O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti turkiya tarixi


III-BOB. USMONIYLAR IMPERIYASI YANGI DAVRDA



Download 2,62 Mb.
bet25/80
Sana31.12.2021
Hajmi2,62 Mb.
#230433
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   80
Bog'liq
Turkiya tarixi

III-BOB. USMONIYLAR IMPERIYASI YANGI DAVRDA
Islom dinining tarixiy taraqqiyotga ta’siri
Har qanday tarixiy hodisaga bo‘lgani singari islom diniga ham ijtimoiy hayotdagi va madaniyatdagi hodisa sifatida qarash lozim. Paydo bo‘lish jarayonida va rivojlanishining dastlabki yillarida islomning tarixiy taraqqiyotga ta’siri progressiv bo‘lgan. Birinchidan, u arab qabilalarining ilgarigi majusiylik dinlarini yagona monoteistik din bilan almashtirdi va bu bilan arablarning xalq bo‘lib shakllanishi uchun imkoniyat yaratdi. Ikkinchidan, arablarning, arab tili va madaniyatining Arabiston yarimoroli chegaralaridan chiqib, keng tarqalishi hamda o‘rta asrlarning yirik davlati – Arab xalifaligining tashkil topishi uchun juda katta rag‘batlantiruvchi kuch bo‘ldi. Madaniyat rivoji nuqtai nazaridan islom bir etnik va diniy makonga – arab-islom jamiyatiga turli mamlakatlar – Shimoliy Afrika va Sharqiy O‘rta Yer dengizi bo‘yidagi Vizantiya provinsiyalari, Eron, O‘rta Osiyo davlatlari, Hindiston, hatto, G‘arbiy Yevropa davlatlarida (masalan, Ispaniya) o‘sha paytda ma’lum bo‘lgan barcha madaniy va ilmiy yutuqlarni mujassamlashtirdi.

Din va siyosatning yaxlitlik prinsipi azaldan islomning hokimiyat to‘g‘risidagi konsepsiyasiga xos bo‘lgan. Shu jihatdan islom boshqa dinlardan keskin farq qiladi. Masalan, xristian mamlakatlarida davlat hokimiyati hech qachon cherkov tashkilotlari bilan qo‘shilib ketmagan. Rim imperiyasida dastlab yangi dinga qarshi, hatto qattiq kurash olib borildi va faqat IV asrdagina xristianlik rasmiy dinga aylandi. Ammo shunda ham davlat va cherkov o‘zlarining alohida hokimiyat tizimlariga ega bo‘lgan hamda ular tepasida imperator va bosh ruhoniy turgan. Keyinchalik ham masalan, Yevropada bu ikki tizim faqat alohida-alohida mavjud bo‘lmasdan, ba’zi hollarda bir-biriga muxolifatda ham bo‘lishgan: Fransiyada kardinallar va qirollar, Rossiyada podsholar va patriarxlar. Umumiy «xristiancha» qoidadan kichkinagina teokratik katolik davlati Vatikan istisno xolos, bu yerda Rim papasi ham diniy, ham dunyoviy hokimiyatning boshlig‘i hisoblanadi.

Arab xalifaligida, Usmoniylar imperiyasida, boshqa musulmon davlatlarida butunlay boshqacha holat edi. Islom bu yerda faqat din emasdi, u musulmonlarning hayotiga to‘liq kirib borgan, inson faoliyatining mafkuraviy, huquqiy-siyosiy, ma’muriy, qidiruv-jazo, harbiy, sud va maishiy sohalarini to‘liq qamrab olgan edi. Musulmonlarda faqat diniy tashkilot va odatlargina bir xil emasdi. Qonunchilik, sud va jazo tizimi, armiya, maktab – bularning hammasi islom prinsiplari asosida faoliyat yuritardi. Chunki islom boshqa dinlardan farqli o‘laroq, paydo bo‘lgan paytdan boshlab siyosiy hokimiyat uchun kurash olib bordi. Boshqa dinlarda bo‘lgani singari din davlat diniga aylanmasdan (masalan, xristianlik davlat diniga aylanishi uchun paydo bo‘lgandan keyin 400 yilga yaqin vaqt kerak bo‘ldi), islomda xalifalik ko‘rinishidagi davlat to‘liq diniy tamoyillar asosida shakllantirildi. Shuning uchun islom dini jamiyat va shaxs hayotining hamma jabhalarini qamrab olgan totalitar228 dinga aylandi.

Yangi davrga kelib islom olamida fan o‘z imtiyozlarini yo‘qotishdan qo‘rqadigan musulmon ruhoniylari tomonidan siqib qo‘yilgan edi. Dunyoviy ta’lim mavjud emasdi. Musulmon maktablari XVIII asrda sxolastika229 va obskurantizmning230 o‘chog‘iga aylangan edi. Aholining ko‘pchiligi keng ma’nodagi dunyoviy bilim va savodga ega emasdi.

1500 yili Yevropaning 12 ta mamlakatida yirik bosmaxonalar mavjud bo‘lib, ularda 40 ming nomdagi kitoblar chop qilingan bo‘lsa, musulmon xalqlarida, masalan, Usmoniylar imperiyasida XVIII asrgacha burjuacha taraqqiyotning va industrial sivilizatsiya shakllanishining zarur vositalaridan biri bo‘lgan kitob chop etish hali yo‘q edi. (O‘zbekistonda birinchi litografiya (tosh bosma) 1874 yili Xivada Otajon Abdalov tomonidan ochilgan). Aslida faoliyat yuritayotgan bosmaxonalar shundaygina imperiya bo‘sag‘asida turardi. Masalan, Vengriyada birinchi bosmaxona 1473 yili, turklar bosqinidan oldin, Chernogoriyada – 1493 yili ochilgan edi. Bundan ham ajablanarlisi shuki, imperiya hududining o‘zida ham birinchi bosmaxona 1494 yili yahudiy-espanollarda paydo bo‘ldi. Ular inkvizitsiya xavfidan qochib Ispaniyadan bu yerga kelishgan edi. Istambuldagi armanlarda bosmaxona 1562 yili, greklarda esa 1627 yili paydo bo‘ldi. Faqat 1729 yili birinchi musulmon kitob – arabcha-turkcha lug‘at chop etildi. Iogann Gutenberg (1399 –1468) 1445 yili kashf etgan kitob chop qilishni musulmonlar qariyb 300 yildan keyin o‘zlashtirishdi.

Faqat XIX asr oxiri – XX asr boshlariga kelib sog‘lom fikrlovchi musulmon ulamolari islomning ba’zi taqiqlari ijtimoiy taraqqiyotga to‘siq bo‘layotganligini tushunib yetdilar. Misrda mamlakatning bosh muftiysi Muhammad Abdo XIX asr oxiridagina islomni yangi, burjuacha hayot talablariga moslashtirishga harakat qildi. U 1899 yili o‘z fatvosida foizli kreditning mumkinligini asosladi va banklarga pul qo‘yish va kapitaldan foyda olishga ruxsat berdi. (O‘zbekistonda birinchi bank tashkiloti – Rossiya imperiyasi davlat bankining filiali – 1875 yil 10 mayda Toshkentda ochilgan). Ko‘plab tarixchilarning aytishlaricha, bu islomda islohotlarning boshlanishi bo‘lib, u asosan shariat sohasidagi ayrim juz’iy o‘zgartirishlar bilan yakunlandi. Usmoniylar imperiyasida shariat islohotlari 1908 –1909 yillardagi «Yosh turklar» inqilobidan so‘ng, Eronda esa 1905 –1911 yillardagi inqilobdan keyin boshlandi. XVI asrda xristianlikda bo‘lgan Reformatsiya singari to‘liq islohot islomda amalga oshirilmadi. XX asr boshlarida shariat qoidalari yuridik amaliyotdan to‘liq olib tashlangan yagona islom davlati Turkiya edi. (O‘zbekistonda Rossiya bosqinidan so‘ng shariat qoidalari asta-sekinlik bilan, bosqichma-bosqich yuridik amaliyotdan chiqarilib borildi). Bu yerda 1918 –1924 yillardagi inqilobdan so‘ng din faqat davlat ishlaridan uzoqlashtirilib qolmasdan, g‘arbiy yevropacha huquq joriy qilindi. Turklar bu borada o‘ta oddiy ish tutishdi: Shveysariyaning fuqarolik kodeksi va Italiyaning jinoyat kodeksi turk tiliga tarjima qilindi hamda kichik o‘zgarishlar bilan hozirgi zamon turk qonunchiligining asosi etib qabul qilindi.

Islom ta’limoti yana bir sababga ko‘ra ijtimoiy taraqqiyotga to‘siq bo‘layotgan edi – u fatalizm231 ruhi bilan sug‘orilgan. Musulmonlar qismat, taqdir, tavakkul kabi tushunchalarga boshqa dinlar vakillariga nisbatan ko‘proq ishonadilar. Islom ta’limotiga ko‘ra har bir kishining taqdiri Alloh tomonidan oldindan belgilab qo‘yilgan, tug‘ilgandan «peshonaga yozib qo‘yilgan» va undan qochib qutulib bo‘lmaydi. Insonning hayot yo‘li, o‘lim vaqti, joyi va sababi belgilab qo‘yilgan. Taqdirni o‘zgartirishga qanchalik urinmagin, baribir «peshonaga yozilgani bo‘ladi». Shu sababli musulmonlar har bir gapga «insholloh» – «hammasi Allohning ixtiyorida», deb qo‘shib qo‘yishadi. Axir «islom» so‘zining o‘zi ham «bo‘ysunmoq» degan ma’noni anglatadi – xudoga, taqdirga bo‘ysunmoq, Alloh belgilab bergan yo‘lga bo‘ysunib ergashmoq. Allohning hukmiga to‘liq havola qilingan shaxsning itoatkorligi va taqdirga bo‘ysunishi – bular faqat diniy fatalizm va fidoyilikning emas, o‘z davrida Gegel yozganidek, ijtimoiy tuzumning prinsipiga aylangan «ommaviy qullikning», bugungi kunda esa diniy ekstremizm va terrorizmning ham manbaidir.

Islom aqidaparastligi, uning bahslar va shubhalar uchun yopiqligi islom mamlakatlaridagi ijtimoiy va siyosiy hayotga, bu yerdagi xalqlarning mentalitetiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.


Dunyoning ilg‘or qismidagi intellektual integratsiyalashuv, shuningdek, yangi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jarayonlar, kishilarning yangi, munosib hayot qurish uchun qilayotgan inqilobiy intilishlari islom dunyosini chetlab o‘tdi. Yagona aqidaning so‘zsiz hukmronligi ostida, «ommaviy qullikda» yashashga ko‘nikkan jamiyat keyinchalik mustamlakachilarning bosqinini va, hatto mahalliy aholini kamsitishga qaratilgan mafkurasini ham, keyin esa partiya yoki bitta shaxsning cheklanmagan hokimiyatini ham katta qarshiliklarsiz qabul qildi.

Yangi davrda musulmonlar orasida burjuacha tadbirkorlikning rivojlanishiga ham tashqi iqtisodiy munosabatlarning islomiy konsepsiyasi to‘siq bo‘ldi. XVI–XIX asrlarda islom davlatlarida G‘arbiy Yevropa mamlakatlaridagi iqtisodiy siyosatga butunlay qarama-qarshi siyosat olib borildi. G‘arbiy Yevropa davlatlarida ilk kapitalistik munosabatlar rivojlanishi davrida (1500–1750) davlat merkantilizm232 siyosatini olib bordi va bu yangi ishlab chiqarish usullari qaror topishida katta rol o‘ynadi. Bu siyosatning asosini quyidagilar tashkil qiladi:



  • tashqi aloqalarda faol savdo balansiga ega bo‘lishga intilish, ya’ni ko‘proq chetga sotish va kamroq sotib olish;

  • proteksionizm233, ya’ni import tovarlariga yuqori boj to‘lovlarini joriy qilish orqali o‘z sanoatini himoya qilish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;

  • va nihoyat, o‘z savdogarlarining savdo ekspansiyasini, ya’ni ular tomonidan yangi bozorlarning egallab olinishini qo‘llab-quvvatlash.

Islom mamlakatlarida shu davrda butunlay boshqacha bo‘ldi. Masalan, Usmoniylar imperiyasini oladigan bo‘lsak, u bu borada shunday siyosat olib bordiki, buni antimerkantilizm deb atashimiz mumkin. Zamonaviy terminlar bilan ataganda, bu «ochiq eshiklar» siyosati, erkin bozor siyosati edi.

Islomning «savdo muqaddasligi» to‘g‘risidagi konsepsiyasidan kelib chiqib, musulmon ulamolari mamlakat obodligi ichki bozorda iste’mol mollarining ko‘pligi bilan belgilanadi, deb hisoblardi. Shu munosabat bilan import rag‘batlantirilib, eksport cheklanardi. Hokimiyat mamlakatga har qanday chet el tovarlarining kiritilishiga hech qanday qarshilik qilmasdi. Bundan ham ajablanarlisi, chet el savdogarlariga, ayniqsa, import bilan shug‘ullanuvchilariga turli xil imtiyozlar berilgan edi. Ushbu siyosat oqibatida tabiiyki mahalliy sanoat, manufaktura ishlab chiqarishi va hunarmandchilik og‘ir ahvolga tushib qolgan, chet el ishlab chiqaruvchilari bilan raqobatda davlatning proteksionis­tik himoyasidan mahrum qilingan edi. Raqobat esa, ayniqsa yevropaliklar bilan kuchli edi. Ularning fabrika va zavodlarda ishlab chiqarilgan mahsulotlari manufakturalar va hunarmandlarning tovarlariga nisbatan sifatli va arzon edi. Chet el savdosiga bunday munosabat chet el savdogarlari uchun juda katta imtiyozlar tizimining shakllanishiga, chet el ishlab chiqaruvchilari bilan raqobatda esa taslimchilik kayfiyatiga olib keldi.

Shunday qilib, islom musulmonlar hayoti va faoliyatining barcha sohalariga kirib borgan, musulmon jamiyatining barcha institutlarini qamrab olgan edi. Yangi davrda G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida shakllangan yangicha dunyoqarash, demokratik g‘oyalar, insonning tadbirkorligi va tashabbuskorligiga ochilgan keng imkoniyatlarning islom mamlakatlarida qaror topishi uzoq va og‘ir jarayon bo‘ldi. Ba’zi mamlakatlarda bu jarayon hamon davom etmoqda.



Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish