O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti turkiya tarixi


XVI–XVIII asrlarda Usmoniy turklar madaniyati



Download 2,62 Mb.
bet30/80
Sana31.12.2021
Hajmi2,62 Mb.
#230433
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   80
Bog'liq
Turkiya tarixi

XVI–XVIII asrlarda Usmoniy turklar madaniyati. Usmoniylar davlatida falsafa diniy va dunyoviy qarashlar o‘rtasidagi raqobat bilan xarakterlanadi. Mamlakatda mavjud bo‘lgan madrasalarda dunyoviy fanlarni o‘qitish juda yomon ahvolda bo‘lib, mad­rasa darslari asosan diniy, ijtimoiy va siyosiy hayotni o‘z ichiga olgan shariat va fiqh fanlari bilan cheklangan edi.

XVII asrdan Yevropaning ilg‘or g‘oyalari ta’siri ostida yirik shaharlar, asosan poytaxt Istambulda dunyoviy fanlarni rivojlantirishga harakat boshlanadi. O‘z davrining ilg‘or kishilari – sivaslik Abdulmajid Nuri kabilar madrasalarda dunyoviy bilimlarni ham o‘qitish tarafdorlari edi. Shunday kishilarning tashabbusi va ta’siri tufayli mamlakatdagi mavjud diniy jaholatga qaramasdan dunyoviy bilimlar sohasida ham olimlar yetishib chiqdilar.

Ulardan biri XVII asrdagi Turkiyaning buyuk olimi Koshib Chalabiydir (1609 –1657). U o‘zining «Eng to‘g‘risini topish uchun haq tarozisi» nomli asarida dunyoviy bilimlarning ahamiyatini va diniy mutaassiblikning salbiy tomonlarini ochib berishga harakat qiladi, tarix, geografiya va manbashunoslikka bag‘ishlangan yuzlab asarlar yaratdi.

Matematika va astronomiya sohasida Xizir Xalifa Tabariy, Mulla Mehmet Chalabiy, Koshipzoda Mustafo kabi olimlar barakali faoliyat ko‘rsatdilar.

Shu davrda turk adabiyotida ham o‘ziga xos faollik kuzatiladi, yirik asarlar yaratiladi. Shulardan Avliyo Chalabiyning (1682 yili vafot etgan) «Sayohatnoma» asari tarixiy-etnografik manba sifatida alohida ahamiyatga ega. Tarixiy yo‘nalishdagi shunday asarlardan yana biri Sulton Ibrohim I ning kotibi Kochi Bekning «Risola» nomli asaridir. Asarda davlat xazinasi va soliqlar tizimi to‘g‘risida batafsil ma’lumot beriladi.

Fan va adabiyotdagi ba’zi yutuqlarga qaramasdan XVII asrdagi siyosiy va iqtisodiy inqiroz barcha sohaga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Inqiroz, ayniqsa adabiyot va me’morchilikda yaqqol ko‘zga tashlandi. XVII asr oxiriga kelib fors va arab tilining ta’siri tufayli adabiyot turk xalqi uchun tushunarsiz holatga keldi. Tilni «tozalash» uchun qilingan ko‘plab harakatlardan so‘ng «Usmoniycha» deb nomlangan adabiyot yaratildi.

Me’morchilikda ham XVII asr oxiri – XVIII asr boshlarida tushunarsiz, milliylikdan ancha yiroq bo‘lgan qorishiq uslublar yaratildi. Vaholanki, XV–XVII asrlarda turk me’morlari buyuk tarixiy obidalarni yaratishgan edi. Ayniqsa XVI asrning buyuk me’mori Sinon o‘zining betakror binolari bilan turk me’morchiligi rivojiga katta hissa qo‘shdi. Boburiylarning Dehli, Laxur va Agradagi saroylari turk me’morlari tomonidan bunyod etilgan edi. Sinon Osiyoda birinchi bo‘lib binolar qurilishida «barokko» uslubini qo‘llagan usta edi. Undan so‘ng me’morboshi lavozimida ishlagan Dalgich Ahmad va Sadafkar Mehmet og‘alar ham Sinonning ilg‘or g‘oyalarini davom ettirdi, uning uslubida binolar qurdirdi. Ular Istambuldagi Sulton Ahmad I jome masjidini va «Yangi jome»ni bunyod etdilar. XVII asr turk me’morchiligining ajoyib namunalari sifatida sultonning To‘pqopi saroyidagi Bag‘dod va Ravon ko‘shklarini ham aytib o‘tish lozim. Bu binolarning ustasi o‘sha davrdagi me’morboshi Hasan Og‘a edi.

XVI–XVII asrlarda Usmoniylar imperiyasida naqqoshlik va miniatyura san’ati ham yaxshi rivojlanadi. Naqqoshlikda bezak vositasi sifatida asosan miniatyura rasmlaridan va yozuvlardan foydalanilar edi. XVI asr oxiri – XVII asr boshlarida yashagan mashhur naqqosh va xattot Naqqosh Usmon, ayniqsa, bu san’atning rivojiga katta hissa qo‘shdi. U o‘zining «Hunarnoma» va «Surnoma» kabi asarlarida bu san’at sirlari haqida batafsil fikr yuritadi. Uning bu ikki asariga 600 ga yaqin risolasi jamlangan.

Yevropa va arab madaniyatining ta’siriga qaramasdan XVI–XVIII asrlardagi turk madaniyati asosan milliylik va o‘ziga xoslikni saqlab qola oldi. Ammo yuqorida aytilganidek, imperiyada boshlangan siyosiy va iqtisodiy inqiroz madaniyat rivojiga ham ta’sir etmasdan qolmadi.

Usmoniylar imperiyasi yangi davr boshlarida ham mintaqaning eng kuchli harbiy-feodal davlati bo‘lib qolayotgan edi. Ammo Yevropa davlatlarining jadal iqtisodiy taraqqiyoti ularning harbiy-texnik imkoniyatlarini ham oshirdi va bu hol Turkiyaning siyosiy mavqeiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Natijada islohotlar uchun qilingan qator urinishlarga qaramasdan, XVII asrdayoq boshlangan inqiroz holatini yengib o‘tishning iloji bo‘lmadi. XVIII asrning oxiriga kelib inqiroz imperiya hayotining barcha jabhalarini qamrab oldi.



Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish