55
etsa-da, о‘z holicha rangsiz ekanligini, Quyosh kо‘zga kichkina bо‘lib kо‘rinsa-da,
aslida Yerdan bir necha marta kattaligini aniqlash imkonini beradi. Tо‘g‘ri sillogizm
tuzib, dunyoning borlig‘i zamirida sabab yotishini aniqlaymiz.
Bilishning oqilona-mantiqiy metodidan faylasuf bizni qiziqtiruvchi muammoni
yechish
uchun foydalanadi, biroq uning uchun mantiqiy mulohazalar zanjirida
mutlaqo boqiy ilohiy mohiyat tushunchasi «boshlang‘ich nuqta», dunyoda bо‘lib
turgan о‘tkinchi nomukammal mohiyat kategoriyasi esa – «pirovard nuqta»
hisoblanadi yoki aksincha. Xudodan dunyoga yoki dunyodan Xudoga bunday
mantiqiy harakat qilish natijasida muammoning ratsionalistik yechimi topilishi lozim:
dunyoga nisbatan transsendent ilohiy mohiyat ayni vaqtda unga ichdan xos bо‘lishi,
uning borlig‘i substansional asosini tashkil etishi darkor. Bu biz yo dunyoni
tavsiflovchi muhim kategoriyalarni transsendent ilohiy mohiyat tushunchasidan
chiqarishimiz, yo dunyoda mavjud о‘tkinchi mohiyat kategoriyasini asos qilib olib,
transsendent ilohiy mohiyat borlig‘ini keltirib chiqarishimiz lozimligini anglatadi.
Shunday qilib, muammoning yechimi oqilona-mantiqiy metodlar yordamida topilishi
mumkin.
2. Bilishning ikkinchi usuli – muammoni mushohada yuritish yо‘li bilan
yechish: yechimdan shartlar sari. Mushohada yuritishni bilish usuli sifatida о‘rganar
ekanmiz, dunyo va ilohiy mohiyatning uzviy birligi va ayni vaqtda ilohiy
mohiyatning transsendentligi uning uchun muqarrar holdir, deb aytishimiz mumkin.
Shuni ta’kidlash lozimki, bu birlik ayniylik emas: boshqacha aytganda, bu dunyo va
ilohiy mohiyatning farqlangan birligidir. Har qanday narsa va hodisada mushohada
yuritish seziluvchi va idrok etiluvchi tashqi – zohir jihatlarni va sezgilarga ham, aqlga
ham yashirin ichki (botin) ma’noni aniqlash imkonini beradi. Bu yashirin ma’no
borliqning birinchi asosi, ilohiy mohiyatning dunyoga ichdan xosligining negizi va
ayni vaqtda mushohada obyekti hisoblanadi. Yashirin ma’noni
anglash narsalarda,
dunyoda Xudoni bevosita kо‘rish demakdir.
Mushohada yuritish jarayonida bilish subyekti о‘zining bilish obyektidan
ontologik mustaqilligini saqlagan holda u bilan birikadi, uni butun vujudi bilan
anglab yetadi. Bunga bilish subyekti bо‘lgan insonda ham «yashirin ma’no»
56
mavjudligi imkoniyat yaratadi. U yagona va uzviy bо‘lgani uchun bilish obyekti bilan
«ichki mohiyat» jihatidan birikish imkoniyati yuzaga keladi, «tashqi mohiyat»da esa
subyekt va obyektning alohidaligi saqlanib qoladi.
Mushohada yuritish yо‘li bilan olingan bilim ratsionalistik tildan farq qiluvchi
alohida tilda bayon etiladi. Mushohada yuritish, mohiyat e’tibori bilan,
butundan
qism sari harakatdan iborat bо‘lgani uchun bu tilni badiiy til deb atash mumkin. Bu
tilda yozilgan matnda qismning mazmunini anglab yetish uchun (har qanday badiiy
asarda bо‘lganidek) avval butunning mazmunini anglab yetish lozim. Vaholanki, fan
tilida yozilgan matnda qismlarni tushunmasdan butunni tushunish mumkin emas. Ibn
Arabiy filosofemasi «badiiy» tilda yozilgan bо‘lib, mushohada yuritishga asoslanadi
va uni biz shu til nomi bilan estetik filosofema deb ataymiz.
3. Bilishning uchinchi usuli – muammoni mistik yо‘l bilan yechish: shartlar va
yechim ayniydir. Bu yerda bilish oqilona-mantiqiy va mushohada yuritish yо‘li bilan
bilishdan mutlaqo boshqacha shartlardan kelib chiqadi. Bu bilish subyekti va
obyektining ayniylik shartidir. Bilish subyekti bu ayniylikka erishgach, о‘zining
subyektlik mohiyatini yо‘qotadi; subyekt va obyekt о‘rtasidagi tafovut yо‘qoladi,
biluvchi bilinuvchiga aylanadi, biluvchi ham, bilinuvchi ham yо‘qolib, faqat yagona
universal qoladi. Bu holat «fano» holati, subyektiv о‘zlikning «halok bо‘lish»,
yо‘qolish holati deb ataladi.
Biz ilohiy mohiyatning dunyoga nisbatan transsendentligi va immanentligi
muammosi yechimining uch variantini kо‘rib chiqdik. Yechimning birinchi yо‘lini
qismdan butun sari yо‘l, mantiqiy mulohaza yuritishdan boshlanuvchi yо‘l deb
belgilash mumkin. Bunda ilohiy mohiyat yoki dunyo «qism» deb, muammoning
izlanayotgan yechimi esa – «butun» deb olinishi mumkin. Ikkinchi yо‘l butundan
qism sari harakatdan iborat: biz yechim
mavjudligini faraz qildik, u qanday bilishi
lozimligini («butun»ni) kо‘rsatdik va sо‘ng uni tahlil qildik, transsendent-immanent
muammo yechilgan sharoitda ilohiy mohiyat va dunyo qanday bо‘lishi lozimligini
kо‘rishga harakat qildik. Nihoyat, yechimning uchinchi varianti qismlar va butunning
ayniyligini, mutlaqo va barcha yо‘nalishlarda ayniylikni: qismlarning bir-biri bilan,
ularning har biri va ikkalasining butun bilan ayniyligini qayd etadi.
Birinchi holda
57
transsendentlik va immanentlik muammosining yechimi topilmadi, ikkinchi holda u
о‘z yechimini topish uchun dualizmni qabul qilishni talab etdi, uchinchi holda esa u
yechilmaydi, balki о‘z asosini yо‘qotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: