O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti xamraqulov zafarjon yigitaliyevich



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/157
Sana12.06.2022
Hajmi3,39 Mb.
#658328
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   157
Bog'liq
Ilyos diplom

Mavzu bo’yicha nazorat savollari 
1.
Voyaga yetmaganlarga nisbatan qo’llaniladigan jazolar qanday 
maqsadlarni ko’zlaydi? 
2.
Voyaga yetmaganlarga nisbatan qanday jazolar belgilangan? 
3.
Voyaga yetmaganlar javobgarligi va jazo tayinlash asoslarini ayting. 
4.
Voyaga yetmaganlarga qo’llaniladigan jazolar tizimini so’zlang. 
5.
Voyaga yetmaganlarni javobgarlik va jazodan ozod qilish asoslari. 
6.
Jazoni o’tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish.
7.
Jazoni yengilrog’i bilan almashtirishni tushuntiring.
8.
Jazodan ozod qilish qanday tartibda amalga oshiriladi? 
9.
Shartli hukm qilish asoslarini ayting. 
10.
Voyaga yetmaganlarga nisbatan qo’llaniladigan majburlov choralari 
nimalardan iborat? 
13 BOB. TIBBIY YO’SINDAGI MAJBURLOV CHORALARI 
 
Tibbiy yo’sindagi majburlov choralari qo’llashning maqsadi va umumiy 
asoslari
Tibbiy yo’sindagi majburlov choralari jinoyat sodir etilgan vaqtda aqli 
noraso bo’lgan yoki jinoyat sodir etilgandan so’ng ruhiy holati buzilgan shaxsga 
nisbatan sud tomonidan qo’llaniluvchi usul sanaladi. Ushbu choraning qo’llanilishi 
uchun shaxs o’z xatti-harakatining ahamiyatini anglay olmaydigan, harakatlarini 
idora qila olmaydigan hamda kelib chiquvchi oqibatning xavfliligini tushuna 
olmaydigan holatda bo’lishi lozim.
Shaxs tomonidan ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish vaqtida quyidagi 
holatlardan birortasi mavjud bo’lsa, qilmish aqli noraso holatda sodir etilgan deb 
topiladi:

surunkali ruhiy kasallik; 

ruhiy holatning vaqtincha buzilganligi; 


200 

aqli zaiflik; 

boshqacha tarzdagi ruhiy kasalligi sababli o’z harakatlarining 
ahamiyatini anglay olmaslik yoki o’zini idora qila olmaslik.
Bunday holatlardan har qaysisi uchun ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan 
shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi. Javobgarlikdan ozod qilinish esa tibbiy 
yo’sindagi majburlov choralari qo’llashni rad etmaydi.
Jinoyat qonunchiligi asoslariga ko’ra, jinoiy ish ochilib, dastlabki tergov 
harakatlari va sud muhokamasi olib borilayotgan davrda ruhiy kasallikka chalinsa 
ham javobgarlikdan ozod qilinadi. Shunday holatlar ham bo’ladiki, sud tayinlagan 
jazoni o’tayotgan mahkumlar ham ruhiy kasallikka chalinadi. Mazkur holatlarda 
ham jazoni o’tash to’xtatilib, tibbiy yo’sindagi majburlov choralari qo’llaniladi.
Tibbiy yo’sindagi majburlov choralarini qo’llashning huquqiy asoslari 
Jinoyat kodeksining 17-bobida, Jinoyat-protsessual kodeksining 31-bobida, 
Jinoyat-ijroiya 
kodeksining 
tegishli 
moddalarida, 
“Psixiatriya yordami 
to’g’risida”gi, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to’g’risida”gi, “Fuqarolar 
sog’lig’ini saqlash to’g’risida”gi, “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar 
to’g’risida”gi, “Surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka mubtalo 
bo’lgan bemorlarni majburiy davolash to’g’risida”gi qonunlarda, Oliy sud 
Plenumining “Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yo’sindagi 
majburlov choralarini qo’llash bo’yicha sud amaliyoti to’g’risida”gi Qarori, 
shuningdek O’zbekiston Respublikasining Oliy sudi hamda Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan qabul qilingan qaror va nizomlarda o’z aksini topgan.
Normativ hujjatlarda o’rnatilgan me’yorlar tibbiy yo’sindagi choralarni 
jinoiy jazo sifatida e’tirof etmaydi. Ushbu majburlov chorasi ruhiy kasallikka 
chalingan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish usullaridan biri sifatida ko’riladi.
Tibbiy yo’sindagi majburlov chorasi qo’llanilishining o’z asos va maqsadlari 
bo’lib, JKning 91-moddasida o’z ifodasini topgan. Majburlov chorasining 
qo’llanilishiga shaxs ruhiy holatining buzilishi va ijtimoiy xavfli qilmish sodir 
etilganligi fakti zarur bo’ladi. Mazkur faktlar bunday shaxslarni davolash va ular 
tomonidan yangi ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etishlarining oldini olish 


201 
maqsadlarini keltirib chiqaradi. Majburlov chorasi sud qarori asosida amalga 
oshiriladi.
Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan davolash maqsadlarida amalga 
oshiriladigan majburlov chorasi sog’liqni saqlash organlari tomonidan sud-
psixiatriya ekspertizasi xulosasiga asosan qo’llaniladi. 
Ruhiy-asab kasalliklari dispanserida majburiy ambulatoriya kuzatuvida 
bo’lish va davolanish xastaligi ancha yengil shaklda namoyon bo’lgan shaxslarga 
nisbatan qo’llaniladi. Davolanish ruhiy holati buzilgan shaxsni yashash joyida olib 
boriladi. Bunday kuzatuvga olingan shaxslar jamiyat uchun katta xavfni keltirib 
chiqarmaydi. Chunki ambulator kuzatuviga olingan ruhiy kasallar o’z oilalari 
davrasida bo’ladilar.
Ruhiy holati buzilgan shaxslarni jamiyatdan ajratgan holda davolash 
xastaligi ancha yuqori bo’lgan bemorlarga nisbatan qo’llaniladi. Davolanishga 
majburiy jalb qilingan bemorlarni kasalligining xususiyatlariga qarab psixiatriya 
muassasasining turli bo’limlarida nazorat ostiga olish belgilanadi.
Ruhiy holati buzilgan shaxslar javobgarlikka tortilmagan yoki jazo 
qo’llanilmagan bo’lsa, ular sog’liqni saqlash organlarining psixiatriya 
muassasalarida majburiy davolanadilar. Davolanish shaxsni yashash joyidagi 
ruhiy-asab kasalliklari dispanserida mutaxassisning ambulator kuzatuvida, umumiy 
tartibli psixiatriya muassasasining umumiy kuzatiladigan bo’limi yoki maxsus 
reabilitatsiya bo’limida yoxud kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar 
shifoxonasida olib boriladi.
Sudning tibbiy yo’sindagi majburlov choralari to’g’risidagi qaroriga ko’ra 
psixiatriya 
muassasalariga 
majburiy 
tartibda 
joylashtiriladigan 
shaxslar 
statsionardagi davolanishning butun davri davomida mehnatga layoqatsiz deb 
topiladi. Ular ambulator kuzatuv ostiga olingan bemorlar kabi ijtimoiy sug’urta 
fondidan nafaqa olish va pensiya olish huquqini yo’qotmaydilar.
Tibbiy yo’sindagi majburlov choralari jinoyat sodir etilgandan keyin ruhiy 
holati buzilgan shaxslarga ham qo’llaniladi. Ularga ham majburlov chorasi 
yuqoridagi tartibda belgilanadi. Agar sud hukmi bo’yicha tayinlangan jazoni 


202 
o’tayotgan shaxslar bo’lsa, jazoning turiga qarab hamda ruhiy holatining 
buzilganlik darajasiga qarab davolanish muassasasi belgilanadi. Jazo ozodlikdan 
mahrum qilish bilan bog’liq bo’lmasa, sog’liqni saqlash tizimidagi ambulator 
kuzatuvida yoki psixiatriya statsionarining tegishli bo’limida davolanish yo’lga 
qo’yiladi.
Jazoni ozodlikda mahrum qilish koloniyalarida yoki turmada o’tayotgan 
mahkumning ruhiy holatining buzilishi sezilsa, jazoni ijro etish muassasalarining 
davolash-profilaktika bo’limlarida yoki mahkumlarga mo’ljallangan ixtisoslashgan 
shifoxonada umumiy tartibda davolanish amalga oshiriladi.

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish