O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti turkiya tarixi


Tanzimatning boshlanishi. 1840 yilgi London konferensiyasi



Download 2,62 Mb.
bet34/80
Sana31.12.2021
Hajmi2,62 Mb.
#230433
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   80
Bog'liq
Turkiya tarixi

Tanzimatning boshlanishi. 1840 yilgi London konferensiyasi. Turkiyaning G‘arb davlatlariga qaramligining kuchayishi faqat iqtisodda emas, siyosiy sohada ham namoyon bo‘ldi. Inglizlar savdo konvensiyasi tuzar ekanlar, turklar bozorini iqtisodiy bo‘ysundirishdan boshqa maqsadlarni ham ko‘zlagan edi: Porta bilan konvensiyani tan olishni istamayotgan Misr poshosi o‘rtasida mojaro keltirib chiqarish, sultonni Muhammad Aliga qarshi qo‘yish, Misr va boshqa Arab mamlakatlarini bo‘ysundirish va bir yo‘la, Turkiyani Rossiya bilan ittifoqchilikdan chiqarish.

1839 yil mayda sulton o‘z qo‘shinlariga Muhammad Aliga qarshi yurish boshlashni buyurdi. Ammo natija Porta uchun halokatli bo‘ldi. 24 iyun kuni shimoliy Suriyaning Nizib degan joyida bu urushning birinchi va oxirgi jangi bo‘ldi. Sulton qo‘shinlari butunlay tor-mor qilindi. Bir necha kundan keyin Mahmud II vafot etdi. Shundan keyin Misr portiga jo‘natilgan turk floti Muhammad Ali tomoniga o‘tib ketdi. Shunday qilib Turkiya bir yo‘la armiyasi, floti va sultonidan ayrildi. Taxtga kelgan 16 yoshli Abdul Majid faqat yosh bo‘lganligi uchungina emas, tug‘ma aqli zaifligi sababli ham imperiyani real boshqarishga da’vo qilolmas edi. Fransiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Muhammad Ali Usmoniylar imperiyasini o‘ziga bo‘ysundirish umidida regentlikka da’vo qilayotgan edi. Bunga qarshi Angliya va Avstriya yangi sultonni qo‘llashini e’lon qildi. Bu davlatlarning bosh vazirlari Palmerston va Metternix Rossiyaning xufiya kelishuvi oldini olish maqsadida Turkiya ishlariga Yevropa davlatlarining jamoa bo‘lib aralashuvini taklif qildilar. Nikolay I bu taklifni qabul qildi. U ingliz-fransuz ziddiyatlarini yanada chuqurlashtirishni ko‘zlab, Hunkar-Iskelesi shartnomasining foydasidan voz kechishga qaror qildi. 1839 yil iyulda Porta Muhammad Ali bilan muzokaralarga kirishmaslik va Yevropa davlatlari o‘z qarorlarini qabul qilmaguncha o‘zboshimchalik bilan biron-bir qadam qo‘ymaslik talabi bildirilgan notani oldi. Bu Palmerstonning ikki bor g‘alabasi edi: Hunkar-Iskelesi shartnomasi barham topdi, Turkiya esa ochiqdan-ochiq G‘arb davlatlarining vasiyligi ostiga o‘tdi.

Ana shunday og‘ir sharoitda Turkiyaning hukmron doiralari islohotlar yo‘li bilan imperiyani halokatdan saqlab qolish uchun bu safar ancha jiddiy harakat boshladilar. Islohotlarsiz imperiya tarkibidagi turk bo‘lmagan xalqlarning ozodlik harakatlarini bostirish, xalq ommasining noroziligini pasaytirish va Usmoniylar imperiyasining butunligini saqlab qolish mumkin emasdi. Bu qarashning tarafdorlari Mustafo Rashid posho boshchiligidagi kichik, ammo nufuzli, yevropacha ta’lim olgan turk feodal byurokratiyasi edi. Mustafo Rashid posho tayyorlagan memorandum «Tanzimat»238 nomi bilan ma’lum bo‘lgan islohotlarning yangi bosqichini boshlab berdi. Sultondan xatti-sharif ko‘rinishidagi rozilik xatini olgan Rashid posho, 1839 yil 3 noyabr kuni sulton saroyining Gulxona deb atalmish bog‘ida, vazirlar, ulamolar, diplomatik korpus vakillari, shuningdek, musulmon bo‘lmagan diniy jamoalar boshliqlari guvohligida o‘zi tayyorlagan hujjatni e’lon qildi.

Gulxona xatti-sharifida ta’kidlanadiki, «so‘nggi bir yuz ellik yil ichida turli voqealar va har xil sabablar shunga olib keldiki, muqaddas qonunlar va ulardan kelib chiqadigan qoidalar avvalgidek qo‘llanilmay qoldi, mamlakat qudrati va ichki farovonlik zaiflik va kuchsizlikka aylandi».

Shu munosabat bilan memorandumda «yangi nizomlar o‘rnatish yo‘li bilan Usmoniylar imperiyasi tarkibiga kiruvchi viloyatlarga yaxshi boshqaruvning foydasini» ko‘rsatishga va’da berildi. Yangi nizomlar o‘rnatilishi asosan quyidagilardan iborat bo‘lishi ko‘zda tutildi: 1) qaysi dinda bo‘lishidan qat’i nazar imperiyaning barcha fuqarolarini hayot, qadr-qimmat va mulk daxlsizligi bilan ta’minlash; 2) muntazam badal undirish va taqsimlashni, otkup239 tizimini bekor qilish; harbiy xizmatga adolatli chaqirish va uning aniq muddatini o‘rnatish. Mohiyati jihatidan bu aslida burjuacha talablar bo‘lib, hayot va mulk kafolatiga birinchi navbatda savdo burjuaziyasi muhtoj edi.

Tanzimatning ushbu dastlabki akti adliya, ma’muriy qurilish, maorif, moliya, harbiy va boshqa sohalardagi bir qator keyingi islohotlar uchun muqaddima bo‘lib xizmat qildi. Ammo Tanzimat qoloq imperiyaning chuqur ichki va tashqi qiyinchiliklarini hal etmadi, hal etishi mumkin ham emasdi. Tanzimat mustahkam ijtimoiy tayanchga ega emasdi. Uni quvvatlagan pomeshchiklar turk feodal sinfining kichik qatlami edi xolos. Bundan tashqari u ko‘plab turk bo‘lmagan millatlarning ham ehtiyojlarini qondirolmas edi. Tanzimat Turkiyaning mustaqil siyosat yuritish imkoniyatini ham mustahkamlamadi.

Porta o‘zining Muhammad Ali bilan ziddiyatini ham mustaqil hal qila olmadi. 1840 yil 15 iyulda Turkiyaning Londondagi elchisi Angliya, Rossiya, Avstriya va Prussiya vakillari bilan konvensiya imzoladi. Konvensiya ushbu davlatlarning «Usmoniylar imperiyasi butunligi va mustaqilligi ustidan» kuzatishini e’lon qildi, ya’ni Turkiyani bu to‘rtta davlatga qaram holatga solib qo‘ydi. Konvensiyaning asosiy mazmuni Muhammad Aliga ultimatum talablarini qo‘yishdan iborat bo‘lib, agar u ushbu talablarni qabul qilmasa, yuqoridagi davlatlar sultonga harbiy yordam ko‘rsatishi aytilgan edi.

Aslida konvesiya Turkiya manfaatlarini emas, G‘arb davlatlari, birinchi o‘rinda Angliyani himoya qilardi. Inglizlar ushbu ayyorona diplomatik qadam bilan Fransiyani voqealardan chetlashtirdi, Muhammad Aliga qarshi kollektiv harbiy harakatlarga Nikolay I ning roziligini oldi, rus harbiy kemalari uchun bo‘g‘ozlar yopildi, Rossiya va Avstriya yordamida Misrning mustaqilligini tugatdi va O‘rta Yer dengizininig strategik yo‘llarida o‘zi o‘rnashib oldi. Turkiya masalasida Rossiya bilan Angliya siyosatining farqi shunda ediki, ruslar Turkiyaning Yevropa davlatlari o‘rtasida bo‘lib olinishi orqali Sharq muammosini hal qilmoqchi bo‘lsalar, inglizlar bu masalani Turkiyani to‘liq egallab olish orqali hal qilishga umid qilardilar.

Muhammad Ali London ultimatumini qabul qilishdan bosh tortganidan so‘ng 1840 yil kuzda Angliya-Avstriya birlashgan floti Bayrutni, Suriya portlarini va Aleksandriyani bombardimon qildi. Misr taslim bo‘ldi. Muhammad Ali Misr va Sudan ustidan o‘zining merosiy egalik huquqini saqlab qoldi, ammo Krit, Arabiston, Suriya, Falastin va Kilikiyadan ayrildi, sultonga flotini qaytarib berish, armiyasini 18 ming kishigacha qisqartirish, verflar240 va arsenallarini241 yo‘q qilish, 1838 yilgi ingliz-turk konvensiyasini Misrga ham joriy qilish, ya’ni ingliz tovarlari uchun mamlakatni ochish, sultonga o‘lpon to‘lash majburiyatlarini oldi. Bu aslida Muhammad Alining barcha rejalari, umrining mazmuniga aylangan ishlarining barbod bo‘lishi edi.

Misr inqirozining muhim natijasi 1841 yil 13 iyulda


Londonda bo‘g‘ozlar to‘g‘risida xalqaro konvensiyaning imzolanishi bo‘ldi. Bir tomondan Yevropa davlatlari – Angliya, Rossiya, Fransiya, Avstriya va Prussiya, boshqa tomondan – Turkiya Dardanell va Bosfor bo‘g‘ozlari «Porta tinchlik holatida turgan paytlarda chet el harbiy kemalari uchun doimiy yopiq bo‘lishi» to‘g‘risida konvensiya imzoladilar. Bu bilan Angliya o‘zining Rossiya ustidan diplomatik g‘alabasini mustahkamladi: bo‘g‘ozlar rejimi endi Rossiya bilan Turkiyaning ikki tomonlama kelishuvi asosida emas, Qora dengizda hududga ega bo‘lmagan davlatlarning ko‘p tomonlama konvensiyasi bilan tartibga solinadigan bo‘ldi. Yevropa «katta siyosatiga» qaytgan Fransiya Angliya bilan Turkiyaning Rossiyaga qarshi harakatlariga ko‘maklasha boshladi.

Misr inqirozi bartaraf qilinib, taxtga bevosita xavf yo‘qolgandan keyin turk hukmron doiralarining islohotlarga qiziqishi ham so‘ndi. Albatta islohotlar mamlakat ijtimoiy hayotiga ma’lum jonlanish baxsh etdi, xalq ta’limini bir oz yaxshiladi. Ayniqsa diniy maktablar bilan bir qatorda dunyoviy maktablarning ham ochilishi va 1847 yili maorif vazirligining joriy qilinishi islohotlarning muhim jihati bo‘ldi. Biroq Tanzimat qonunchilik sohasining faqat yuzaki qisminigina o‘zgartirib, davlat va jamiyat tuzilishidagi chuqur nuqsonlarni bartaraf qila olmadi. Otkup tizimi bekor qilinmadi, hayot va mulk daxlsizligi faqat qog‘ozdagina qolib ketdi, musulmonlar bilan musulmon bo‘lmaganlarning huquqiy tengsizligi saqlanib qoldi. Shu sababli Tanzimatni keng xalq ommasi qo‘llab-quvvatlamadi.




Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish