O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti turkiya tarixi


Usmoniylar davlatida feodal munosabatlarning rivojlanishi



Download 2,62 Mb.
bet20/80
Sana31.12.2021
Hajmi2,62 Mb.
#230433
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   80
Bog'liq
Turkiya tarixi

Usmoniylar davlatida feodal munosabatlarning rivojlanishi
Usmoniylar davlatining hududlari kengayishi bilan bir vaqtda feodal munosabatlarning rivojlanishi ham davom etdi. Bu jarayon XIV asrning oxiriga kelib, Usmoniylar o‘troq hayot tarziga o‘ta boshladilar va ularning turmush tarzi dehqon yer egalarini ekspluatatsiya qilishdan iborat bo‘lib qolgan edi. Ekspluatatsiya qilish shakli saljuqiylar davridagidek – chorakorlikdan iborat bo‘lib qolgan edi.

Davlat tuzumi ham rivojlana boshladi. Sulton O‘rxon davrida davlat idoralari tuzila boshlandi, vazirliklar paydo bo‘ldi, ularning boshida bosh vazir turardi, bu davrda vazir va amaldorlardan iborat majlis organi – devon tashkil topdi.

Mamlakat viloyat va tumanlarga bo‘lingan edi, ularni yirik feodallar boshqarar edilar. Sudlar maxsus ruxoniy sudyalar – qozilar qo‘lida bo‘lib, huquqiy kodeks – shariat hisoblanardi.

Qabila sudlarida to‘ralar ham mavjud edi.

Sulton O‘rxon davrida ilk usmoniy tangalari zarb qilindi. Bunga juda katta ahamiyat berilar edi. Chunki tangani mustaqil zarb etish, hukmdorning nomini juma namozida va bayram kunlarida (xutbada) tilga olinishi musulmon davlatlarida davlat hukmdorlarining mustaqil ekanligiga ishora edi. Usmoniylar davlatida qonun chiqargan birinchi sulton Maxmud I (1359-1389) hisoblanadi. Uning davrida birinchi qonunlar chiqa boshlaydi. 1368 yildagi qonun rasmiylashtirildi, ya’ni bu qonun bo‘yicha bosib olingan yerlar davlat mulki hisoblanadigan bo‘ldi. 1375 yildagi qonunga ko‘ra yerlar mayda harbiy lenlarga – tumanlarga, yiriklari – zeametlarga bo‘linadigan bo‘ldi. Harbiy feodallar – lenlar olar edilar, ular silohiyalar deb atalardi.

Armiya tuzilishida ham katta o‘zgarishlar yuz berdi. Usmon I va O‘rxon davrida istilolar otliqlar yordamida amalga oshirilgan edi, biroq ular qo‘rg‘onni ishg‘ol qilishda yaroqsiz bo‘lib qoldi. Bundan tashqari sulton ixtiyorida bo‘ladigan doimiy qo‘shin (armiya) zarur bo‘lib qolgan edi. Shu maqsad bilan maoshga xizmat qiluvchi piyoda va otliq askarlar qo‘shini tuzildi. Birinchi shunday piyoda askarlar 1361 yoki 1363 yilda xristian asirlaridan tuzilgan edi. Askarlarga yanicharlar (turkchada “yeni cheri” – yangi qo‘shin) deb nom qo‘yildi. Yurishlarda qo‘lga olingan asirlarning 1/5 qismini sultonga olib kelinar edi. Ilk davrda askar jangchilarning soni 1 mingdan 3 minggacha edi va ular “ajem ochagi – yangi olingan askarlar” deb ataldi. Mashhur turklarning yanichar qo‘shini shu tariqa vujudga keladi. XV asrning 20-yillarida dev tizimi qo‘llanila boshlandi. Tizimga asosan aniq vaqt oralig‘ida (3,5,7 yillar orasida xristian o‘g‘il bolalari va yigitlarini 8 yoshdan 20 yoshgacha) yanichar qo‘shini komandirlarining maxsus vakillari yigitlar orasidan sog‘lom va baquvvat bolalarni tanlab turk oilalariga yuborardilar. Tanlovdan o‘ta olmaganlar esa qullikka berib yuborilardi. Turk oilalariga kelgan bolalar ularning uyida bir necha yil yashar, ishlar edilar, islom dinini qabul qilardilar. Shundan so‘ng ular maxsus maktablarga yuborilar edi. U yerda ularga harbiy san’at sirlari o‘rgatilar edi va ular musulmon fanatizimi ruxida sultonga o‘ta sodiq qilib tarbiyalanardilar. Mafkuraviy tarbiya bektoshi ordeni bilan birgalikda olib borilar edi. Tarbiyalangan, har taraflama to‘g‘ri keladigan yigitlar yanichar qo‘shiniga qabul qilinar edilar. Yillar davomida qo‘shinning soni ko‘paya bordi hamda siyosiy roli oshib bordi. Doimiy otliq qo‘shini (sipohiylar - otliq askarlar) tuzildi.



Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish