O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti turkiya tarixi


Qrim urushi (1853–1856) va uning Turkiya uchun oqibatlari. Tanzimatning ikkinchi davri



Download 2,62 Mb.
bet35/80
Sana31.12.2021
Hajmi2,62 Mb.
#230433
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   80
Bog'liq
Turkiya tarixi

Qrim urushi (1853–1856) va uning Turkiya uchun oqibatlari. Tanzimatning ikkinchi davri. Shunday bir sharoitda Nikolay I usmoniylar merosidan o‘z ulushini olish vaqti keldi, deb hisoblaydi. 1853 yil mayda Turkiyadagi barcha pravoslav xristianlarga Rossiyaning homiylik qilish huquqini tan olish to‘g‘risida Portaga ultimatum topshiriladi. Nikolay I G‘arb davlatlari bilan osonlikcha kelishmoqchi bo‘ldi, ammo ularning birortasi ham Usmoniylar imperiyasining bo‘linishi va Rossiyaning kuchayishini istamasligini hisobga olmadi. Porta ultimatumni rad etdi va 1853 yil kuzda urush boshlandi. Sinop jangida admiral Naximov tomonidan turk floti tor-mor qilindi. Shunda Angliya va Fransiya urushga qo‘shilib, Qora dengizga o‘z harbiy kemalarini kiritdilar. Shu tariqa rus-turk urushi Yevropa urushiga aylandi.

Bu urushda Turkiya bo‘ysunuvchi rolini o‘ynadi. 1854 yili Porta ingliz bankirlaridan o‘ta og‘ir shartlar bilan birinchi qarzni oldi. Birinchisidan keyin yana qarzlar bo‘lib, ular Turkiyani asoratga solishning quroliga aylandi. Shu yili ingliz-fransuz-turk ittifoq shartnomasi imzolangan bo‘lib, u Turkiyaga Rossiya bilan separat muzokaralar olib borishni taqiqlaydi. 1854 yil rus armiyasi Dunay knyazliklarini tashlab chiqqanida, urush Turkiya uchun o‘z mazmunini yo‘qotgan edi.

1856 yil 30 mart kuni Parijda imzolangan sulh Turkiyaning ahvolini yanada og‘irlashtirdi. Tashqaridan qaraganda turklar g‘olib bo‘lib ko‘rinardi. Parij traktatiga ko‘ra Rossiya janubiy Bessarabiyani yo‘qotdi, Qora dengizda harbiy flot qal’alarga ega bo‘lish huquqidan ayrildi, sulton Serbiya, Moldaviya va Valaxiya ustidan syuzerenitetni saqlab qoldi. Bundan tashqari, Angliya, Fransiya va Avstriya o‘zaro alohida shartnoma imzolab, Usmoniylar imperiyasi hududiy yaxlitligiga har qanday tahdidni shartlashuvchi davlatlar urush uchun bahona deb qarash majburiyatini oldilar.

Urushda Rossiya mag‘lubiyatga uchradi. Ammo Turkiya ham g‘alaba qozonmadi. Hatto rasman ham Parij traktati «Qora dengizning


neytralligini» belgiladi, Rossiyaga qo‘yilgan cheklovlar Turkiyaga ham joriy qilindi. Turkiyaning hududiy yaxlitligi va mustaqilligi prinsipi faqat Rossiyaga qarshi qaratilgan bo‘lib, G‘arbiy Yevropa davlatlarining Turkiya ichki ishlariga aralashishiga xalaqit bermadi. 1859 yili inglizlar va fransuzlar eskadrasi Hijozning Jidda portini bombardimon qildilar, 1860 yili fransuzlar Liviyaga, Bosniya va Gersegovinaga, 1866–1868 yillari Kritga harbiy intervensiyani amalga oshirdilar.


Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish