O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti turkiya tarixi


«Misr inqirozi»ning kelib chiqishi



Download 2,62 Mb.
bet32/80
Sana31.12.2021
Hajmi2,62 Mb.
#230433
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   80
Bog'liq
Turkiya tarixi

«Misr inqirozi»ning kelib chiqishi. Rossiya bilan urush tugagandan so‘ng Turkiya Jazoir ustidan ham o‘z hukmronligini yo‘qotdi. 1830 yili fransuzlar Jazoirga qo‘shin tushirdi va u Fransiya
mustamlakasiga aylandi. Keyin o‘z rejalarini amalga oshirish uchun sharoitni ma’qul hisoblagan Muhammad Ali ham sultonga qarshi chiqdi. U ma’lum darajada Fransiyaning qo‘llashiga erishgan edi.

Kuzda Ibrohim posho boshchiligidagi Misr qo‘shinlari yurish boshladilar. Ular Akka qal’asini egallab, Suriyaga kirib bordilar. Mahalliy arab aholisi ham misrliklarni qo‘llab-quvvatladi. 1832 yilning bahor-yoz oylarida Ibrohim posho butun Suriyani (Falastinni ham), Kilikiyani egalladi va Tavr daryosidan o‘tib Anatoliyaga kirib keldi. 1832 yil dekabrda Konya yaqinidagi jangda sulton armiyasi tor-mor qilindi, buyuk vazir asir olindi. Istambulga yo‘l ochildi.

Sultonni Rossiyaning aralashuvi qutqarib qoldi. Nikolay I ning fikricha Muhammad Alining Istambul taxtini egallashi Usmoniylar imperiyasida fransuzlarning ta’sirini kuchaytirib yuborar edi. Bundan tashqari, Rossiya uchun Bosfor qirg‘oqlarida Muhammad Ali boshchiligidagi yangilangan, kuchli imperiyadan ko‘ra, sultonning kuchsiz hokimiyati turgani ma’qul bo‘lardi. Shu sababli Rossiya sultonga o‘z yordamini taklif qildi, sulton esa ilojsizlikdan buni qabul qildi.

1833 yili fevralda rus qo‘shinlari Bosforga kirib, misrlik qo‘shinlarning Istambulga borish yo‘lini to‘sganidan so‘ng, Angliya aralashuvida Muhammad Ali bilan muzokaralar boshlandi. Natijada 1833 yil mayda sulton bilan Muhammad Ali o‘rtasida kelishuv imzolanib, unga ko‘ra Muhammad Ali Misr, Suriya, Falastin va Kilikiya ustidan o‘z boshqaruvini saqlab qoldi. Buning evaziga u Anatoliyadan qo‘shinlarini olib ketish va sultonning syuzerenitetini236 rasman tan olish majburiyatini oldi.

Rus desant qismlari Turkiyadan Rossiyaga qaytib ketishidan oldin, 1833 yil 8 iyulda Hunkar-Iskelesi deb nomlangan rus-turk ittifoq shartnomasi imzolandi. Unga binoan, ehtiyoj tug‘ilganda sultonning talabiga ko‘ra rus hukumati zarur sondagi o‘z qo‘shinlarini sulton ixtiyoriga berishi lozim edi. O‘z navbatida, shartnomaning maxfiy protokoliga ko‘ra sulton chet el harbiy kemalari uchun Dardanell bo‘g‘ozini yopish majburiyatini oldi.

Hunkar-Iskelesi shartnomasini Yevropa davlatlari Rossiyaning kuchayishi uchun asos deb hisoblab, unga norozilik bildirdilar. Ayniqsa Angliya va Fransiya o‘z noroziliklarini Turkiya qirg‘oqlarida harbiy-dengiz kuchlarini namoyish qilish bilan bildirdilar. Bundan Avstriya ham xavotirga tushib qoldi. Ammo chet davlatlarning noroziligiga qaramasdan rus-turk shartnomasi bekor qilinmadi.




Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish