O’zbekistonning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik evolutsiyasi
(1991-2021 yy.)
Reja:
Kirish ………………………………………………………………………………….
I bob. Xalqaro munosabatlar tizimida O’zbekistonning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi. ……………………………………………………………………
Mustaqillik yillarida O’zbekiston tashqi siyosatining asosiy tamoyillari.
O’zbekistonni xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarining o’rnatilishi.
II bob. O’zbekistonni 1991-2016-yillarda xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarining yuksalishi. ………………………………………………………
2.1. O’zbekistonning BMT ga a’zo bo’lishi hamda uning faoliyatidagi ishtirokining asosiy yo’nalishlari.
2.2. YXHT, SHXT, IXT, UNISEF nufuzli tashkilotlar faoliyatida O’zbekistonning ishtiroki.
III bob. 2016-2021-yillarda O’zbekistonni xalqaro tashkilotlar bilan munonosabatlarining faol harakatlari. ……………………………………………
3.1. Yangi O’zbekistonni xalqaro munosabatlarining ustuvor yo’nalishlari.
3.2. O’zbekistonning xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro manfaatli hamkorligidagi yangi davr.
Xulosa. ………………………………………………………………………………
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati. ………………………………………………..
Ilova. …………………………………………………………………………………..
“O’zbekistonning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik evolutsiyasi
(1991-2021 yy.)” nomli magistirlik dessertatsiya mavzusiga yozilgan
Asosnoma
XXI asr bo’sag’asida Vatanimiz tarixida buyuk voqea - qadimiy O’zbekistonning eng yangi tarixini boshlab bergan voqea sodir bo’ldi. 1991-yil 31-avgust kuni bo’lgan Respublika Oliy Kengashining navbatdan tashqari VI sessiyasida O’zbekistonning davlat mustaqilligi, ozod va suveren davlat – O’zbekiston Respublikasi tashkil etilganligi e’lon qilindi. Dunyoning XX asr so’nggi xaritasida yana bir mustaqil, ozod, suveren davlat – O’zbekiston Respublikasi paydo bo’ldi.
“O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasida e'tirof etilishicha, “O’zbekiston Respublikasi chet davlatlar bilan diplomatik, konsullik, savdo aloqalari va boshqa aloqalarni o’rnatadi, ular bilan muxtor vakillarni ayirboshlaydi, xalqaro shartnomalar tuzadi, xalqaro tashkilotlarning a’zosi bo’lishi mumkin”1. Mazkur me’yor O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham yanada rivojlantirilib, Konstitutsiyasining 17-moddasida “O’zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to’la huquqli subyektidir” deb ko’rsatib qo’yilishi, shuningdek, ushbu moddaning ikkinchi qismida “Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo’stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin”22 degan qoida bilan mustahkamlab qo’yilgan. Bu O’zbekistonning eng nufuzli xalqaro tashkilotalarga to’la huquqli a’zo bo’lib kirishi, hamda xalqaro hamjamiyat tomonidan har tomonlama tan olinishi va xalqaro siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalarga jadal kirib borishi uchun huquqiy zamin yaratadi. O’zbekiston mustaqil davlat sifatida xalqaro Konvensiyalarga va BMT, YXHT, SHXT, IXT kabi jahonning nufuzli tashkilotlarigi a’zo bo’ldi. O’zbekiston davlat mustaqilligini qo’lga kiritgan kunidan boshlab tashqi siyosatning asosiy yo’nalishlarini belgilab oldi va 1992-yil 2-mart BMT, 1992-yil 30-yanvar YXHT, 1992-yil noyabr IXT, 2001-yil iyun SHXT kabi xalqaro nufuzli tashkilotlarga a’zo bolib kirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |