O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti turkiya tarixi


Usmoniylar davlatining tashkil topishi



Download 2,62 Mb.
bet19/80
Sana31.12.2021
Hajmi2,62 Mb.
#230433
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   80
Bog'liq
Turkiya tarixi

Usmoniylar davlatining tashkil topishi
Ko‘p yillar davomida Usmoniylarning paydo bo‘lishi va ularning XIV asr oxirigacha bo‘lgan tarixi kam o‘rganilgan. Tarix yaqin davrlargacha faqatgina dushmanlik ruhida bo‘lgan grek manbalaridan yoki keyinchalik Usmoniy sultonlarni maqtab yozadigan turk tarixchilari asarlaridan o‘rganilgan. Usmoniylar va Yevropa arxivlaridan olingan yangi xujjatlar va ularning tanqidiy analizi Usmoniylarning kelib chiqishini tushunishga yordam beradi.

Biz bilamizki, Usmoniylar kelib chiqqan qabila o‘g‘uzlar ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi qabilalar bo‘lib, yozda tog‘larga ketar edi. Shaharlardan uzoqlarda chodirlarda yashovchi qabilalar O‘rta Osiyodan kelgan Saljuqiylardan yoki XIII asr birinchi yarmida mo‘g‘ullar tomonidan g‘arbga keltirilgan turkiy qabilalardan kelib chiqqan. Anatolidagi qabilalarning ilk boshliqlari haqidagi ma’lumotlar juda kam. Ular haqida faqatgina afsona va tarixiy uydurmalar qolgan. Ishonchli dalillar shuni ko‘rsatadiki, Usmoniylar sulolasi nomiga Erto‘g‘rul asos solgan. Bu haqda Erto‘g‘rulning o‘g‘li Usmon nomidan zarb etilgan tangalardagi yozuvlar guvohlik beradi. Afsonaga e’tibor beramiz.



Afsona

Usmoniylarning kelib chiqishi haqida turli taxminlar mavjud. Ko‘plab yilnomalarda kichik farqlar bilan uchraydi.

Erto‘g‘rul qachondir otasi Sulaymon shoh va ikki akasi, Sunqur Tegin va Kuntug‘dilar bilan Kichik Osiyoga borishadi. Ular u yerda ko‘p yillar qolib ketadi va keyin ortga qaytishadi. Erto‘g‘rulning o‘zi Anatolida to‘rt yuz shatr bilan qoladi. U o‘zining uch o‘g‘lidan biri Sari Yatini Ko‘nyadagi saljuqiylar sultoni Alouddinning oldiga ular uchun yer ajratishini so‘rab yuboradi. Taxminan 1260 yilda Alouddin Sakarya daryosi bo‘yidagi Soyyutda joy ajratadi va Vizantiyadan himoya qilishni tayinlaydi. 1280 yil Erto‘g‘rulning o‘limidan so‘ng uning o‘g‘li Usmon beklik boshiga keladi va tezda greklarga qarshi boradi.

Haqiqat

Usmoniylar yilnomalarida bu tarix siyosiy maqsadlarda o‘ylab topilgani aytiladi. XIV asr boshlaridagi turk va vizantiya manbalarini qiyosiy o‘rganish orqali quyidagi dalillarni aniqlash mumkin.

XIII asrda turk qabilalari mo‘g‘ullar zulmidan qutilish uchun G‘arbga qochishadi. Anatoliya yassi tog‘liklarining tub aholisi ularni siqib chiqaradi, ular Ko‘nyadagi saljuqiylar sultonligi g‘arbiy chegarasida to‘planishadi.

Yangi yaylovlarni qidirib turk qabilalari chegara hududlarida o‘rnashib olishadi. Yaqinda joylashagan Vizantiya markazlari ularga mahsulotlarini sotish va zahiralarini to‘ldirishga yordam beradi.

Sangarios (hozirgi Sakarya) daryosi qal’alar bilan mustahkamlangan hudud bo‘lib Vizantiya va turk bekligi o‘rtasidagi chegara hisoblanardi.

Boshlanishida turklar va Vizantiyaliklar jiddiy to‘qnashuvlarsiz yashaganlar. Chegaralar o‘tib bo‘larli, musulmonlar va xristianlar bozorlarda bir-birlari bilan aloqalarni mustaxkamlab yashar edilar. Aloqalarning rivojlanishiga Vizantiyada yashovchi xristianlikni qabul qilagan turklar o‘z hissalarini qo‘shdilar.

Lekin o‘zaro ishonch rishtalari va tinch hayot bir kun nihoyasiga yetishi kerak edi. To‘qnashuvlardan to‘qnashuvlarga turklarning o‘z kuchiga ishonchi ortib bordi. Usmon boylik orttirishga o‘ch bo‘lgan, sarguzasht izlovchi va urushlarga tayyor bo‘lgan jangchilarni yig‘di. Qonunshunoslar va “ziyolilar” Anatoliyani tashlab unga yangi davlat qo‘rishda yordam berish uchun kelishardi. Usmon bu insonlar jamoasini kerakli oqim bo‘yicha harakatlantira oladi va ularni o‘z bayrog‘i ostida birlashtiradi. 1302 yil 27 iyulda Usmon Nikomediyada (Izmit) vizantiyaliklar bilan bo‘lgan jangda g‘alaba qozonadi. Shundan so‘ng Usmon Anatoliyaning shimoliy-g‘arbida beklikning boshiga keldi. U vizantiyaliklarga qarshi tura oldi va kuchli bo‘lgan Germiyon, Karaman, Jondor, Saruxan, Teke va Mentesha kabi qo‘shni turkman bekliklari bilan kurash olib bordi.

XIII asr oxirigacha Usmon Vizantiyaning Vifiniya viloyatining sharqiy qismida nazorat o‘rnatdi. 1317 yil Usmon (1326 yil vafot etgan) qo‘shin boshqaruvni o‘z o‘g‘li O‘rxonga qoldiradi va Sakarya daryosi vodiysini kechib o‘tib Brusa (Bursa) ostonalarini himoya qiladigan mudofaa inshoatlarini egallaydi. Oqibatda 1326 yilda Bursa shahri taslim bo‘ladi va shu paytda sharqdagi Bolu shahri ham taslim bo‘ladi.

1326 yildan 1365 yilgacha Brusa (Bursa) Usmoniylar davlatining poytaxti bo‘ladi.

O‘rxonning xizmatlari shundan iboratki u haqiqatdan Usmoniylar davlatiga asos soldi. U ichki boshqaruv o‘rnatdi: 1327 yildan Usmoniylar tangasi bosila boshlandi, tanganing bosilishi mustaqillikni anglatar edi, haqiqiy armiyaga asos solinishi va uning asosiy qismini yanicharlar-professional askarlardan tashkil topgan sara qism tashkil qilar edi, undan tashqari kavaleriya qayta tashkil etildi. Bunday Usmon armiyasida “kofirlar dunyosini” egallash kabi diniy mafkuraviy g‘oyalarni ko‘rmaslik mumkin emas edi. Bursadagi Shahodat masjididagi yozuvga asosan O‘rxon “Sulton-g‘olib, iymon uchun kurashchi” unvonini olgan. Lekin u ortodoksal islomni emas balki ko‘plab turkiy qabilaviy urf-odatlarni o‘zida ifoda etuvchi Alaviylik va o‘n ikki imomni e’zozlovchi oqimga xayrihoh edi.

O‘rxon va uning valiaxdi Murod I (1362-1389) Vizantiyaga qarshi doimiy va yengilmas urushlar olib bordi: Bursadan so‘ng ular Nikeyani/Iznik (1331) va Nikomediyani/Izmit (1337) egallab olishdi. 1354 yil Usmoniylar Dardanelni kechib o‘tib, bir necha yil dovomida Gallipolini (1354), Adrianopol/Edernani (1362-1371) egallashdi va bu yerlar asrlar davomida ularning Yevropadagi tayanchi bo‘ldi. Serblar va bolgarlar ustidan qozonilgan ko‘plab g‘alabalar, jumladan, Marisa (1371) yaqinidagi va Kosovo maydonidagi (1389) g‘alabalar natijasida Bolqonning katta qismini egallashdi. Keyingi muvafaqqiyatli yurishlardan so‘ng Makedoniya, Bolgariya va Serbiya ham qo‘lga kiritildi. Yevropadagi har bir urushda bosqinchilik birinchi o‘rinda turar edi. Ko‘p xolatlarda bu tinchlik bilan amalga oshirilar va ularning davlati asosini mustahkamlar edi.

1389 yil to‘rtinchi usmoniy hukmdor, Yildirim (“Yashin”, “Chaqmoq”) nomini olgan Bayazid I Yevropa va Osiyodagi juda katta hududni meros qilib oldi. Juda katta maqsadlarni o‘z oldiga qo‘ygan sulton o‘z davlati hududlarini kengaytirishni xohlar edi. Boshlanishiga u o‘z e’tiborini sharqqa qaratdi va birin ketin barcha turk yerlarini (Saruxan, Oydin, Menteshe, Hamid, Karaman, Germiyon va Sivas) egallab, butun Anatoliyani o‘ziga bo‘ysundirdi. Nikopolisda (1369 yil 25 sentabrda)gi Balqonni ozod qilishga kelgan salbchilar ustidan qozonilgan g‘alaba uning o‘ziga bo‘lgan ishonchni orttirdi. Lekin u Temur bilan bo‘lgan Anqara jangida (1402 yil 20 iyul) yengiladi va asrga tushadi. Hududlari bo‘linib ketgan Usmoniylar davlati Bayazidning to‘rt o‘g‘li o‘rtasida taxt uchun kurash maydoniga aylanadi. Faqatgina 1413 yil Mexmed I o‘z aka-ukalari ustidan g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lgach, u va uning avlodlari ko‘plab qo‘zg‘alon va isyonlarni bostirishiga to‘g‘ri keladi.

Mexmed I ning yeng muhim maqsadi davlatni tiklash va birlashtirish edi. Uning o‘g‘li Murod II hududiy bosqinchilik yo‘lidan borib Venesiya, Vengriya kabi Bolqondagi Usmoniylarning dushmanlari ustidan muhim g‘alabalarni qo‘lga kiritdi. Yevropada Usmoniylar Frakiya, Makedoniya, Fessaliya, Dobruja, Bolgariya va Serbiyaning bir qismini nazorat qilar edi. Vizantiya Konstantinopolning chegaralari va uning atrofigacha, shuningdek Moriyagacha qisib qo‘yilgan edi. Anatoliyada Smirna (Izmir), Sinop va Trapezundgina (Trabzon) Usmoniylarga bo‘ysunmas edi.

1451 yil Mexmed II o‘z otasi Murod II dan taxtni qabul qilib olganda imperiya oldingiday ikkiga bo‘lingan edi. Qadimiy musulmonlar yerlari – Anatoliya Yaqin Sharq Islom sivilizatsiyasining bir qismiga aylangan edi. Yaqindagina qo‘lga kiritilgan Rumeliya avvalgi taassurotlari va chegara hududi aholisi urf-odatlari, shuningdek eklektik din va qalandarlik afsonalari bilan yashar edi. Ularning orasida Bursadagi eski poytaxt va Edernadagi yangi poytaxt ko‘prik vazifasini o‘tashi kerak edi. 1453 yil 29 mayda sultonning taxtga kelishidan ikki yil o‘tib, qamalning boshlanganiga 7 xafta bo‘lganida, yanicharlar Konstantinopolning qal’a devorlarini shturm qilishga kirishdi. Ko‘plab shaharliklar jang maydonida xalok bo‘lishdi. Muqaddas Sofiya ibodatxonasi gumbaziga Usmoniylar bayrog‘i o‘rnatildi. Xristian Yevropasida bu voqea katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.

Usmoniylar imperiyasining gullab-yashnashi Mexmed II ning hukmronligidan (1451) Sulaymon Qonuniy (1566) hukmronligining oxirgi yillariga to‘g‘ri keladi. 100 yil davomida Usmoniylar imperiyasi butun Bolqon Yevropasi, Markaziy Yevropaning bir qismi, Arab Yaqin Sharqi va Shimoliy Afrika (Marokashdan tashqari) hududlariga tarqaldi. Bu davr intellektual fikrlarning o‘sishi, san’at va badiiy ijodning rivojlanishi, shuningdek ko‘plab sulton masjidlarining barpo etilishi bilan ajralib turadi. Asosiysi shundaki, Sulton barcha savdo yo‘llarini nazorat qilar edi: Hind dengizidan Kaspiy dengizi yoki Fors ko‘rfazi orqali o‘tib, savdo yo‘llari Arab dunyosidan O‘rta Yer dengiziga chiqar edi. Keyin Davlat poytaxti va G‘arbiy Yevropaga yo‘l olar edi. Yevropa shu davrga kelib Keyptaun orqali raqobatchi bo‘lgan savdo yo‘lini ochishga ulgurmagan edi. Savdo imperiyani juda katta resurlar bilan ta’minlar va bu daromad hududiy bosqinchiliklardan keladigan boyliklarga qo‘shilar edi.

Bu davrning buyuk muvafaqqiyati 1453 yil 29 mayda Mexmed II (Fotix) tomonidan Konstantinopolni olinishidir. Bu shaharga egalik qilish sultonga Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi yetishib bo‘lmas bog‘ichni va Vizantiya imperiyasining vorisi maqomini berdi. Shuningdek, diniy jihatdan islomning xristianlar ustidan g‘alabasini anglatar edi. Sulton musulmon dunyosida katta mavqega ega bo‘ldi.

XVI asr boshlarida Usmoniylar imperiyasi hududlari uch yo‘nalish bo‘yicha kengayib bordi:

- sharqda, Usmoniylar armiyasi Salim I Yovuz (1512-1520) fors Safaviylarini Chaldiron kengliklarida (1514 yil 23 avgustda) yengadi: sharqiy Anatoliya va Ozarbayjon Usmoniylar hukmronligi ostiga o‘tadi.

- janubda, Usmoniylar imperiyasining shiddatli janglari oqibatida Misr, Suriya va Arabiston g‘arbida ikki asr hukmronlik qilgan Mamluklar saltanati egallanadi. Keyin o‘zining yangi yerlaridan foydalanib o‘z hukmronligini yoki turli yo‘nalishlar bo‘yicha nazoratini kengaytiradi: g‘arbda Shimoliy Afrikada Morokash chegaralarigacha, janubda Arabiston va Afrikadagi Qizil dengizning ikki qirg‘og‘i bo‘ylab, sharqda Hind dengizi, keyinroq Iroqda va u Fors ko‘rfazida platsdarm vazifasini o‘taydi. Bundan keyin Usmoniylar imperiyasi islomning ikki muqaddas shahri Makka va Madina, islomning yuragi hisoblangan arab davlatlari ustidan ham hukmronlik o‘rnatadi. Bu ularning mavqeini ko‘tarish bilan birga ularga mas’uliyat ham yuklaydi.

- g‘arbda, Sulaymon I Yevropada yangi urush boshlaydi. Uning armiyasi Belgradni (1521 y), Rodosni (1522) keyin Vengriyaning Budosini (1526) yegallaydi, lekin Venada (1529 yil sentabr-oktabr) mag‘lubiyatga uchraydi.

Sulaymon I Qonuniy davrida 1520 yildan 1566 yilgacha Usmoniylar imperiyasi o‘z kuch-qudratining yuqori cho‘qqisiga erishadi. Bir vaqtda san’at, fan va adabiyotning rivojlanishi bo‘yicha Usmoniylar sivilizatsiyasining ham gullagan davri edi. Bu madaniyatda yeng oliy darajada hukmdorni ilm-fan homiysi, himoyachisi va ilhomlantiruvchisi sifatida ko‘rish mumkin.


Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish