92
emas: chunki davlatni ozod, tashabbuskor, ma’naviy badavlat kishilar bunyod etadi,
mustahkamlaydi, takomillashtiradi. Shuni qayd yetish kerakki, har qanday siyosiy organi
zm eng avvalo samimiy-ma’naviy tabiatga egadir: ma’naviy qadr-qimmat hissini yo’qotgan,
mas’uliyat va davlatga daxldorlik mazmunidan mahrum bo’lgan, ornomus va halollikdan
yuz o’gargan xalq muqarrar ravishda o’z davlatiga xiyonat qiladi va uni barbod etadi.
Haqiqatan ham fuqaro o’z huquqiy ongidan ajralib yashay olmaydi: huquqiy ongi
tuban odam o’z majburiyatlarini bajarmasligi bilan, vakolatlarini oshirib yuborishi bilan,
mayda huquqbuzarlik va qo’pol jinoyatlari, poraxo’rliklar va kamomadlarga yo’l qo’yishi,
korrupsiya va josuslikka qo’l urishi bilan har qadamda o’z davlatiga ziyon-zahmat
yetkazadi. Bu fuqaro emas, balki xoin, sotqin qul, tutilmagan o’g’ridir. Bu «fuqaro» kimni
saylay oladi-yu, uning o’zini qaerga saylash mumkin? Davlat ishlarida u nimaning fahmiga
etadi?
Shunday qilib, gapning indallosini aytadigan bo’lsak, davlat xalqdan tashkil topadi va
hukumat unga boshchilik qiladi. Binobarin, hukumat xalq uchun yashab, ishlashga da’vat
etilgan hamda xalqdan kuch-quvvat olishi kerak, xalq esa, o’z navbatida buni bilishi va
tushunishi darkor, o’zining butun kuch-quvvatini umumiy ishga safarbar etmog’i lozim.
Davlat hayotida xalqning to’g’ri ishtiroki unga kuch bag’ishlaydi. Chinakam davlatchilikning
demokratik kudrati ana shundadir. Mabodo, xalq siyosiy kaltabinligi, erksizligi Yoki axloqiy
jihatlari tufayli o’z demoqratiyasini to’g’ri tashkil eta olmasa - unda demoqratiyaning
bo’lishi mumkin bo’lmay qoladi. Ayni paytda bu yerda bir-biridan andoza olish mumkin
emas, hatto halokatlidir. Zero, har bir xalq o’z hayotining har bir davrida aynan o’zi
uchungina mos va maqsadga muvofiq uslubni topishi mumkin va lozim.
Demoqratiya markaziy va mahalliy organlar o’rtasidagi vakolatlarni chegaralash
tizimining yangi darajasi bilan ham belgilanadi. Markaziy davlat hokimiyati faqat umuman
jamiyatning mavjudlgi bilan bog’liq masalalar - ekologiya, jahon hamjamiyatida mehnat
taqsimoti, qurolli mojarolarning oldini olish kabi masalalarnigina hal yetishni o’z zimmasiga
oladi.
Demokratik jamiyatda normativ muvofiqdashtirish ham tubdan o’zgaradi. Zero,
kelajak orzulari ushalishi bilan majburlovni ommaviy qo’llash masalasi olib tashlanishi
kerak.
Albatta, demokratik rejim muammolarsiz rejim emas. Unda jamiyatning ijtimoiy
tabaqalashuvi, jamiyat hokimiyati, ba’zan ayrim tarixiy shart-sharoitlarda jamiyatni
vaqtidan ertaroq demoqratlashtirish yuz berishi, bu esa, hokimiyatning zaiflashuviga,
ijtimoiy barqarorlikning buzilishiga, hatto anarxiyaga olib kelishi, ekstremizmning
jonlanishiga sharoit yaratishi mumkin. Biroq, baribir, demoqratiyaning ijtimoiy qimmati
g’oyatda yuqori. Nihoyat, kim nima deyishidan qat’i nazar, demokratik rejim insoniyat
davlat tuzilishida erishgan, hozirgi zamon tsivilizatsiyasi moddiy asoslariga, yangiliklari va
intilishlariga mos eng buyuk ne’matdir.
Do'stlaringiz bilan baham: