O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti xamraqulov zafarjon yigitaliyevich


Jazoni o’tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish va jazoni



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/157
Sana12.06.2022
Hajmi3,39 Mb.
#658328
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   157
Bog'liq
Ilyos diplom

Jazoni o’tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish va jazoni 
yengilrog’i bilan almashtirish
Jinoyat sodir etishda aybdor bo’lgan voyaga yetmaganlarga nisbatan jazodan 
ozod qilishning barcha turlaridan foydalaniladi. Umumiy asoslarda voyaga 
yetmaganlar jazodan ozod qilinganda katta yoshlilarga qaraganda birmuncha 
yengilliklarga ega bo’ladi. Bu ayniqsa jazoni o’tashdan muddatidan ilgari shartli 
ravishda ozod qilish va jazoni yengilrog’i bilan almashtirishda namoyon bo’ladi. 
Jazodan ozod qilishning ushbu turlari muddatlar bilan bog’liq bo’lib, bunda 18 
yoshga to’lmasdan jinoyat sodir etganlarga ayrim imtiyozlar qo’llaniladi.
Jinoyat qonunchiligi asoslari bo’yicha jazoni o’tashdan muddatidan ilgari 
shartli ravishda ozod qilish uchun belgilangan shartlar mahkumning mehnat va 
o’qishga halol munosabatda bo’lishi, qonunlarga rioya qilishi, uning xulqidagi 
ijobiy tomonga o’zgarishlar, jazo turlari uchun belgilangan tartib-qoidalarini 
bajarishi bilan bog’liq bo’ladi. Mahkumning 18 yoshga to’lmasdan sodir etgan 
jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish, ozodlikni cheklash va axloq tuzatish 
ishlari shaklida qo’llanilgan jazoni o’tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda 
ozod qilish asoslari JKning 89-moddasida o’rnatilgan. Muddatidan ilgari shartli 
ravishda ozod qilish ushbu uchta jazo turi uchun nazarda tutiladi. Unga asosan, 
jazoning qonunda belgilangan qismi o’tab bo’lingandan so’ng, jazoni o’tashdan 
muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilish qo’llaniladi.
28-rasm. Jazoni o’tashdan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilish 
• ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan jinoyat yoki uncha og’ir 
bo’lmagan jinoyat uchun 
jazo muddatining 
kamida 1/4 qismi 
• og’ir jinoyat uchun 
jazo muddatining 
kamida 1/3 qismi 
• o’ta og’ir jinoyat uchun yoki avval qasddan jinoyat sodir 
etib, ozodlikdan mahrum qilish jazosini olgach, yana 
qasddan jinoyat qilgani uchun
jazo muddatining 
kamida yarmi


195 
Sud tomonidan tayinlangan jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilinishi 
shaxsning ijtimoiy hayotga tez ko’nikishi uchun qo’shimcha ruhiy kuch beradi. 
Hayotga ko’nikib ketishi va moslashib ketishi jarayoni nazorat qilinishini 
ta’minlaydi.
Jazoni o’tashdan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilingan shaxsning 
jazoni o’talmay qolgan muddati davomida qasddan yangi jinoyat sodir etishi sud 
tomonidan Jinoyat kodeksi 60 va 86-moddalarida belgilangan asoslar bo’yicha 
jazo tayinlashiga asos bo’ladi. Bu o’z navbatida qo’llaniladigan jazoning 
og’irlashuviga olib keladi.
Jazoni o’tashdan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilish bilan birga 
jazoni yengilrog’i bilan almashtirish turi ham muddatlar bilan bog’liq. Jazoni 
yengilroq turi bilan almashtirish uchun kuyidagi shartlar mavjud bo’ladi: 

sodir etilgan qilmish shaxsning 18 yoshga to’lmagan vaqtida amalga 
oshirilgan bo’lishi;

jazo ozodlikdan mahrum qilish, ozodlikni cheklash yoki axloq tuzatish 
ishlaridan biri bo’lishi; 

jazo uchun belgilagan tartib-qoidalarning bajarilganligi; 

mahkumning mehnat yoki o’qishga halol munosabatining mavjudligi. 
Jazoni yengilrog’i bilan almashtirilishi mahkumni jazodan to’la ozod 
qilinishini anglatmaydi. Jazoni yengilrog’i bilan almashtirish mahkumni tuzalish 
yo’liga kirganligi uchun rag’bat tarzida qo’llaniladi. Jazo muddatining to’liq 
o’talishi mahkumning davlatdan ma’lum bir darajadagi noroziligiga sabab 
bo’lishiga olib keladi. Agar mahkum jazoni o’talishida o’zining tuzalish yo’liga 
kirganligini, qilmishidan chin ko’ngildan pushaymonligini isbotlasa, jazoning 
o’tash tartibiga qat’iy rioya qilsa, jazoning yengilrog’i bilan almashtirilishi ijobiy 
ahamiyatga ega bo’ladi. Mahkumning erkin hayotga tashnaligi ortadi. Sodir etgan 
jinoyati tufayli ko’rgan uqubatlari tufayli olgan saboqlari uni to’g’ri yurishga, 
xatolarni takrorlamaslikka undaydi.


196 
Jazoning o’talmay qolgan qismini yengilrog’i bilan almashtirishning o’z 
tartibi mavjud. Bunda mahkum sud tomonidan tayinlangan jazoning ma’lum bir 
qismini o’tashi talab etiladi: 

ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan yoki uncha og’ir bo’lmagan jinoyat uchun 
tayinlangan jazoning kamida 1/5 qismi; 

og’ir jinoyat uchun tayinlangan jazoning kamida 1/4 qismi; 

o’ta og’ir jinoyat uchun, shuningdek ilgari qasddan jinoyat sodir etib 
ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinib yana qasddan jinoyat 
sodir etganlik uchun tayinlangan jazoning kamida 1/3 qismi o’talgandan 
keyin jazoni yengilrog’i bilan almashtirish mumkin.
Jazoni yengilrog’i bilan almashtirish muddatlarni qisqartirishga olib 
kelmaydi. Jazodan ozod qilinishi uchun umumiy asoslar bilan birga yengilroq 
jazoning tegishli qismi o’tab bo’linishi kerak. Shunda JKning 89-moddasidagi 
qoidalarga ko’ra, mahkum jazodan muddatidan oldin shartli ravishda ozod 
qilinishini qo’llash mumkin bo’ladi.
Jazo yengilrog’i bilan almashtirilganda, ozodlikdan mahrum qilish yoki 
ozodlikni cheklash jazolari o’rniga axloq tuzatish ishlari qo’llaniladi. Bunda 
jazolarning o’talmagan qismi axloq tuzatish ishlari sifatida davom ettiriladi.
Jazosi yengilrog’i bilan almashtirilgan shaxsning jazoni o’talmay qolgan 
qismida qasddan yangi jinoyat sodir etishi sud tomonidan Jinoyat kodeksining 60 
va 86-moddalarida belgilangan asoslar bo’yicha jazo belgilanishini keltirib 
chiqaradi. 
Jinoyat qonunchiligida jazolarning tayinlanishi aybdorni to’g’ri yo’lga 
kirishi, jamiyat uchun foydali shaxsga aylanishiga qaratiladi. Jazoni o’tashni 
muddatidan oldin ozod qilish hamda uni yengilrog’i bilan almashtirish 
mamlakatimiz insonparvarlik siyosatining yaqqol ifodasi sanaladi. Zotan, jinoyat 
qonunchiligining maqsadi insonlarni jazolash hamda jamiyatga salbiy oqibatlar 
keltirishga qaratilmagan. Sudlar ham “jazolovchi mashina” sifatida faqat uqubat 
keltiruvchi organ hisoblanmaydi. Sudlar tomonidan javobgarlik va jazodan ozod 
qilish vakolatlari ushbu fikrimizning isboti bo’la oladi.


197 

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish