90
topgan boshlig’i sharafiga bu davlat shunday atalgan) siyosatchi-nazariyotchilar va davlat
arboblarining keyingi avlodlari uchun ilhom manbai bo’lib xizmat qilgan.
Shu bilan birga, bugungi ko’z
bilan qaralganda, Afina demoqratiyasining ko’pgina
jihatlari g’alati va yot tuyulishi mumkin.
Miloddan avvalgi oltinchi-beshinchi asrlarda Afinada markaziy siyosiy institut
(mahkama) 5-6 ming kishi qatnashadigan yig’in bo’lgan. Yig’in balog’at yoshiga etgan
hamma erkak fuqarolar uchun ochiq edi (ayollar, qullar va muhojirlar istisno qilingan).
Yig’in hech qanday huquqiy cheklashlarsiz, ko’pchilik ovoz bilan amalda har qanday ichki
muammolarni hal eta olardi. Sudlov ishlari ham maslahatchilar tarkibidagi 501 fuqaro
ishtirokida boyagiday ko’pchilik ovoz bilan biron kishining aybli Yoki aybsizligi haqida hukm
chiqarardi.
Yig’in
boshqaruvchilari saylanmay, qur’a tashlash yo’li bilan aniqlanishi Yana ham
ajibroq edi. Zero, afinaliklar har qanday fuqaro davlat lavozimini egallay oladi, deb
hisoblardilar. Lavozimlarning o’zi ham juda kam edi: strateglar bir yillik muddatga
saylanishardi. Boshqa hamma holatlarda Perikl Afinasi hammaga ma’lum ijroiya institutlari
bo’lmish
prezident, bosh vazir, mahkama Yoki doimiy fuqarolik xizmatisiz ishlarni
eplayverardi. Qarorlar qabul qilish uchun mas’uliyat beistisno yigan a’zolari bo’lgan
fuqarolar zimmasiga tushardi.
Konstitutsiyaviy cheklashlar nimaligini bilmagan Perikl Afinasida fraksiyachilikka
moyillik kuchli bo’lib, ko’pincha so’zamol va ayyor notikdar ta’siriga tushib qoli-nardi.
Shuning uchun ham oqibat-natijada demokratik Afina faylasuf Suqrot (Sokrat)ni o’limga
mahkum etdi va bu bilan uning shogardi Aflotunning bitmas-tuganmas nafratiga uchradi.
Aflotun umuman demoqratiyaning ashaddiy dushmaniga aylandi.
Lekin dushmanlari bo’lgini,
ichki zaifliklariga qaramay, Afina demoqratiyasini nozik
gulga o’xshatib bo’lmasdi. U eramizdan oldingi 404 yilda Peloponnes urushidagi
mag’lubiyatni boshdan kechirib hamda o’zining bosh raqibi Sparta qo’liga tushib ham,
qariyb 200 yil yashadi.
Demoqratiya g’oyalarining umri abadiy deb bo’lmasa-da, undan ham uzoqroq bo’ldi.
Balki shu boisdan ozodlik va demoqratiya ko’pincha sinonim so’zlar sifatida ipshatiladi.
Zero, demoqratiya ozodlikning o’zigina emas, balki uzoq
va uqubatli tarix davomida
shakllangan amaliy normalar va jarayonlar majmuidir. Boshqacha aytganda, demoqratiya
ozodlik qonuniy maqomga ega bo’lginini bildiradi.
Demoqratiya ikki asosiy turga -
Do'stlaringiz bilan baham: