O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti turkiya tarixi



Download 2,62 Mb.
bet36/80
Sana31.12.2021
Hajmi2,62 Mb.
#230433
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   80
Bog'liq
Turkiya tarixi

1856 yilgi xatti-humoyun. Parij traktatining Turkiyaga faxrlidek bo‘lib ko‘ringan, uni Yevropa davlatlari «konsertiga» qo‘shish haqidagi qarori aslida halokatli oqibatlarga olib keldi. Bunda G‘arbning kapitalistik davlatlari avvalo o‘zlarining siyosiy va iqtisodiy manfaatlarini ko‘zlagan edilar.

1856 yil 18 fevralda e’lon qilingan va xatti-humoyun deb atalgan sulton yorlig‘i aslida G‘arb davlatlarining Turkiya ustidan hukmronligini kuchaytirishga qaratilgan bo‘lib, Istambuldagi va boshqa port shaharlardagi turk bo‘lmagan burjuaziya vakillari uchun qulay iqtisodiy sharoit yaratish orqali chet el kapitalining Turkiyaga kirib kelishini yengillashtirar edi.

1856 yil kapitali to‘liq inglizlar va fransuzlarga tegishli bo‘lgan Usmon bankini ta’sis qilish to‘g‘risida qonun e’lon qilindi. Bank juda katta imtiyozlarga ega edi: u banknotlar242 chiqarish va emissiya243 huquqini oldi, barcha soliq va yig‘imlardan ozod qilindi, butun mamlakatni o‘z filiallari bilan o‘rab oldi, o‘zining monopol holatidan foydalanib, faqat tashqi savdoni emas, Turkiya ichki savdosining ham katta qismini o‘z nazoratiga oldi.

Tanzimatning bu davrida (1856–1870) qabul qilingan muhim qonunlardan harbiy-len tizimi bilan bog‘liq bo‘lmagan yer egaligi doirasini kengaytirgan yer kodeksi va chet elliklarga yerga egalik qilish huquqini beruvchi qonun bo‘ldi. Shu davrda Porta chet ellik kapitalistlarga Izmir-Oydin, Izmir-Kasaba, Istambul-Edirna temir yo‘llarini qurish va keyinchalik ularni Yevropa temir yo‘l tizimi bilan bog‘lash uchun konsessiya ham berdi.

Bunday sharoitda Usmoniylar imperiyasining tashqi qarzi to‘xtovsiz o‘sib bordi. 1856 yili 75 mln frankdan boshlangan qarz 1870 yili 2,5 mlrd ni tashkil qildi. Shundan 1,5 mlrd naqd olingan qarz bo‘lsa, qolganini qarzlar bo‘yicha protsentlar tashkil qildi. Qarzlar evaziga Turkiya chet elliklarga bojxona va boshqa daromadli joylarni berishga ham majbur bo‘ldi.

Shunday qilib Tanzimatning ikkinchi davridagi islohotlar Usmoniylar imperiyasidagi iqtisodiy va ijtimoiy hayotni o‘zgartira olmadi. Tanzimat mamlakatda sanoat rivojlanishi uchun sharoit yaratmadi.




Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish