O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti turkiya tarixi


Anatoliyada saljuqiylar davlatining tashkil topishi va salib yurishlari



Download 2,62 Mb.
bet15/80
Sana31.12.2021
Hajmi2,62 Mb.
#230433
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   80
Bog'liq
Turkiya tarixi

Anatoliyada saljuqiylar davlatining tashkil topishi va salib yurishlari
Alp Arslonni Malazgirddagi g‘alabasidan keyin (1071 yil) Vizantiya harbiy qudrati shu darjada zaiflashdiki, chegara va mamlakat xavfsizligini ta’minlay olmay qoldi. Vizantiya hududlariga uning chegarasida jamlanib turgan o‘g‘uzlar bostirib kirib uning keng dala va daralarini to‘ldirdilar. Bir vaqtning o‘zida Rum yerlarini saljuqiy sarkardalari bosib olib bu yerlarda mustaqil beyliklarni tashkil qila boshladilar93.

Bu jarayonni Alp Arslon Roman Diogenni Vizantiya taxtidan tushirilishi va yangi imperatorni Roman Diogen tomonidan asirlikdan ozod etish chog‘ida imzolangan shartlarni bajarishdan bosh tortganidan keyin boshlab yuboradi.

Masalan Arzirum hududida Saltuq, Arzinjonda Mingyujuq, Mardin va Xarputda Alp Arslonning eng mashhur sarkardasi Ortuq, Sivas, To‘qat, Amasya, Qaysariyada Donishmand g‘oziy o‘z beyliklarini barpo qiladilar94.

Xudi shu vaqtga yaqin 1073-1074 yy. Anatoliyaga Qutulmishning o‘g‘li Saljuqning nabirasi Sulaymon ham kirib keladi.

Qutulmish vafotidan keyin uning barcha o‘g‘illari asir olingan edi. Malikshoh sulton bo‘lganidan keiyn ularni ozod qiladi. Ba’zi taxminlarga ko‘ra ular saljuqiylar orasidagi toju taxt talash vaqtida paytdan foydalanib o‘zlari qochib ketishgan95.

Anatoliyaga kelgan Sulaymon o‘z atrofiga ko‘chmanchi o‘g‘uzlarni jamlab Vizantiya shaharlari bo‘lmish Malatiya (Meliten), Qaysariya (Kesariya), Sivas (Sevastiya), Oqsaroy va Konya (Ikanium)ni bosib oladi.

1075 y. u Marmar dengiziga chiqib Nikeya (Iznik) istehkom shaharni, keyin Izmitni zabt etib barcha bosib olingan yerlarda Iznik shahri poytaxti bo‘lgan saljuqlar davlatini tuzgani haqida e’lon qiladi.

Bu haqda Bag‘dodga xabar berishadi va abbosiy xalifa Konstantinopolning yaqin chegarasida sunniy islom davlati tashkil topganidan xursand bo‘lib uning qonuniyligini tan olib Sulaymonga sulton unvonini beradi96.

Malikshoh yana bir mustaqil saljuqiylarning davlati tashkil topganidan ancha xavotirga tushadi. Bu ikkala saljuqiy davlatlari o‘rtasidagi munosabatlar ham taranglashib Malikshoh Anatoliyaga Sulaymonga qarshi lashkar yuborib uni Buyuk saljuqiylarga tobe qilmoqchi edi97.

1080 yilga kelib. Sulaymon o‘zining g‘arbiy chegaralarini Egey dengizigacha kengaytiradi. Anna Komnina yozishicha: “Sulaymon butun Sharqni bosib oldi. Uning sultonlik qasri Nikeyada bo‘lsa ham uning otliq va piyoda askarlari Bosforgacha yetib bordilar. Vizantiyaliklar ularni sohil bo‘ylab o‘z koshonalarida bemalol yurishlarini ko‘rib doimiy qo‘rquvda nima qilishni bilmay turardilar»98.

Keyinchalik imperator Aleksey I Komnin (1081-1118 yy.) Bosfor va Vifiniyaga bevosita chegaradosh bo‘lgan hududlardan siqib chiqardi. 1081 y. Vizantiya Nikeya poytaxti bo‘lmish turkiy saljuqiy davlatini tan olishga majbur bo‘ladi va Vizantiya imperatori Aleksey Komnin bilan sulton Sulaymon o‘rtasida tinchlik shartnomasi imzolanadi99.

Bu yarashishdan keyin Sulaymon sharq va janubi-sharqiy chegaralarini kengaytirishga kirishadi.

U Kilikiya armanlarining (1082-1083 yy.) yerlarini hamda Antioxiya (1084 y.) shahrini bosib oldi100. Keyin u Suriyaga lashkar tortadi. Bu vaqtda Suriya hukmdori Malkishohning ukasi Tutush edi. Bu yurishi bilan Sulaymon Buyuk saljuqiylar saltanatiga tajovuz qilgandek bo‘ladi. Sulaymon Suriyadagi bir necha mulklarni bosib olib 1085 y. Halab (Aleppo)ni qamal qiladi. Shu yerda 1086 y. iyun oyida Tutush va Sulaymon qo‘shinlari o‘rtasida katta jang bo‘lib Sulaymon halok bo‘ladi101. Culton yaqinlari va qo‘shinining katta qismi asirga olinadi. Sulaymonning o‘g‘illari Qilich Arslon va Qulon Arslon Malikshoh amriga binoan poytaxtga yuborildi.

Sulaymon halokatidan keyin uning saltanati parchalanib uning hududlarida bir nechta mustaqil beyliklar tashkil topadi. Saljuqiylarning bu davlatidan g‘arbda bir kichik bo‘lagigina qoladi. Sulaymon yurishdan oldin Iznikda o‘ziga Abulqosim degan vazirini o‘rinbosar etib tayinlab ketgan edi.

Abulqosim ham o‘zining buyuk sarkarda ekanini isbotlagan holda 1092 yilgacha imperator Aleksey Komninni va Buyuk saljuqiylar davlatining sultoni Berkyoruqning Iznikni bosib olish harakatlariga qarshi turib beradi.

Berkyoruq taxtga chiqqanida Iznikka sarkarda al-Barsuq qo‘mondonligida 50 minglik lashkarni yuboradi. Abulqosim esa Sulaymon farzandlari uchun Iznikni saqlaydi va Malikshoh vafotidan keyin Qilich Arslon va Qulon Arslon Anatoliyaga qochib keladilar102. Iznikka yetib kelganlarida Sulaymonning katta o‘g‘li sulton Qilich Arslon I (1092-1107 yy.) nomi bilan taxtga chiqadi. Sulton hukmronligining birinchi yillarida muttasil Vizantiya bosqiniga qarshi kurash olib borishga majbur bo‘ladi103.

1095 y. Qilich Arslon I jangda g‘olib chiqib Vizantiya bilan sulh tuzadi va g‘arbiy chegarasida tinchlikni o‘rnatib sharqqa yurib o‘g‘uz beyliklarini birlashtirib saljuqiylar davlatini oldingi chegaralarida qayta tiklamoqchi bo‘ladi.

Bu vaqtga kelib G‘arbiy Osiyoning harbiy-siyosiy vaziyatini o‘zgartirgan voqealar sodir bo‘ladi. Kichik Osiyoda barcha yerlaridan mahrum bo‘lgan Vizantiya imperatori Aleksey Komnin papa Urban IIdan harbiy madad so‘rab murojaat qiladi.

Tarixda yevropaliklarning Vizantiyaga yordami “salib yurishlari” nomi bilan kirgan104.

“Salibchilar” atamasi salib yurishi ishtirokchilari o‘z kiyimlariga salib (xoch, krest) tikib olishgani uchun paydo bo‘lgan. Yurish qatnashchilari gunohlardan poklanadi deb hisoblangani uchun yurishda nafaqat risarlar, balki oddiy aholi hattoki bolalar qatnashgan105.

Falastin uzoq davr arab davlatlari hukmi ostida bo‘lib, ular xristianlarga bag‘rikenglik bilan yondoshishgan. Falastindagi xristianlar uchun muqaddas sanalgan maskanlarni ziyorat qilishlariga mone’lik qilishmagan. Saljuqiy turklar esa mutaassibliklari bilan arablardan ajralib turishgan. Endi xristianlar uchun Quddusga borish oldingidek xavfsiz bo‘lmay qoldi. Rim papalari Falastinni saljuqiylardan tortib olishmasa ziyoratgohlariga borish yo‘q darajaga tushib qolishidan xavfsirashdi.

Salib yurishi Rim papasi Urban II tashabbusi bilan Quddus va Falastinni musulmonlardan ozod qilish maqsadida amalga oshirilgan. Dastlab rim papasining murojaati faqat fransuz risarlariga qaratilgan edi, lekin keyinchalik katta masshtabdagi harbiy kampaniyaga aylanib ketdi. Salib yurishi g‘oyasi barcha G‘arbiy Yevropa davlatlarini qamrab oldi.

Salib yurishining sabablaridan biri Vizantiya imperatori Aleksey I ning Rim papasidan yordam so‘rashi edi. Bir necha asr Vizantiya imperiyasi g‘arb xristianlari uchun jangovar musulmonlar hujumlaridan ajratib turadigan bufer zona edi. Biroq 1071 yildagi Mansikert (Malazgird) jangida mag‘lub bo‘lgan Vizantiya imperiyasi Kichik Osiyodagi katta hududidan ajraldi. Mag‘rur Vizantiya imperiyasi muqarrar halokatdan qutulish uchun Rim papasidan yordam so‘rashga majbur bo‘ldi. Birinchi salib yurishidan oldin Anatoliyaning katta qismi islomning sunniylik yo‘nalishidagi Rum saljuqiylari hukmi ostida edi. Xristianlar bilan kurashishga qaraganda saljuqiylarni ichki qo‘zg‘olonlarni bostirish, taxt talashishlar, shialarning isyonlari qattiq tashvishga solardi. Falastinni markaziy hokimiyatdan deyarli mustaqil amirlar boshqarishardi. Misrning katta qismini shia yo‘nalishidagi Fotimiylar sulolasi boshqarardi. Saljuqiylar Fotimiylarning bir qism yerlarini bosib olishdi. Shuning uchun Aleksey Komnin salibchilarga Fotimiylar bilan ittifoq tuzishga maslahat berdi. 1076 yili saljuqiylar Quddusni bosib olishgan bo‘lsa ham 1098 yil Fotimiylar shaharni qaytarib olishdi. Fotimiy shialar salibchilarni dahshatli dushmanlaridan qutqaruvchi xaloskor qiyofasida tasavvur qilishardi. Lekin ularning xomxayollari qimmatga tushdi106.

O‘sha davrda Yaqin Sharqdagi musulmon davlatlari taxminan bir vaqtda o‘z rahbarlarini yo‘qotib qo‘yishdi. 1092 yili Saljuqiy sulton Malikshoh, vazir Nizom ul-Mulk, 1094 yili Bag‘dodda al-Muqtadiy va fotimiy al-Mustansir vafot etdi. Bu voqealardan so‘ng Misrda taxt uchun kurash, Saljuqiylar davlatida ayirmachilik harakatlari, Suriyada o‘zaro urushuvchi mayda davlatlar vujudga keldi.

Yurish boshlangach Vizantiyaga yordam berish ikkinchi darajali masala bo‘lib qoldi. Urban salibchilar tomonidan istilo qilinajak o‘lkalar aholisini qatl etishlari va talashlariga ruxsat berdi. Uning fikricha qurbonlar dinsizlar hisoblanardi.

Ispaniyadagi Rekonkista harakati, Sisiliyaning normanlar tomonidan bosib olinishi va Shimoliy Afrika qirg‘oqlariga bosqin uyushtirishlari G‘arbiy Yevropaning XI asrdagi tashqi siyosatini belgilab berardi. Birinchi bo‘lib Quddusni turklardan tortib olish g‘oyasini Rim papasi Grigoriy VII boshladi va yurishni o‘zi boshqarishni xohlardi. Uning chaqiruviga 50 mingga yaqin kishi quloq osdi. Lekin Germaniya imperatori bilan kurash papaning g‘oyalarini amalga oshirishga to‘sqinlik qildi. Grigoriydan keyingi papa Viktor III o‘tmishdoshining g‘oyasini davom ettirib ishtirokchilar gunohini kechishini ma’lum qildi, biroq yurishda uning o‘zi qatnashmasligini ma’lum qildi. Musulmonlarning dengizdan bo‘layotgan bosqinlaridan aziyat chekayotgan Piza, Genuya va Italiyaning boshqa dengizbo‘yi hududlari aholisi flotni jihozlab Afrika sohillariga yurish boshlashdi. Bosqin davomida Tunisning ikkita shahriga o‘t qo‘yildi, lekin bu yurish ommani o‘ziga jalb qila olmadi.

1095 yil martda Urban II Pyachensa soboridagi yig‘inda qatnashdi. Bunda xristianlarga taalluqli masalalar ko‘rilgan bo‘lib, yig‘in so‘ngida salib yurishi uyushtirish haqida gap borgan. O‘sha yili yozda papa Janubiy Fransiyada bo‘ldi. 18 noyabrda esa Klermonda sobor bo‘ldi. Soborda xristianlarga oid barcha masalalar ko‘rib chiqildi, jumladan qirol Fillipning cherkovdan chetlatilishi ham. Oxirida salib yurishini tashkillashtirish masalasi ko‘rib chiqildi. Birinchi salib yurishi 1095 yil 26 noyabr kuni Fransiyaning Klermon shahri soborida Rim papasi Urban II tomonidan e’lon qilindi.

Ommaviy salib yurishiga targ‘ib qilgan kishi bu pikardiyalik tarki dunyo qilgan hech vaqosiz Pyotr Amenskiy bo‘ldi. Patriarxdan ijozat olgach Pyotr Rimga papa Urban II huzuriga yordam so‘rash uchun bordi. Keyin u oyoqyalang, boshyalang bo‘lib bitta kiyim bilan butun Yevropani kezib chiqdi. U o‘zini Golgofada bo‘lganini va mahalliy xristianlarning ahvolini kuzatib bu holatdan qattiq tashvish chekayotganini omma orasida tarqata boshladi. Shuningdek tinglovchilarga Quddusni ozod qilish zarurligini tushuntirardi. Oddiy xalq uning gapdonligiga mahliyo bo‘lib qolib uni avliyo sifatida ko‘ra boshladi. Hattoki uning eshagini junidan qirqib olishni ulkan baxt deb bilishdi. Shunday qilib g‘oya keng omma orasida tarqaldi. Keyinchalik Pyotr Amenskiyning Falastinda umuman bo‘lmagani ma’lum bo‘ldi. Valter Gotshalk nomli kishi esa boshqa hududlarda odam yig‘a boshladi. Qishning oxiriga borib 15 ming kishini to‘play oldi. Avval u Pyotr bilan birgalikda harakat qildi, keyinroq undan ajralib frank, shvab va lotaringiyaliklardan iborat ulkan olomon to‘pladi107.

Birinchi salib yurishining birinchi bosqichi 1096 yilning aprelidan oktyabrigacha davom etadi. Yurish Urban II ning 1096 yil 15 avgustdagi qaroridan bir necha oy avval boshlangan edi. Salib yurishi o‘tkaziladigan yillari Yevropani o‘lat, qahat va ochlik larzaga solgan edi. Buning natijasida ko‘plab kishilar qashshoqlashgan bo‘lib salib yurishida qatnashishni iqtisodiy holatlarini yaxshilashning birdan bir yo‘li deb bilardilar. Bundan tashqari 1095 yildagi Oy tutilishi, meteor yomg‘iri va boshqalarni yurishning muvaffaqiyatli bo‘lishiga bashorat qilishdi. Salib yurishi G‘arbiy Yevropada katta qiziqish uyg‘otib turli xil manbalar bo‘yicha 300 minggacha kishi qatnashgan. Yurishda hattoki ayollar va bolalar ham qatnashgan108.

Valter boshchiligidagi olomonda bor-yo‘g‘i 8 ta ot bor edi. Qolganlar eshaklarda va piyoda edilar.

Ba’zi tarixchilar bu yurishni “oshiqcha tomoqlar”ni yo‘qotish uchun rim-katolik cherkovi tomonidan uyushtirilgan tadbir deb ta’kidlashadi. Konstantinopolgacha yo‘lga chiqqanlarning yarmi ham yetib kelmadi.

Birinchi bo‘lib salibchilarning hujumiga uchragan kishilar himoyalari uchun shahar yepiskoplariga pul to‘lashlariga qaramay yevropalik yahudiylar bo‘lishdi. Yurish aynan shu shaharlardan boshlandi. Mayns shahri yahudiylari salibchilarning bolalarni ham ayamay qirishayotganini ko‘rib ommaviy ravishda o‘z jonlariga qasd qilishdi.

Pyotr Amenskiy izdoshlari Ruan va Kyoln shaharlarida yahudiylarni qatag‘on qilishdi. Shuningdek Reyn bo‘yidagi Trir, Mayns, Shpeyer va Vorms shaharlaridagi yahudiylarni ham talon-taroj qilishdi. “Solomon bar Simeon” solnomasi bo‘yicha, “bir kishi akasini, boshqasi ota-onasini, ota-onalar bolasini o‘ldirardi”. Mahalliy ruhoniylar va mahalliy hukumat vakillarining yahudiylar qirg‘inini to‘xtatishga urinishiga qaramay salibchilar tomonidan minglab yahudiylar o‘ldirildi. O‘z qilmishlarini oqlash maqsadida salibchilar Urban II ning Klermon soborida qilich bilan nafaqat musulmonlarni, balki xristianlardan boshqa dindagi barcha kishilarni qilich bilan bo‘ysundirish haqida so‘zlagan nutqini dalil qilib olishdi. Cherkovning tinch aholini qirg‘in qilmaslik va boshqa dindagilarni yo‘q qilmasdan ularni xristianga aylantirish lozimligi rasman ta’kidlanishiga qaramay, yahudiylarga qarshi tajovuzlar barcha salib yurishlarida kuzatildi. Yevropa yahudiylari salibchilarga qarshi turish uchun o‘zini mudofaa qilish bo‘linmalarini tashkil qilishdi yoki o‘z kvartallarini himoya qilish uchun yollanma qo‘shindan foydalanishdi va katolik cherkovining mahalliy ierarxlari bilan bitim tuzishdi. Shuningdek yahudiylar salibchilarning navbatdagi yurishidan dindoshlarini, hattoki Kichik Osiyo va Shimoliy Afrikadagi musulmonlarni xabardor qilib turishdi. Bundan tashqari mablag‘lar to‘plab salibchilarga qarshi faol kurashayotgan musulmon amirlarining iqtisodiy quvvatini oshirish uchun yuborishdi.

Salib ostida to‘plangan olomon 1096 yili bahorida asosiy harakatga o‘tdi. Ular o‘zlari bilan ta’minot zaxirasi olishmagan edi. Shuning uchun ular tabiiy ehtiyojlarini qondirish uchun yo‘llarida uchragan manzilgohlarni talashdi. Ular Vengriya chegaralariga yaqinlashishganda u yerda ehtiyot chorasini ko‘rib qo‘yishdi. O‘rta asrlarda Yevropadan Falastin ziyoratiga yo‘lga chiqqan ziyoratchilarga bepul ovqat tarqatishardi. Lekin hech vaqosiz salibchilar bunday imtiyozga ega bo‘lishmagani uchun talonchilik bilan kun ko‘rishdan boshqa choralari qolmadi.

Qirol Kaloman qo‘shini bilan chegarada salibchilarni kutardi. Agar salibchilar tartibsizlik chiqarmay tinchgina Vengriyani kesib o‘tishga rozi bo‘lishsa, ularni o‘tkazib qo‘yish va oziq-ovqat bilan ta’minlash majburiyatini oldi. Birinchi bo‘lib yetib kelgan Gotshalk boshchiligidagi olomon graf Emikon Leyningen boshliq guruhning Chexiyada knyaz Bryachislav tomonidan yo‘q qilingani haqida xabar oldi. Buning uchun o‘ch olishni maqsad qilgan Gotshalk guruhi Vengriyada talon-taroj boshladi. Dunay bo‘ylab harakat qilayotgan salibchilarga Nish yaqinida bolgarlar, vengrlar va vizantiyaliklarning birlashgan qo‘shini qaqshatqich zarba berdi. Olomonning taxminan to‘rtdan biri halok bo‘ldi, biroq qolganlar deyarli talofatsiz avgustda Konstantinopolga yetib kelishdi. Keyinroq bu yo‘ldan Pyotr va Valter boshliq olomon o‘tdi. Ular oldingilardan ibrat olib Vengriyadan tartibni buzmay o‘tishdi. Biroq Bolgariya chegarasida ularni dushmanona kutib olishdi. Ular chegara bo‘ylab Vizantiya imperiyasiga kelishdi. Ko‘p yo‘qotishlarga qaramay salibchilar soni 180 ming kishini tashkil qilardi. Aleksey Komnin Pyotrga elchi yuborib tartibni saqlagan holda Konstantinopolga tezda kelishsa barcha zarur narsalar bilan ta’minlashini bildirdi. Haqiqatan ham salibchilar belgilangan joylarda oziq-ovqatlar bilan ta’minlanishdi, o‘sha yer aholisi ularga yaxshi munosabatda bo‘ldi. Pyotr faqat Adrianopolda ikki kun to‘xtab 1096 yil 1 avgust kuni Konstantinopolga yetib keldi. Bu yerda unga Valterning qolgan-qutgan guruhi birlashdi. Imperator ularga belgilangan joyda risarlarni kutishni, bu holatda turklarni yengib bo‘lmasligini tushuntirdi. U Pyotr bilan suhbatlashgach uning bir xayolparast ekanligini tezda payqadi va unga sovg‘alar berib qo‘shiniga shaharda zo‘ravonlik qilmasliklarini buyurishini maslahat berdi. Salibchilar shahar ko‘chalarida yurib ajoyibotlardan ko‘zlari o‘ynab ketdi. Ularning sotib oladigan pullari bo‘lmagani uchun kuch ishlatib tortib olishga harakat qilishdi. Shuningdek o‘t qo‘yishlarni, xavfsizlik xodimlari bilan janjallar uyushtirishdi. Salibchilar nazarida, ular xristianlar dushmanlariga qarshi kurashdan kuch bilan ushlab qolingan edilar. Vizantiya imperatori salibchilardan tezroq qutulish uchun ularni Bosfor orqali Kichik Osiyoga o‘tkazib qo‘ydi.

Salibchilar Nikeyadan shimoliy-g‘arbdagi Yelenopolga o‘rnashishdi. Bu yer saljuqiylarga qarashli bo‘lib, salibchilar ehtiyot choralarini ko‘rishlari talab qilinardi. Lekin o‘zboshimcha olomon Pyotrning buyrug‘iga itoat qilmay atrofdagi manzilgohlarni talashga o‘tdi. Bir guruh salibchilar Nikeya yaqinida turk bo‘linmalarini mag‘lub etdi. Pyotr bular bilan biror natijaga erishishga ko‘zi yetmay risarlarni kutish uchun Konstantinopolga qaytib ketdi. Oradan ko‘p o‘tmay salibchilar halokatga uchrashdi. Reno de Brey boshliq katta guruh Saljuqiylar davlati poytaxti Nikeyaga yurish boshlab yo‘ldagi oz sonli turk garnizonini yengib Kserigordon qal’asini bosib oldi. Lekin sulton Qilich Arslon qal’ani suv bilan ta’minlaydigan manbalaridan mahrum qilgach, qal’ani topshirishga to‘g‘ri keldi. Keyin sulton salibchilar lageriga josuslarni yuborib Nikeya egallangani haqida ma’lumot tarqatishni buyurdi. Yelenopoldagi salibchilar lagerida Nikeya turklardan tortib olingani haqida yolg‘on xabar tarqaldi. O‘ljalardan quruq qolmaslik uchun barcha Nikeyaga shoshildi. Salibchilar hiylaga uchib 21 oktabr kuni turklar tomonidan Nikeya va Drakon manzilgohlari orasidagi tor vodiyga qo‘yilgan qopqonga tushib qolishdi. Taxminan 25 oktabr kuni salibchilar batamom tor-mor etildilar. Ulkan olomondan faqat 30 ming kishi qutulib qolgan bo‘lib ular Bosfor orqali grek qayiqlarida Vizantiya imperiyasi hududiga bir amallab qochib o‘tishdi109.

1101 yildagi salibchilarning yurishi halokatga uchragach Suriyaga o‘rnashib olgan salibchilar qo‘shni musulmon davlatlariga qarshi kurashishga majbur bo‘lishdi. Bundan tashqari salibchilar 1099 yil bahoridan greklar bilan dengizbo‘yi shaharlari ustidan hukmronlik qilish uchun kurash boshlashgandi. Nihoyat, salibchilar orasida o‘zaro kurash boshlandi. Yaqinda tashkil etilgan tamplier va gospitaler risarlari Quddus qirolligini qo‘llab-quvvatlashardi110.

1103 yili Qilich Arslon I Marash shahrigacha yurish qilib Antioxiya salibchilariga qarshi yurishga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Biroq bu maqsadi amalga oshmadi. Salibchilarga qarshi ittifoqchilar bo‘lmish Qilich Arslon va Kumushtegin Donishmand orasidagi munosabatlar taranglashib keyin ochiq adovatga aylandi. Buning sababi Kumushtegin Donishmandni salibchilar bilan o‘z ixtiyori bilan Qilich Arslonni ogohlantirmasdan muzokaralar olib borishi bo‘ldi. Ulardan 100 ming dinor olib u Boemundni asirlikdan ozod qiladi. Bundan tashqari Donishmand qo‘shini Qilich Arslon maqsad qilib uni amalga oshirmagan Malatyani bosib oladi.

Qilich Arslon I buni ochiq dushmanlik sifatida baholab 1103 yili Donishmandiylarni mag‘lub qiladi. 1105 yil iyunida u Malatyani qamal qilib, sentabr oyida Yog‘isiyon Donishmand g‘oziy o‘g‘lini taslim qildi. Shu yili Qilich Arslon II butun Sharqiy Anatoliyani o‘z davlatiga qo‘shib oladi.

1106 yili salibchilar birinchi marta Vizantiya davlatiga barham bermoqchi bo‘lishdi. Yevropalik risarlar Aleksey Komninga bergan qasamlarini unutib Vizantiyaning sobiq hududlarini o‘zlashtira boshladilar.

Salibchilarning rahnamolari imperator qarshiligi va uning noroziligiga qaramasdilar. Endi Aleksey Komnin o‘z hududlarini nafaqat saljuqiylar balki nasroniy risarlardan ham himoya qilishi lozim bo‘ldi.

1104 y. Boemund Torentskiy Vizantiya davlatiga qarshi harbiy yurish tashkil etish uchun Yevropaga yo‘l oladi. 1105 yili sentabr oyida u Rimga kelib papa Pasxaliy II bilan uchrashadi. Boemund papaning Vizantiyaga qarshi harbiy amaliyotlarni boshlash uchun roziligini olishda katoliklar va pravoslavlarning o‘zaro qarama-qarshiliklaridan foydalandi va Aleksey Komninning salibchilarga qarshi musulmonlardan ham foydalanishda aybladi111.

Boemund papaning roziligini olib 1106 yili bahorida Parijga kelib Fransiya qiroli bilan, mart oyida Angliya qiroli Genrix I bilan uchrashdi va avgust oyida Italiyaga kelib yurishga tayyorlana boshladi.

Anna Komnina yozganidek: “Boemund Vizantiya taxtini zabt qilish uchun eng kuchli qo‘shin jamladi112.

Bu rejalardan xabar topgan Aleksey Komnin Konstantinopoldan chiqib Fessalonikiga yurish qildi. 1106 yili oktabr oyining boshlarida Boemund floti Andriatik dengizidan o‘tib Avlon portida salibchilarni Ellada sohillariga tushiradi. Boemund Bolqon yarimoroliga kalit bo‘lgan Dirraxiy shahrini qamal qiladi. Aleksey Komnin ochiq jangga kirishmay Boemund qo‘shinini o‘rab olib ularni oziq-ovqatdan mahrum etadi. Salibchilar oxiri elchilar yuborib sulh so‘rab Komninga murojaat qilishadi. Dekabr oyi 1108 yili Avlonda Boemund Vizantiya imperatori bilan sulh tuzadi. Sulh mazmunini Anna Komnina o‘z asarida keltirgan. Sulh shartlariga ko‘ra Boemund o‘zini yana Aleksey Komnin va uning o‘g‘li Ioanning xizmatkori va vasaliga aylanib, Vizantiya hududlaridagi barcha yerlaridan voz kechadi, bundan tashqari u o‘z jiyani Tankred bilan agarda u Vizantiya shaharlarini ozod etmasa murosasiz kurash olib borish majburiyatini oladi. Buning evaziga Boemund Aleksey Komnindan “sharqiy viloyatlar”dan unga yerlar berishni so‘raydi. Shartnomada qayd etilishicha Boemund vafotidan keyin taqdim etilgan bu yerlar imperiya ixtiyoriga o‘tishi kerak edi113.

Avlon shartnomasi aslida Boemundning mag‘lubiyatini ko‘rsatsa ham uning biror sharti bajarilmadi. Yarim yildan so‘ng Boemund vafot etadi, uning jiyani Tankred esa sulh shartnomlarini tan olmadi114.

Shu vaqtda Buyuk saljuqiylar saltanatining taxtiga chiqqan Muhammad Tapar ichki siyosiy vaziyatni tartibga keltirmoqchi bo‘lib o‘z hokimiyatini kuchaytirishga kirishadi.

Vaziyatdan foydalangan Qilich Arslon 1107 yili mart oyida saltanat hududlariga bostirib kirib Mosulni zabt etadi. Shahar ma’muriyatini o‘zgartirib o‘g‘li Mas’udni unga hokim etib tayinladi. Mosul Jome masjidlarida Qilich Arslon nomiga xutba o‘qila boshlandi.

Bunga javoban Muhammad Tapar Mosulga lashkar yuboradi. Muhammad Taparning qo‘shini shaharga yaqinlashganida Sharqiy Anataoliyadagi beylar Qilich Arslon itoatidan chiqib o‘z qo‘shinlari bilan uning dushmani tomoniga o‘tadilar. 14 iyun 1107 yili bo‘lgan jangda Qilich Arslon lashkari mag‘lub bo‘lib o‘zi halok bo‘ladi. Buyuk saljuqiylar davlati bu yerda ham tiklandi, Qilich Arslonning o‘g‘li qo‘lga olinib Muhammad Tapar saroyiga yuborildi.

Mag‘lubiyat va Qilich Arslon I halokatidan so‘ng Kichik Osiyodagi turkiy saljuqlarning davlati yana barham topdi. Bundan vizantiyaliklar va salibchilar foydalanib saljuqiylar bosib olgan yerlarni janubiy-sharqdagi Jeyhangacha zabt etdilar. 1110 yili Qilich Arslon I ning o‘g‘li Shohinshoh asirlikdan qochib Konyaga keladi.

Shohinshoh I (1110-1116 yy.) o‘z otasining taxtini zabt etib Kichik Osiyodagi saljuqiylar davlatining uchinchi sultoni sifatida tarixda qoladi. Uningg davri haqida ma’lumotlar juda ham kam. U muttasil vizantiyaliklarga qarshi kurash olib borgani aniq.

1116 y. imperator Aleksey Komnin Shohinshoh lashkarini mag‘lub etib uni sulh shartnomasiga imzo qo‘yishga majburladi. Shartnomaga binoan saljuqlar Kichik Osiyoni tark etishlari lozim edi. Anna Komnina ma’lumotiga qaraganda imperator sulton Shohinshoh bilan uchrashib unga Vizantiya imperatori vassalligini taklif qilib, ularga Roman Diogen taxtga chiqmasdan Malazgird jangida mag‘lub bo‘lganidan oldin yashayotgan hududlarga borib yashashlarini aytgan115.

Ertasi shartnoma imzolandi va Aleksey Komnin Shohinshoh va uning yaqinlarini zo‘r taqdirladi. Biroq bitim kuchga kirmadi. Mazkur voqealardan bir necha kun o‘tgach Shohinshoh ukasi Mas’ud tomonidan taxtdan tushirildi va uning amri bilan qatl etildi.

Mas’ud I (1116-1155 yy.) taxtda 39 yil o‘tiradi. Uzoq yillar u Donishmandiylar davlati bilan kurash olib bordi. 1130 yilga kelib bu davlatning chegaralari sharqda Furotdan g‘arbdagi Sakaryagacha cho‘zilgan edi. Danishmandiylar qo‘llarida Malatiya, Sivas, Qaysariya va Anqarani ushlardilar. Ular muvaffaqiyat bilan sharqda salibchilar va armanlar, g‘arbda vizantiyaliklar bilan kurash olib borganlar. 1034 y. Bag‘dod xalifi islom olamida Muhammad Donishmand xizmatlarini taqdirlab Anatoliyadagi eng qudratli hukmdor deb “malik” unvonini beradi.

1143 y. malik Muhammad Donishmand o‘z davlatining poytaxti Qaysariyada vafot etadi. Uning o‘g‘illari orasida taxt uchun kurash boshalanadi va davlat uchta mustaqil beylikka bo‘linib ketadi116.

Donishmandiylar zaiflashganlaridan foydalangan Mas’ud I 1144 y. Jayhon viloyatini ma’muriy markazi Elbiston bilan birga bosib oladi. So‘ngra Mas’ud g‘arb tarafga lashkar tortib vizantiyaliklarga zarba berib Denizli shahrini zabt etadi.

Mas’ud qo‘shinlari shimoliy-g‘arbda Eskishahargacha harakat qilib, 1146 yili Nikeyaga yaqinlashdilar. Mas’ud I ning harbiy zafarlari Vizantiya imperatori Manuel Komnin (1143-1180 yy.)ni unga qarshi Konstantinopoldan chiqishiga majbur qildi. U Frakiya shaharlari va Menderes vodiysini saljuqlardan ozod qilishga erishadi. Manuel Komnin saljuqiylarga Filomelion (Aqshahar) ostonasida qattiq zarba beradi.

Vizantiya qo‘shini saljuqiylarni ta’qib qilib Aqshaharga kiradilar. Komnin ularning poytaxti Konya sari yurdi va uning devorlari ostida qattiq jang bo‘ladi. Vizantiya qo‘shini 20 ming askarlaridan ayrildi. Imperator Konstantinopolga qaytib shu yurish davomida qo‘lga kiritilgan barcha yutuqlaridan mahrum bo‘ladi.

1147 yilga kelib sulton Mas’ud I o‘zining davlati chegaralarini kengaytirib uni mustahkamlashga erishdi.

1147 yil yozida Sisiliya qiroli Rojer II Vizantiyaga qarshi harakat qilib Kefaloniya, Korfa orollarini egallab Korinf va Fivani taladi. Buning uchun Rojer Misr sultoni bilan ittifoq tuzdi.

1147 yil 10 sentyabrda nemis risarlari Konstantinopolga yetib kelishdi. 1147 yilning oxirida Fransuzlar Konstantinopolga yetib kelishdi.

Shu vaqtda Vizantiya imperatori Saljuqiylar bilan sulh tuzdi, imperator turklarni dushman deb bilmasligini va yurishda g‘arbliklar ishtirok etayotganini tushuntirgandi117. Oldinroq Sisiliya humdori Rojer Misr sultoni bilan sulh tuzgandi. Vizantiya imperatori Manuel tartibsizlik chiqishidan xavotirlanib nemis calibchilarni Bosforga shoshilinch o‘tkazib qo‘ydi. Ular Nikeyada to‘xtab dam olishdi. Nemis calibchilari rahbari Konrad birinchi calib yurishi qatnashchilari yurgan Doriley, Konya va Gerakley orqali yurishni ma’qul ko‘rdi.

1147 yil 26 oktyabrda Doriley yaqinidagi Kappadokiyada bo‘lgan jangda calibchilar batamom tor-mor etildi. Turklar jangda odatdagidek taktika qo‘llab chekinishdi va quvish asnosida asosiy qo‘shindan ajralib qolgan otliqlarni yengishdi, so‘ng qolganlarni tor-mor etishdi. Konrad Nikeyaga qaytib fransuzlarni kuta boshladi. Nemislar og‘ir mag‘lubiyaga uchragan paytda Lyudovik VII Konstantinopolga yetib kelgandi. Kutilganidek fransuzlar va vizantiyaliklar o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi. Fransuzlar orasida nemislar mislsiz g‘alabalarga erishayotgani haqida xabarlar tarqala boshladi. Fransuzlar “xayrli” ishdan ortda qolmaslik uchun Bosfordan tezroq o‘tkazib qo‘yishlarini talab qila boshlashdi. Fransuzlar Nikeyaga kelishgach haqiqiy ahvol bilan tanishishdi. Shundan so‘ng Lyudovik va Konrad birlashib harakat qilishga kelishib olishdi. Nikeyadan Dorileyaga boriladigan yo‘l urush asoratlari (calibchilarning jasadlari) bilan qoplangani uchun qirollar qo‘shinga bu manzarani ko‘rishga imkon bermay Adramitiy, Pergam va Smirna orqali yurishdi. Ularning rejasi bo‘yicha bu yo‘lda qarshilikka uchramasliklari kerak edi. Lekin taxminlar o‘zini oqlamadi. Yo‘l davomida turklarning hujumlariga uchrab turishdi. 1148 yil yanvarda Laodekiyadan janubdagi tog‘ yo‘li bo‘ylab yurayotgan fransuz qo‘shini Xonada saljuqiylardan mag‘lub bo‘ldi. Yurish juda sekin davom etib calibchilar yo‘lda ko‘p kishilaridan ayrilishdi118.

1148 yil boshlarida qirollar Efesga ayanchli qo‘shinlari bilan yetib kelishdi. Vizantiyaliklar ularni Bosfordan o‘tkazishayotganda qo‘shin sonini 90 minggacha chamalashgandi. Efesda Vizantiya imperatori qirollarni Konstantinopolda dam olishga taklif etdi. Konrad qolgan qo‘shini bilan dengiz orqali Konstantinopolga jo‘nadi.

Fransuz calibchilari Pamfiliyadagi Vizantiyaning port shahri Antaliyaga kelib u yerdan grek kemalarida Antioxiyaga jo‘nadi. Lyudovik qiyinchilik bilan Antaliya shahriga yetib olgach Vizantiya hukumatidan kema so‘radi va 1148 yil 19 martda Antioxiyaga yetib keldi. Fransuzlarni Antioxiya knyazi Raymund quvonch bilan kutib oldi.

Konrad 1148 yil bahorda Konstantinopoldan Quddusga qarab yurdi. Quddus qiroli uni yaxshi kutib oldi va 50 ming kishilik qo‘shinga bosh bo‘lib Damashqqa yurish qilishga ko‘ndirdi. O‘sha paytda musulmonlarning asosiy qo‘shini Damashqda emas, balki Mosulda edi. Quddusda buni e’tiborga olishmadi. Konrad boshliq 50 ming kishilik qo‘shin Damashqqa qarab yurdi. Bundan xabar topgan Damashq amiri Mosul amiri Nuriddin bilan calibchilarga qarshi ittifoq tuzdi.

Damashq juda kuchli qal’a bo‘lib qattiq himoya qilinardi. Calibchilar Damashqqa yetib kelib qamalni boshlashdi. Biroq quddusliklar calibchilar qamal qilgan tomondan shaharni olib bo‘lmasligi va qal’ani narigi tomondan qamal qilishga maslahat berishdi. Calibchilar maqsadsiz qamalni davom ettirish bilan birga Mosuldan yetib kelgan Sayfiddinning va Halabdan uning akasi Nuriddining qo‘shini bilan ham to‘qnashishdi. Konrad 28 iyulda Quddusga chekindi. Ular omadsizlikka uchrashgach Antioxiyaga borib fransuzlar bilan birlashishga ham xohishlari qolmadi. 1148 yil kuzda Konrad Vizantiya kemalarida Konstantinopolga keldi va 1149 yil boshida u yerdan Germaniyaga ketdi.

Lyudovik VII kelajakdagi rejalari bo‘yicha a’yonlari bilan maslahatlashdi. Bir guruh unga Fransiyaga qaytmasdan Yevropadan keladigan madad kuchlarini kutishni maslahat berdi. Boshqa guruh Konrad kabi qaytib ketishni maslahat berdi, Lyudovik ularning maslahatini qabul qilib 1149 yil boshida norman kemalarida Janubiy Italiyaga ketdi. U yerda norman qirollari bilan uchrashgach 1149 yil kuzda Fransiyaga yetib keldi.

Boshda juda katta natija kutilgan yurish natijasiz tugadi. Yurishning muvaffaqiyatsizlikka uchrashi musulmonlarda calibchilar davlatini tugatishga umid uyg‘otdi. Nemislarning omadsizligini fransuzlar masxara qilishdi. Bu keyingi calib yurishlarida nemis va fransuzlarning birlashib harakat qilmasliklariga asosiy sabab bo‘ldi.

Mas’ud I ning salibchilar ustidan qo‘lga kiritilgan g‘alabalari unga islom olamida katta shuhrat keltirdi. Bag‘dod xalifasi unga uch marta tug‘ va sultonlikning boshqa nishonlarini yubordi.

1149 yili Mas’ud I o‘zi o‘g‘li va taxti vorisi Qilich Arslon bilan sharqda joylashgan franklarga qarshi yurish boshladi. Shu yili u Marashni qamal qilib u yerdagi salibchilarga Antioxiyaga borishlariga ijozat berdi.

1150 y. u salibchilar qo‘lidan Gyoksun, Bexis, Goynuq, Ayntab, Dulu va Rabanni tortib olib o‘g‘li Qilich Arslonga beradi.

1152 y. Mas’ud I Donishmandiylarni uning hukumatini tan olishlariga majbur qiladi va ularning hududlarini o‘z davlati tarkibiga kiritadi.

Sulton Mas’ud I G‘arbiy Osiyodagi saljuqiylar davlatini tuzishda buyuk xizmat ko‘rsatgan sulton bo‘ladi. O‘z otasidan Konya poytaxti bo‘lgan bir beylikni meros qilib olgan Mas’ud umrining oxirida Kichik Osiyo yarimorolining katta qismiga egalik qildi.

Mas’ud I davrida saljuqiylar davlatida pul zarb etish boshlanadi. Salibchilar va vizantiyaliklar ustidan g‘alabalarga erishgan Mas’ud I mintaqadagi eng qudratli hukmdorga aylandi. Mas’ud I davrida Manuel Komnin bilan bitim imzolandi va uning shartlariga ko‘ra Vizantiya saljuqiylarga har yili o‘lpon to‘lgan.


Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish