O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

Amir Temur ibn Tarag’ay Bahodir
(1336—1405) Kesh (Shahrisabz) shahri 
yaqinidagi Xo’ja ilg’or qishlogbda dunyoga keldi. Uning eng asosiy tarixiy xizmatlari 
shundan iboratki, u mo’g’ullarning bosqinchilik va vayronkorliklariga qarshi 
kurashib, O’rta Osiyoni ulardan xalos etdi. Mayda feodal va mulkdorlarning o’zaro 
nizolariga barham berib, kuchli markazlashgan davlat barpo qildi. Mamlakatda tartib-
intizom va qonun ustuvorligini ta’minladi. Uning davrida «Kuch — adolatda» 
tamoyili amalga oshdi, iqtisod va madaniyat yuksaldi, o

zga mamlakatlar bilan 
mustahkam aloqalar o’rnatildi. 
Amir Temur mohir harbiy sarkarda sifatida nom qozondi. U o’z hayotini 
Movarounnahr xalqining farovonligi, yurt obodonchiligi uchun sarfladi, uning 
davrida hashamatli binolar, qurilish inshootlari, go’zal bog’Iar bunyod qilindi, 
maktab va madrasalar, masjidlar qurildi, mamlakatimiz Sharqning go’zal hududiga 
aylandi. 
Temurning yana bir ulkan xizmati shuki, u madaniyat va ilmfan homiysi sifatida 
mashhur bo’ldi, o’z saroyiga olimu fuzalo va din arboblarini to’pladi. Xoja Afzal, 
Jalol Xokiy, Mavlono Xorazmiy, Mavlono Munshiy va boshqalar uning saroyida ilm-
fan va badiiy ijod bilan mashg’ul bo’ldilar. Bobur Mirzoning xabar berishicha, o’sha 
davrda Samarqand eng go’zal shahar edi. Ispan sayyohi R. G. Klavixo 
Samarqandning go’zalligiga qoyil qolgan edi. Temur hukmronligi davrida ichki va 
tashqi savdo kuchaydi. Ayniqsa, Hindiston, Xitoy, Rusiya, arab mamlakatlari bilan 
aloqalarning kuchayishi Temur saltanati iqtisodiy qudratini oshirdi. Temur va 
temuriylar davrida islom dini va tasavvufga katta e’tibor berildi. Islom dini o’sha 
davrda asosiy mafkura bo’lib, markazlashgan davlat barpo etishda, iqtisod, madaniyat 
va ilm-fan sohasidagi maqsad va vazifalarni amalga oshirishda nazariy asos bo’lib 
xizmat qildi. Temur o’z faoliyatida unga tayanib ish ko’rdi. 
5
Falsafa asoslari: o‘quv qo'llanma / Q.Nazarov va boshq. — Toshkent: O’zbekiston faylasuflari milliy 
jamiyati, 2018. - 380 b.


61 
Temuriylar davrida tasavvuf ta’limoti keng quloch yoydi. Sohibqiron tasavvuf 
qoidalaridan mamlakatdagi salbiy illatlarni yo’qotishda, turli janjal va nizolarni 
bartaraf qilishda, haqiqat va adolat o’rnatishda, insonparvarlik g’oyalarini tarqatishda 
foydalangan. Temur tasavvufdagi poklanish, to’g’ri va sofdil bo’lish, zino va fahsh 
ishlar bilan shug’ullanmaslik, harom-xarish ishlardan qochish, halol mehnat qilish, 
biror kasbni egallash, muhtojlarga mehr-shafqat ko’rsatish kabi g’oyalarni xalqqa 
singdirish uchun kurash olib bordi. Naqshbandlik tariqatining yirik shayxlari 
bo’lmish Sayyid Amir Kulol, Shayx Abu Bakr Tayobodiy, Mir Sayyid Barakalar 
Temurning pirlari bo’lib, sohibqiron ular bilan tez-tez muloqot qilib turgan. 
Temuriylardan Shohruh, Ulug’bek, Xusayn Boyqaro, Bobur Mirzolar davlatni 
boshqarishda, din va tasavvuf qoidalariga amal qilishda, ilm-fan va madaniyatni 
rivojlantirishda uning an’analarini izchil ravishda davom ettirdilar. Bu davrda 
me’morchilik san’ati yuksak darajaga ko’tarildi. Amir Temur Ko’ksaroy masjidi, 
Shoxizinda, Bibixonim madrasasini qurdirdi. Keshda (Shahrisabz) Oqsaroy barpo 
qila boshladi. Mirzo Ulug’bek davrida 1417—1420-yillarda Registonda, keyinchalik 
Buhoroda, 1432—1433-yillarda G’ijduvonda madrasalar qurildi, Bibixonim masjidi, 
Go’ri Amir maqbarasi qurib bitkazildi. 1429-yili esa Ulug’bekning falakiyot 
rasadxonasi nihoyasiga yetdi. Xirotda ham ko’plab me’morchilik binolari barpo 
qilindi. Ular jumlasiga masjid, madrasa va xonaqohlardan iborat bo’lgan Gumbazi 
sabz, Alisher Navoiy qurdirgan «Ixlosiya», «Nizomiya», «Shifoiya» madrasalari
Marv shahridagi «Xusraviya» madrasasi va boshqalar kiradi. Navoiy yashagan 
zamonda Xirotda «Sharq Rafaeli» deb nom olgan Kamoliddin Behzod (1456—1535) 
va shoh Muzaffar kabi dunyoga mashhur rassomlar ijod qildi. Behzod «Zafarnoma» 
kitobiga, Xusrav Dehlaviyning «Xamsa», Sa’diyning «Bo’ston» asarlariga naqsh 
bergan va Xusayn Boyqaro, Xotifiy, Jomiy va boshqalarning rasmini chizgan, 
xalqning mehnatini, tabiat manzaralarini haqqoniy tasvirlagan. 
Jahon madaniyati ravnaqiga ulkan hissa qo’shgan siymolardan biri, ulug’ o’zbek 
shoiri va mutafakkiri 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish