Usmoniylar imperiyasi
Barbod bo‘lgan Saljuqiylar davlati o‘rnida XIV asr boshlarida Anatoliyada va XV asrda Vizantiya imperiyasi hududlarida 1453 yili Konstantinopolning olinishi Usmoniylar imperiyasini Yevropa va Yaqin Sharqdagi eng kuchli davlatlardan biriga aylantirdi. Yaxshi boshqariladigan va kuchli harbiy salohiyatga ega armiyasi bilan XVI va XVII asrlarda Yevropa davlatlariga doimiy va jiddiy tahdid solib turdi. O‘rta Yer dengizi, Shimoliy Afrika, Bolqon yarimoroli, Yaqin Sharq davlatlari va Qora dengiz atroflariga egalik qilgan Usmoniylar davlati buyuk imperiya sifatida Arab xalifaligi, Vizantiya va Rimning haqli vorisi sanalar edi.
Usmoniylar imperiyasining rivojlanishini, Rim kabi boshqa imperiyalar qatori inson tanasining rivojlanishi bilan solishtirish mumkin. Rivojlanish umumiy sifatlari bilan 3 asosiy bosqichni bosib o‘tgan:
- yoshlik, yuksalish va o‘sish davri;
- yetuklik, rivojlanish va kuchayish davri;
- va nihoyat, zavolni anglatuvchi, qarilik.
Tashkil topish davri XIII asr oxiridan to XV asrgacha; gullab yashnash davri XV asr oxiridan XVI asr o‘rtalarigacha, u davrda buyuk sultonlar Mexmed II Fotix, Yovuz Salim va Buyuk Sulaymon boshqarganlar, imperiyaning tanazzuli Buyuk Sulaymon boshqaruvining oxirlariga to‘g‘ri keladi. Yangi davrning yaqinlashishi birinchi jahon urishining oxirlariga, Usmoniylar bilan birga Romanovlar va Gabsburglar sulolalarini ham tanazzuliga to‘g‘ri keldi.
Usmoniylar imperiyasining oxirgi davrlarigacha tarixini yoritishdagi bu chizma qanchalik to‘g‘ri? Haqiqatdan XVII-XVIII asrlarda tanazzul haqida gapirish mumkinmi?
Keyinchalik guvohi bo‘lamizki, bunday baho bugungi kunga kelib shubha uyg‘otmoqda. Imperiya tomonidan qoldirilagn boy arxiv ma’lumotlari Usmoniylar tarixini qayta o‘rganishga yordam beradi. Bu ma’lumotlar imperiyaning gullab-yashnagan davrini emas balki, uning tanazzulini anglashga yordam beradi. Haqiqatan esa qulay o‘qish va tushinish uchun biz yuqoridagi uch davrga amal qilamiz.
XIII asr oxiri va XV asrgacha beklik shakllanadi va rivojlanadi. Bu beklik avval Erto‘g‘rul va uning o‘g‘li Usmon tomonidan boshqariladi. Usmoniylar imperiyasi nomi ostida ularning avlodlari taqdiri shakllanadi. Vizantiyani mag‘lub etgan va Saljuqiylar davlatiga vorislik qilgan bu imperiya tez orada Anatolii va Bolqon yarimorolining ma’lum qismida o‘rnashib oladi. 1453 yil 29 mayda Mexmed II tomonidan Konstantinopolni olinishi Usmoniylarga Yevropa va Osiyoni bog‘lovchi oxirgi xalqani in’om qildi. Natijada turklar Vizantiya imperiyasining vorisiga aylandi.
XV asr oxiridan boshlab ayniqsa XVI asrda bu davlat o‘zining oltin davrini yashab o‘tdi. Sulton Salim I va Buyuk Sulaymon sezilarli darajada o‘z hududlarini kengaytirishga erishdilar. Ularning hukmronligi ostiga O‘rta yer dengizining katta qismi kirgan, Osiyodan Afrikagacha bo‘lgan yo‘llarni nazorat qilishgan. Karl V ustidan qozonilgan g‘alaba, viloyatlarning aqlli boshqaruvi davlatning gullab yashnashidan dalolat beradi. San’atning misli ko‘rilmagan tarzda rivojlanishi Usmoniylar imperiyasiga yorqinlik berib uni qadimgi dunyoning ilk buyuk davlatiga aylantirdi. XVI va XVII asrlardagi sayyohlarning hikoyalarida ko‘proq uning qudrati, muhtasham poytaxt, manarxlarning buyukligi va samarali boshqaruv yoritib berilgan. Agar diniy muammo bo‘lmaganda mukammal davlatga aylangan bo‘lar edi. U shu davrda siyosiy va diniy qarama-qarshiliklardan kuchsizlangan Yevropa uchun tahdid solib turgan.
Shuning bilan birga Usmoniylar imperiyasi o‘zining musulmon-sunniylar orasidagi muhim o‘rnini ta’kidlaydi. Lekin ularning musulmon davlatlaridagi ustunligi chegaralangan edi. Chunki ba’zi davlatlar, Marokash, Forslar davlati (Safaviylar) keyinchalik Hindistondagi Boburiylar davlati o‘z erkinligiga intilishardi. XVI asr oxirgi 10 yilligida imperiyaning tanazzuli boshlandi. Aynan shu yillarda ilk bor devolvatsiya, inflyatsiya va narxlarning o‘sishi kuzatiladi. Poraxo‘rlik, korrupsiya fuqarolar va harbiylarning barcha qatlamini qamrab oldi. Oldinlari harbiy qo‘shinlarda omadga sababchi bo‘lgan tartib-intizom, jangovar tayyorgarlik sustlashgan. Harbiy yurishlar ko‘p xarajatli va ishonchsiz tus ola boshladi. XVII asr so‘ngi va XVIII asr boshi va oxirida harbiy yurishlar mag‘lubiyat va foydasiz kelishuvlar, hududlarning yo‘qotilishi bilan yakunlanar edi. Imperiyaning ilk asrlarida davlatning boyishiga sababchi bo‘lgan urushlar endi uning xonavayron bo‘lishiga olib kelayotgan edi. Harbiylar orasidagi qo‘zg‘alon va to‘ntarishlar, fraksiyalarning kurashlari natijasida hukumat viloyatlar nazoratini yo‘qotdi. Aslzodalar joylarda hokimiyatni qo‘lga olib ancha mustaqillikni qo‘lga kiritishdi. Imperiyaning tanazzuliga sababchi bo‘lgan bu kabi omillar qatorini ko‘plab davom ettirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |