy munosabatlami tartibga solish usullarini takomillashtirgani to'g'risidagi bilimlaming zamonaviy darajasini hisobga olgan holda xalqaro huquqni davrlarga «xronologik» bo'lishda namoyon bo'ldi. Ushbu mavzu davrlarga bo'lish asosi sifatida qabul qilingan qa- rashlar, agar bu masala juda ehtiyotkorlik bilan yondashishni talab etishi va umumjahon-tarixly jarayonini davrlarga bo'lish bilan bog‘- lanishini inobatga olsak, o'zini to‘la oqlaydigan ko'rinadi. Chunki xalqaro huquq tarixini davrlarga bo‘lish xalqaro ommaviy huquq tarixini to*!! davrga bo‘lishdan kelib chiqadi. Bular quyidagilardir: • Qadimgi dunyo xalqaro huquqi; • 0*118 asrlar xalqaro huquqi; • Yangi davr xalqaro huquqi yoki «klassik xalqaro huquq»; • Eng yangi davr xalqaro huquqi yoki «hozirgi zamon xalqaro huquqi». Xalqaro davrda rivojlanishi tarixining 1- va 2-davrlarini tavsiflab, o‘sha paytda (miloddan awalgi 4000-yil; milodiy 476-yil va 476-1648-yillar) paydo bo'lgan xalqaro yuridik normalar, prinsiplar va institutlaming «odatiy» xarakteri va mintaqaviylik kabi asosiy xususiyatlarini ajratib ko'rsatish mumkin. Bu asosan davlatlaming doimiy va yaqin aloqaga kirishish imkoniyatlarini qiyinlashtiruvchi yoki butunlay istisno qiluvchi jug'rofiy tartibdagi omillaming xalqaro munosabatlarga ta’siri bilan izohlanadi. Shunga qaramay, o‘sha davrlarda dunyoning turli burchaklari - Uzoq Sharq, Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq, O‘rta Yer dengizida (Bolqon va Apennin yarim orollari- da) shakllangan tashqi aloqalar, davlatlararo bitimlar tuzish, harbiy harakatlar olib borishning usul va vositalarini insoniylashtirish, xalqaro nizolami bartaraf etishning tinch vositalari, tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida davlatlararo ittifoqlar tuzish, savdo munosabatlarini olib borish, urushning boshlanishi va tugashini rasmiylash- tirish hamda boshqa umummajburiy qoidalar yig‘indilarining juda o‘xshashligiga e’tibomi qaratmay bo'lmaydi1. O'rta asrlarda xalqaro huquqning normativ asosi xalqaro shart­ nomalar tuzish tartibini yo'lga qo'yish, davlatiar o'rtasidagi nizolami tinch yo'l bilan bartaraf etish, elchilar va elchixonalar, konsullar va konsulliklar holatini tartibga solish uchun umummajburiy qoidalar bi­ lan boyishda davom etdi; chet elliklar, harbiy harakatlaming qatnash- chilari, tinch aholi, yaradorlar va kasallar, betaraf davlatlaming huqu­ qiy maqomi aniqroq ifodalana boshlandi; ochiq dengiz erkinligi prinsipi bilan birga dengiz huquqi alohida institute sifatida shakllana boshadi; asta-sekin xalqaro huquq subyekti tushunchasi shakllandi. Bunday maqom faqat monarxlar va davlatlarga emas, balki cherkov idoralari va erkin fuqarolarga nisbatan ham joriy qilindi; davlat suvereniteti tushunchasining huquqiy mazmoni kengaydi va to‘lib bordi, uning hajmi monarxlar suverenitetiga tenglashtmldi. Xalqaro huquq xunrezlik va vayronalik keltirgan Yevropadagi o'ttiz yillik urushga nuqta qo‘ygan Vestfal traktati (Osnabryuk va Myunster sulh bitimlarOning imzolanishi bilan boshlangan uchinchi davr mobaynida (1648-1917-yillar) ancha sezilarli taraqqiyotga erishdi. Tarixda birinchi marta mintaqa davlatlari teng huquqli sherik sifatida tuzgan rasmiy hujjatlar siyosiy tenglik, dunyoviy hokimi- yatning cherkov hokimiyatidan mustaqilligi, davlatlaming suveren tengligi prinsiplarini mustahkamladi; yangi paydo bo‘lgan davlatlami tan olishning deklarativ nazariyasi shakllandi, agressorga qarshi kollektiv sanksiyalami qo‘llash nazarda tutilgan. Traktat tuzilgan vaqtda Yevropa davlatlari o‘rtasidagi chegaralar belgilandi. Vestfal kongressi chaqirilishining o‘zi ham xalqaro munosabatlaming eng muhim masalalarini davlatlaming vakillik fommlari, kongresslari va konferensiyalarida ко‘rib chiqish amaliyotini boshlab berdi, desak bo'ladi. 1814-1815-yillarda Yevropadagi yirik davlatlaming Napoleonga qarshi hamkorhgini rasmiylashtirgan Vena kongressi xalqaro hu- quqning rivojlanish tarixidagi у ana bir yangi voqea bo‘ldi. Shuni ay- tish kerakki, uning qarorlari bilan urush tugagan vaqtda shakllangan davlat chegaralari tasdiqlandi, ayrim davlatlaming (Shveysariya) doi- miy betaraflik maqomini belgilashga yordam ko'rsatildi, negrlar bilan qul savdosi taqiqlandi, savdo kemalarining erkin qatnovi belgilangan daryolarga (Reyn, Mozel, Shelda, Maas) xalqaro daryolar yuridik ma- qomi berildi, xalqaro tashkilotlar huquqining paydo bo'lishiga turtki berildi (Reyn komissiyasi, Dohiy ittifoq), diplomatik vakillami daraja- larga bo'lish amaliyoti kodifikatsiya qilindi, davlatlaming suveren tengligi prinsipini mustahkamlovchi xalqaro shartnomalami imzo- lashning ketma-ketligi (altemat) qoidasi tasdiqlandi. Xalqaro huquqning Yangi davrdagi rivojlanish yo'liga umumiy baho berib, bu jarayonga Parij (1856-yil) va Berlin (1878-yil) tinchlik kongresslari va Gaaga tinchlik konferensiyalarining (1899- va 1907- yillar) qo‘shgan hissasini ham ta’kidlab o‘tish zarur. Bu davr dengiz urushida kapyorlikning bekor qilinishi va dengiz umshida yutuqh hu- quqni (prizovoe pravo) tasdiqlash, Qora dengizni betaraflashtirilish, Dardanella va Bosfor bo‘g‘ozlarining xalqaro-huquqiy maqomini bel- gilash, Dunay daryosida erkin savdo kemachiligi prinsipini joriy etish,shaxsning fuqarolik va siyosiy huquqlaridan foydalanish, diniy e’tiqodidagi farqlarga nisbatan kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik o‘z izohi- ni topdi; shuningdek, urush olib borishning noinsoniy vosita va usul- laridan - zararli gazlardan, inson tanasida aylanuvchi yoki sachrovchi o'qlardan, uchish apparatlaridan bombardimon qilish uchun portlovchi moddalardan foydalanishni taqiqlashga (cheklashga) alohida e’tibor berildi; xalqaro nizolami tinch уo’l bilan bartaraf etish qoidalarini konvension mustahkamlash (kodifikatsiyalash), shartnomaviy qarz majburiyatlarini undirishda kuch qo‘llashni cheldash, harbiy harakat- lami boshlash tartibi, quruqlik va dengizda urush olib borishning boshqa jihatlari hamda boshqa holatlami tartibga solish o‘ta muhim ahamiyat kasb etdi.


1.1. Xalqaro huquq ilmi shakllanishi va rivojlanishining asosiy bosqichlari
Quldorlik jamiyati ham, ilk o'rta asrlar ham xalqaro huquq fanini ajratmagan edi. Xalqaro-huquqiy masalalar falsafiy va ijtimoiy-siyo- siy muammolar qamrovida ko'rilar va ko'pincha axloqiy-diniy normalar (Konfutsiy va Lao Szi, Aflotun va Arastu, Seneka va Mark Avre- liy) qobig'iga o'ralgan edi. Faqat ХП asming oxiridan boshlab xalqaro huquqning ilohyotdan ajralishi sodir bo*la boshladi. G’arbiy Yevro- pada qattiq kurashlar natijasida qonun va ilohiy yo‘nalishlar birlashdi. Bu XVI asrda boshlangan ispan xalqaro huquq maktabining gullab- yashnashiga imkon berdi. Shu maktab vakillari F. Vittoria va Jentelli- nini xalqaro huquq fanining yaratuvchilari desa boiadi. Hozirgi za- mon xalqaro huquq fanida Hyugo Grotsiy xalqaro huquq fanining asoschisi sifatida e’tirof etiladi. Uning o‘sha davrdagi xalqaro huquq fanining dastlabki tizimli bayoni bo*lgan «Urush va tinchlik huquqi to*g‘risida»gi uch kitobida xalqaro huquq fani to‘la mustaqil tusga ega bo‘ldi. Xalqaro-huquqiy bilimlaming boshqa mintaqalardagi rivoji ham qariyb shunday edi. ХУШ-ХГХ asrlarda ko'pgina mashhur faylasuflar (Spinoza va Gobbs, Monteskye va Russo, Kant va Gegel) xalqaro hu- quqning mohiyati va tabiati, uning jamiyatdagi rolini aniqlashga intil- dilar. Awaliga tarafdorlari ilg‘or g'oyalami himoya qilgan tabiiy hu­ quq hukmron edi. Ularga bu fanning vazifasi amaldagi normalami yi- g‘ish, o‘rganish va sharhlashdangina iborat deb hisoblagan pozitivizm maktabi (I.Ya. Mozer) qarshi chiqdi.
Shu bilan birga, grotsian yo‘nalishi deb nomlanuvchi yo‘nalish (E. de Vattel, F.F. Martens) ham rivojlanishda davom etdi. Uning ta­ rafdorlari xalqaro huquq ham tabiat qonunlari, ham xalqlaming odat yoki yaqqol ifodalangan (shartnomaviy) kelishuviga asoslanadi, deb hisoblar edilar. ХУШ asming oxirida xalqaro huquq tarixi fani ko'proq rol o'ynay boshladi. XIX asming boshiga kelib xalqaro huquq yu- risprudensiyaning asosiy sohalaridan biriga aylandi. Uning shakl- lanishida asarlari katta uslubiy ahamiyatga ega bo‘lgan Gegel muhim rol o'ynadi. U o‘zining tarixiy taraqqiyot to‘g‘risidagi ta'limoti bilan tabiiy huquq maktabining mavhumlik xususiyatini bartaraf etdi. Pozi­ tivizm (tarixiy-pozitivizm) yo'nalishi XK asr davomida eng obro'li va keng tarqadgan yo'nalish edi. Boshqa yo‘nalishlar orasida P. Man- chini tomonidan asos solingan «milliy» maktab e’tiborga sazovordir. Bu maktab o‘z urinishlarini millatlaming yagona til, hudud va boshqa- ruv birligi bo‘lgan erkin kishilami mustaqil davlat va xalqaro huquq subyektiga birlashtirishga bo‘lgan huquqlarini asoslashga qaratdi.

Download 454,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish