O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

V bob. DAVLAT FUNKSIYALARI 
1-§. Davlat funksiyasi tushunchasi va tasnifi 
Davlat funksiyalari bilan bog’liq masalalarni o’rganish uning mohiyati, jamiyatda 
tutgan o’rni va ijtimoiy vazifasini chuqurroq bilib olishga yordamlashadi. Odatda davlat 
faoliyatining asosiy yo’nalishlari uning funksiyalari, deb ataladi. Ularning mazmuni boshqa 
tushunchalar bilan ham aloqadordir. 
Davlat funksiyalari uning davri, siyosati, maqsadi, vazifalari va faoliyati bilan 
chambarchas bog’langan. 
Avvalambor, davlat paydo bo’lginidan buyon uning rivojlanishida ko’p davrlar o’tgan. 
Shunday ekan, jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida davlat funksiyalarining mazmuni 
va tizimi ham o’zgarib boravergan. Masalan, ilk bor davlat kelib chiqqan paytdagi 
funksiyalardan ularning tizimi o’z mazmuni va hajmi jihatdan ancha farq qiladi. Bu holat 
birinchi navbatda jamiyat rivojlanishining mazkur bosqichdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy 
muammolari va vazifalari bilan bog’liq. Shu nuqtai nazardan qaraganda, masalan, 
davlatning hozirgi davrda tan olinayotgan tabiat boyliklari va atrof muhitni muhofaza qilish 
funksiyasi quldorlik davlatida bo’lmaganligini ko’ramiz, chunki bunga hali ehtiyoj ham 
bo’lmagan. U paytda insonning hayot kechirishi uchun tabiiy shart-sharoitlar yetarli va 
zararsiz bo’lgan. 
Har bir davrda davlat o’z oldiga ma’lum maqsadlarni qo’yadi, chunki u ma’lum 
guruhning Yoki butun xalqning manfaatini ifodalaydi. Masalan, davlatning demokratik 
jamiyat qurish, iqtisodiyotda bozor munosabatlariga o’tish, huquqiy davlatni shakllantirish 
kabi maqsadlari ijobiy bo’lsa, 30-yillarda fashistik davlatlar olga surgan butun jahonga 
hukmronlik qilish maqsadi boshqa mamlakatlar va o’z xalqi uchun salbiydir. 
Davlatning o’z oldiga qo’ygan maqsadi hamisha ham real bo’lavermaydi. Masalan, 
SSSRning 1977 yilgi Konstitutsiyasida shunday deyilgan edi: «Sovet davlatining oliy 
maqsadi - sinfsiz kommunistik jamiyat qurishdan iborat bo’lib, bu jamiyatda ijtimoiy 
kommunistik o’z-o’zini boshqarish rivoj topadi» (Muqaddima). Davlat o’z maqsadini amalga 
oshirish uchun tegishli siyosat yurgazadi. Bu siyosat negizida esa mazkur jamiyatning 
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-madaniy ehtiyojlari yotadi, ya’ni davlat olib boradigan siyosat 
oqibat-natijada jamiyatning real hayotiga asoslanadi. Davlat siyosatining kuchi - uning 
adolatliligi va realligidadir. 
Davlatning siyosatini quyosh nurlariga o’xshatsa bo’ladi. Quyosh o’z atrofiga doimo 
nur tarqatib turginidek, davlat ham jamiyat va mamlakatning barcha ichki va tashqi 
muammolari yuzasidan o’z munosabatini, qarashlarini, yondashuvlarini, va eng muhimi, 
o’zining yaqin va uzoq davrga mo’ljallangan orzu-niyatlarini ifodalab turadi. Chunonchi, 
tinchliksevarlik yo bosqinchilik Yoki o’z mintaqasida gegemonlik uchun harakatni davlatning 
siyosatiga misol qilib ko’rsatish mumkin. Davlatning siyosati bilan uning maqsadi bir-biriga 
bog’liq, biri ikkinchisini to’ldirib turadi. 
Davlatning umumiy, kelajakka mo’ljallangan siyosati va maqsadidan uning muayyan 
vazifalari kelib chiqadi. Davlatning vazifalari, uning funksiyalaridan farq qilib, hali 
bajarilmagan reja, ado etilishi lozim bo’lgan topshiriq, ko’rsatma, navbatdagi ishlar, 
tadbirlar hisoblanadi. Masalan, O’zR Konstitutsiyasining muqaddimasidagi «fuqarolar 
tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash maqsadi»ni ro’yobga chiqarib turish uchun 
O’zbekiston davlatining tegishli organlari qator tashkiliy-siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy 
vazifalarni amalga oshirib kelmoqda. 
Davlat oldida turgan bitta vazifa uning bitta funksiyasiga hamisha ham aynan 
muvofiq bo’lavermaydi. Ba’zan dav-latning bosh vazifalari uning bir necha funksiyalari bilan 
amalga oshiriladi. Va aksincha, bitta funksiya orqali davlatning bir necha kichik vazifalari 


96 
ado etilishi mumkin. 
So’ngra, har bir davlatning maqsadi, siyosati hamda vazifalarini amalga oshirish 
uchun uning o’zi va tegishli organlari zaruriy vakolatlar (huquq va burchlar yig’indisi)ga ega 
bo’ladi. Jamiyatning boshqarish tizimida davlat alohida mavqega ega bo’lib kelmoqda. Bu 
uning vakolat doirasini belgilaydi. Vakolatlarni amalga oshirish, bajarish, ado yetish esa, o’z 
navbatida, davlatning, uning idoralarining faoliyatini tashkil qiladi. 
Davlatning faoliyati, xuddi uning o’zidek, ob’yektiv xarakterga ega. Chunki davlatni 
keltirib chiqargan va mazkur bosqichida mavjud bo’lishini taqozo etuvchi zarurat va 
ehtiyojlar uning faoliyat ko’rsatishini talab etadi, aks holda u o’zining tarixiy tayinlanishini, 
vazifalarini hal eta olmaganligi tufayli yashashga, harakat qilishga qodir bo’lmay qoladi. 
Davlatning jamiyat va shaxs hayotiga aralashuvi darajasi uning funksiyalari 
chegarasini, mazmunini va qolaversa, ularning butun mohiyatini belgilaydi. Bu aralashuv 
jamiyat va insonning mazkur bosqichdagi talablari darajasida bo’lsa, demak, davlat ijobiy 
ahamiyatga ega bo’lgan qadriyatdir. Agar davlat bu ishlarga ortiqcha aralashsa, iqtisodiy 
va ijtimoiy erkinlikni chegaralab qo’ysa, hayotda salbiy rol o’ynaydi va totalitarizm sari 
qadam qo’ygan bo’ladi. Shuning bilan birgalikda jamiyat hayotining ayrim sohalaridagi 
vazifalar faqat davlat faoliyati orqaligina hal etiladi, masalan, mamlakatni mudofaa qilish, 
huquqiy tartibotni o’rnatish va qo’riqdash, shu jumladan jinoyatchilikka qarshi kurash 
kabilar. 
Davlat faoliyatining eng muhim sohalar (yo’nalishlar)ga bo’linishi, yuqorida 
aytginimizdek, uning funksiyalari-ni keltirib chiqaradi. 
Funksiyalar davlat faoliyatining shunchaki to’plami, arifmetik yig’indisi emas. Ular 
davlat faoliyatining muhim, asosan yirik sohalardagi yo’nalishlaridan iborat. Masalan, 
iqtisodiyot, ijtimoiy hayot Yoki mamlakat mudofaasi sohalarida davlat olib borayotgan 
ishlarni alohida-alohida asosiy funksiyalar sifatida ko’rsatish mumkin va lozim. 
Shunday qilib, davlat funksiyalari uning siyosati, maqsadi, vazifalari va vakolatlari 
bilan belgilanadigan ma’lum bosqich (davr)dagi faoliyatining asosiy yo’nalishlaridir. Mazkur 
asosiy funksiyalar tarkibida tagin nisbatan kichikroq yo’nalishlar ham bo’lishi tabiiydir. 
Masalan, davlatning hozirgi zamondagi madaniy-tarbiyaviy funksiyasi tarkibida insonlarni 
ma’naviyat yutuqyaari asosida tarbiyalash bitta kichik yo’nalish bo’lsa, fan va texnikani 
taraqqiy ettirish - ikkinchi, oliy, o’rta maxsus va umumta’lim tizimini rivojlantirish - uchinchi 
yo’nalishdir va hokazo. 
Bundan tashqari, har bir funksiya qator qismlardan tarkib topadi. Buni aniqroq 
tushunish uchun quyida mudofaa funksiyasini misol keltiramiz. Mazkur funksiya tarkibiga: 
davlatning tashqi chegaralarini aniq belgilash va uni qo’riqlash chora-tadbirlarini ko’rish, 
qurolli kuchlarni shakllantirish va tarbiyalash, ularni qurol-aslaha, oziq-ovqat, kiyim-kechak 
bilan ta’minlab turish, zarur bo’lganda mamlakatni harbiy kuch bilan himoya qilish, davlat 
xavfsizligi haqida g’amxo’rlik qilish, mudofaa sohasidagi ishlarga rahbarlik qilish bo’yicha 
davlat organlarini tashkil yetish, harbiy-mudofaa haqidagi qonunlarni yaratish hamda 
takomillashtirish kabilar kiradi. 
Davlat o’z funksiyalarini ado yetish uchun qonun chiqaruvchilik, ijro etuvchilik va 
sudlov faoliyatini olib boradi. Davlat o’z funksiyalarini amalga oshirishda ishontirish, 
rag’batlantirish va majbur yetish usullaridan foydalanadi. Mazkur shakllar va usullarning 
qo’llanish darajasi davlat funksiyalarining hajmi, davri, tizimi, xarakterli xususiyatlari bilan 
bog’liq. 
Davlat funksiyalarining mohiyati, mazmuni, ayrim bosqichlardagi xususiyatlari ularni 
tasniflashga sabab bo’ladi. Davlatning faoliyati ob’yektiv bo’lgini holda uning funksiyalarini 
tasniflash sub’yektiv xususiyatga ega. Chunki funksiyalarni tasniflash olimlar tomonidan 
fanda, nazariyada amalga oshiriladi. Shuning uchun ham hatto bir davrdagi funksiyalar 
tasnifi har xil ifodalanadi. Bu fikrga ishonish uchun davlat va huquq nazariyasidan yozilgan 


97 
3-4 ta darslikni ko’rish kifoya. 
Funksiyalarni tasniflash (guruhlarga, turlarga bo’lish) davlatning mohiyatini 
chuqurroq anglashga, uning jamiyat taraqqiyotidagi rolini yaqqolroq namoyish yetishga 
ko’maklashadi. Bunda davlat faoliyatining ma’lum bosqichdagi bosh yo’nalishlari (masalan, 
iqtisodiy, ijtimoiy, tashqi va boshqa sohalar) belgilovchi asos qilib olinadi, albatta. 
Ilgari, sovet davrida davlat funksiyalarini marksizmning davlatning tarixiy tiplari 
to’g’risidaga ta’limotiga binoan tasniflash prinsipi hukmron edi. Quldorlik va feodalizm 
tuzumida aholining bir qismi deyarli huquqsiz Yoki chegaralangan doirada huquqli bo’lgan. 
Bu hol davlatlarning funksiyalarida o’z ifodasini topganligi tabiiy holdir. Insoniyat bosib 
o’tgan asosiy davrlar dalat funksiyalarini tasniflash ularning muayyan mazmun va tizimini 
chuqurroq anglashga imkon beradi 
Quyida davlat funksiyalarini tasniflashga oid ikkita umumiy holatni ta’kidlab o’tmoq 
darkor ikkita a) Davlatning ichki va tashqi funksiyalari mavjudliga hamma olimlar 
tomonidan 
tan 
olinadi. 
Tashqi 
funksiyalar 
ko’pincha ichki funksiyalarning davomi bo’lib ulardan kelib chiqadi, ularni to’ldiradi, ayrim 
hollarda urush paytida ichki funksiyalar xam mamlakatni mudofaa qilishga xizmat qilishi 
tushunarlidir.
b) Davlat taraqqiyotining barcha bosqich aholining hamma tabaqalari uchun 
tabaqalari uchun tegishli bo’lgan "umumiy ishlar" davlat funksiyasi mavjud 
etirof qilinmoqda
1[1]
. Bu funksiya ilgari sinfiy hukmronlik, zo’rlik ishlatish quroli deb 
atalgan, quldorlik va feodal davlatlarida ham mavjud bo’lgan. 
Jamiyat rivojlanishining kapitalistik va hohirgi demokratik bosqichlarida barcha 
xozirgi ijtimoiy (sotsial) bazasi tubdan kengayib, aholining hamma guruhlarini o’z ichiga 
oladi, ya’ni ular sinf emas, balki butun xalq, millat manfaatiga xizmat qiladi. Umuman 
hamma funksiyalarga faqat sinfiy nuqtai nazardan qarash davlatning jamiyatdagi rolini 
kamaytiradi va xolisona bayon yetishga halaqit beradi. 
Davlatning umumiy ishlar funksiyasi mavjudligi sinfiylikni birinchi o’ringa ko’tarishga 
imkon bermaydi. Bu funksiyaga mamlakatni mudofaa qilish, huquqiy tartibotnmi o’rnatish 
va muxofaza qilish, shu jumladan jinoyatchilikka va huquqbuzarlikka qarshi kurash, butun 
millat, xalq manfaatlarini ko’zlab umumiy iqtisodiy , ijtimoiy-madaniy (g’oyaviy) ishlar olib 
borish, Sharqda esa, bulardan tashqari, sug’orish inshootlarining davlat yordami bilan 
bunyod etilishi kiritilishi mumkin. 
L.I.Spiridonov mazkur funksiyani Yanada keng ma’noda olib, uning umuman 
insonlarning hayoti va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berishga 
qaratilganligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, bu funksiya tarkibiga kishilarning hayoti, soglig’i 
va normal yashashi uchun zarur bo’lgan tabiiy sharoitlarni ta’minlash; ijtimoiy-madaniy, 
iqtisodiy va siyosiy shart-sharoitlarni ta’minlash bilan bog’liq davlat faoliyati kiradi
2[2]

Umumiy ishlar davlatning bosh funksiyasi bo’lish imkoniyatiga ega. To’g’ri, mazkur 
ishlar hozirgi zamonda davlatning boshqa funksiyalari mazmunida ham mavjud va ular 
orqali ham amalga oshirilmoqda. Chunonchi, demokratik O’zbekiston Respublikasida 
davlatning barcha funksiyalari ayrim sinflar uchun emas, balki butun xalqimiz manfaatini 
ko’zlab amalga oshirilmoqda. Bunday natijaga uzoq rivojlanish oqibatida erishildi, albatta. 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish