Toshkent tibbiyot akademiyasi urganch filliali 121-b guruh talabasi Ro’zimboyev Xolmurodning tibbiyot tarixi fanidan tayyorlagan mustaqil ishi Mavzu: O’zbekistonda mustaqillik yillarida tibbiyotning rivojlanishi,sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish.Uning asosiy tamoyillari Sog’liqni saqlash tizimining huquqiy bazasini yaratish ham davrning muhim vazifalaridan biri bo’lib qolgan edi. Bu tadbirlarni amalga oshirishda avvalo sog’liqni saqlashga aloqador qonunchilikni yaratish va islohotlar strategiyasini ishlab chiqish zarur edi. Shu maqsadda birinchi galda respublikamiz konstitusiyasiga shu xildagi modda kiritildi. Ya’ni, O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 40-moddasida ―Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega deb belgilab qo’yildi.
Mustaqillik yillarda tibbiyot sohasiga oid quyidagi qonunlar qabul qilindi:
―OITS bilan kasallanishning oldini olish to’g’risida (1991 yil 14 iyun),
―Davlat sanitariya nazorati to’g’risida (1992 yil 3 iyul),
―Surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka mubtalo bo’lgan bemorlarni majburiy davolash to’g’risida(1992 yil 9 dekabr),
―Fuqarolar sog’lig’ini saqlash to’g’risida(1996 yil 29 avgust),
―Dori vositalari va farmasevtika faoliyati to’g’risida(1997 yil 25 aprel),
― Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to’g’risida(1999 yil 19 avgust),
―Odamning immunitet tanqisligi virusi bilan kasallanishning
(Oiv kasalligining) oldini olish to’g’risida(1999 yil 19 avgust),
―Psixiatriya yordami to’g’risida(2000 yil 31 avgust),
―Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to’g’risida(2001 yil 11 may),
―Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to’g’risida(2002 yil 30 avgust),
―Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to’g’risida(2007 yil 3 may),
―Aholi o’rtasida mikronutriyent yetishmasligi profilaktikasi to’g’risida(2010 yil 7 iyun).
Quyidagilar islohotlarning asosiy vazifalari qilib belgilandi:
1. Aholiga dastlabki tibbiy-sanitariya yordami ko’rsatishning kafolatlangan
darajasi sifatini davlat tomonidan ta’minlash;
2. Aholiga shoshilinch va kechiktirib bo’lmaydigan tibbiy yordam tizimini
mustahkamlash;
3. Davolash-profilaktika muassasalarini tashkil etish va joylashtirish
tizimini takomillashtirish, umumiy amaliyot shifokori tizimiga bosqichma-
bosqich o’tish; Tibbiy xizmatlar va sug’urta tibbiyoti bozorini vujudga keltirish;
5. Sog’liqni saqlashni boshqarish tizimini soddalashtirish, davolash-
profilaktika muassasalariga ko’proq mustaqillik berish hisobiga uning
samaradorligini oshirish, sog’liqni saqlash tizimida nodavlat sektori hamda
xususiy vrachlik amaliyotini rivojlantirish;
6. Bepul tibbiy xizmatlar ko’rsatishda byudjet xarajatlari samaradorligini
oshirish, aralash va xususiy moliyalashning turli shakllarini rivojlantirish
hisobiga sog’liqni saqlashning moliyaviy negizini takomillashtirish;
7.Tarmoqni isloh qilishning me’yoriy-huquqiy negizini tashkil etish;
8. Tibbiyot xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning mahoratini
oshirish jarayonini takomillashtirish;
1998 yilning 10 noyabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2107-sonli «O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash tizimini isloh qilishning davlat dasturi to’g’risida»gi farmoni qabul qilindi. Bu farmonga muvofiq sog’liqni saqlash tizimini isloh qilishning maqsad va vazifalari belgilab berildi.
Sog’liqni saqlash tizimining birlamchi bo’g’inini mustahkamlash maqsadida 2001 yilga kelib Respublikamizda 1626 ta QVP , shu jumladan 857 tasi yangi qurilish va 769 tasi qayta o’zgartirish hisobiga ishga tushirildi.
2002 yilga kelib birinchi marotaba yangi tizimlar joriy qilindi:
• Toshkent shahri va respublikaning 8 ta viloyatlarida «Ona va bola» skrining
markazlari;
• Yoshlarni oila qurishlaridan oldin tibbiy ko’rikdan o’tkazish;
• Nikohdan o’tuvchi yoshlarni sog’lom oila qurishga tayyorlash bo’yicha
doimiy ishlovchi kurslari;
• Yosh oilani patronaj qilish;
• Qizlar va o’smir qizlar Respublika reproduktiv markazi va
viloyatlarda uning filiallari;
• Onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida ilmiy texnik dasturlari;
• Kasal bolaga qarash uchun kasalxonaga kelgan onalarni
sog’lomlashtirish bo’limlari va o’rinlari;
• Homilaning antenatal muhofazasini tashkil etish;
Do'stlaringiz bilan baham: |