O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti turkiya tarixi



Download 2,62 Mb.
bet23/80
Sana31.12.2021
Hajmi2,62 Mb.
#230433
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   80
Bog'liq
Turkiya tarixi

Davlat tuzumi. Armiya. XV asr ikkinchi yarmida Usmoniylar davlati imperiyaga aylandi (shungacha Usmoniylar sultonligi deb atalgan bo‘lsa, endi Usmoniylar imperatorligi deb yuritila boshlandi), uning hukmdorlari esa harbiy kuchga tayangan holda cheklanmagan hokimiyatga ega bo‘ldilar.

Markaziy hokimiyatning va sultonning ta’siri sezilarli darajada o‘sdi. Islom qonunshunoslari tomonidan «Xudoning yerdagi soyasi» deb e’lon qilingan sulton cheklanmagan huquqlarga ega bo‘ldi. Uning shaxsi muqaddas va daxlsiz hisoblanardi.

Imperiyada sultondan keyingi asosiy shaxs buyuk vazir bo‘lib, u siyosiy-ma’muriy va harbiy masalalar bilan shug‘ullanardi, boshqa hamma vazirlar, davlat arboblari, viloyat hokimlari esa unga bo‘ysunardi. Asosiy masalalar davlat kengashi – devonda muhokama qilinardi. Dastlabki sultonlar devonning hamma yig‘ilishlarida ishtirok etishar, lekin XV asr oxirlaridan boshlab kamroq qatnashadigan, keyinroq esa umuman qatnashmaydigan bo‘lishdi. Devonning asosiy tarkibi buyuk vazir, asosiy davlat arboblari, moliya boshqarmasi boshlig‘i, vazirlar, qonun ishlab chiqaruvchilar va tashqi aloqalar bo‘yicha mas’ul kishilar, shuningdek, davlatning oliy ruhoniysi – poytaxt muftiysi yoki Shayxulislomdan iborat bo‘lgan.

XVI asr o‘rtalarida Usmoniylar imperiyasi 21 ta viloyatga bo‘lingan edi. Ularning har biriga viloyatdagi harbiy va ma’muriy hokimiyatni to‘liq qo‘lida tutib turuvchi beklarbegi boshchilik qilardi. Har bir beklarbegi o‘z saroyi, devonxona va devoniga ega edi. Viloyatlar sanjaklarga bo‘lingan bo‘lib, ularga sanjakbeylar boshchilik qilardi. Sulaymon I hukmronligi davrida 250 ta sanjak bor edi.

Usmoniy hukmdorlar butun diqqat-e’tiborlarini jangovar armiya tuzishga va bosib olingan hududlarda harbiy tartib-qoidani joriy qilishga qaratdilar. Usmoniylarning harbiy kuchlari quruqlikdagi qo‘shinlar va flotdan iborat edi. Turk floti XV asr oxiridan boshlab, ya’ni sulton hukumati imperiyaning port shaharlarida dengiz va daryo kemalarini doimiy qura boshlagandan keyingina juda tez o‘sa boshladi. XVI asrning birinchi yarmida turk floti ispan, portugal va Venesiya eskadralari ustidan g‘alaba qozonib, O‘rta Yer dengizida hukmronga aylandi. Bir qator hollarda, masalan, Maltani qamal qilishda 300 tagacha harbiy kemalar ishtirok etgan.

Usmoniylar imperiyasining quruqlikdagi armiyasi ham juda kuchli edi. Bu armiya «Saroy qullari» deb ataluvchi markaziy qo‘shin va viloyatlardagi ko‘ngillilar qismlaridan iborat edi. Markaziy qo‘shinda butunlay davlat tomonidan ta’minlanadigan yanicharlar korpusiga alohida e’tibor qaratiladi. Bundan tashqari, qo‘shinda artilleriya qismlari ham alohida ahamiyatga ega bo‘lib, turk sultonlari uning holati yaxshi bo‘lishi uchun ko‘proq qayg‘urar edilar. Sulaymon armiyasida 300 dan ortiq turli hajmdagi to‘plar bor edi. Yanicharlarning piyodalar korpusidan tashqari sultonning otliq gvardiyasi ham mavjud bo‘lib, u yurishlar paytida sulton va buyuk vazirni qo‘riqlar, janglarda yanicharlarga yordam berar edi.

Turk sultonlarining markaziy hokimiyatni mustahkamlash uchun qilgan harakati qo‘shin sonining oshib borishida ham o‘z aksini topdi. XV asr o‘rtalarida yanicharlar korpusi hammasi bo‘lib 3 –5 ming kishidan iborat bo‘lgan bo‘lsa, Sulaymon davriga kelib 12 ming kishini tashkil etdi. Umuman muntazam armiyada shu davrda 50 ming kishi xizmat qilardi.

Usmoniylar armiyasining asosiy qismini viloyatlardagi ko‘n­gillilar tashkil qilardi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, sipohiylar armiyasi XVI asr o‘rtalarida 130 mingdan 200 ming kishigacha bo‘l­gan.




Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish