39
deganda tobora ko’proq hukmdor va uning yaqinlari, xalq hokimiyati organlari, amaldorlar,
mansabdor shaxslar qatlamlari va shu kabilar birgalikda tushuniladigan bo’ldi. Davlat
mohiyatini tushunishdagi bunday o’zgarishlarning, albatta, o’z sababi, o’z targibotchilari
bor edi.
Ular orasida J.Boden o’zining «Davlat to’g’risida olti kitob» asarida davlatni «suveren
hokimiyat vositasida ko’plab oilalar va ularga tegishli narsalar»
6
ustidan adolatli hukmronlik
sifatida tushunishni taklif etgandi.
Atoqli fransuz davlatshunosi, Arastu singari, davlat
deganda odamlarning muayyan birligini qayd etsa-da, bu birlik endi davlatning asosiy,
tizimlar tashkil etuvchi qismi sifatida maydonga chiqmaydi. U faqat davlat tomonidan
harakat ob’yekti sifatidagina namoyon bo’ladi. Davlat esa, uning ta’kidlashicha, suveren
hokimiyatning odamlar jamoasi ustidan amalga oshiradigan rahbarligidir. J.Bodengacha
hech kim davlatni shunday tushunmaginini qayd yetish joiz.
«Suverenitet», «suveren hokimiyat» uning nazariyasidagi muhim so’zlardir.
Uning
fikricha, suverenitet «davlatning doimiy va mutlaq hokimiyatidir». Ayni paytda uning bu
nazariyasining o’ziga xos tomoni shundaki, odamlarning butun jamoasi suveren
hokimiyatning eng yaqin va bevosita amalga oshiruvchisi bo’lolmaydi, bu vazifani
hammaning ustidan hukmron bo’lgan davlatpanoh (Yoki oliy organ) bajarishi mumkin. Shu
tariqa u xalq suverenitetini keyingi o’ringa surib, uni davlatpanoh suverenitetiga
almashtiradi.
J.Boden davlatning shubhasiz muhim belgisini alohida ajratib, munosib baholay
olganligini ta’kidlash kerak.
Lekin mazkur tamoyil, muallifning bunday talqini ba’zi
e’tirozlarga sabab bo’lmasligi mumkin emas. Zero, bu suverenitet egasini ijtimoiy yahli
tlikni tashkil etuvchi odamlar jamoasidan keskin ajratib qo’yish degan gap edi. Chunki
dahshatning o’zi ham, unga suverenlik huquqini baxsh etuvchi ham ana shu yahli tlikning
qismlaridir. Shu nuqtai nazarni T.Gobbs ham qo’llab-quvvatlab rivojlantiradi. Darvoqe,
buning uchun u birmuncha boshqacha dalillardan foydalanadi.
Odamlarni qo’rquvda ushlab, ular harakatini ezgulikka yo’naltirishga, deydi T.Gobbs,
faqat barcha alohida imtiyoz va kuchlarni bir odam qo’lida Yoki bir qancha kishilik jamoat
qo’lida jamlash orqaligina erishish mumkin. Agar shu tariqa ko’pchilik odamlarning
birlashuvi ro’y bersa, bu davlat deb ataladi. Monarx (ya’ni, podsho) davlat timsolida
namoyon bo’ladi. Davlat mohiyati faqat ana shu odamda (Yoki tegishli shaxslar
yig’inida)gina mujassamlashgan bo’ladi, deb hisoblaydi T.Gobbs. Suverenitet sohibi aynan
shu davlatning o’zidir, uning zimmasiga «qo’l ostidagilarga tinchlik-osoyishtalikni baxsh
yetish, ular xavfsizligini ta’minlash yuklatiladi»
7
.
Bunday qarashlar dunyo miqyosida ancha keng tarqalgan Anarxistlar ham,
sotsialistlar ham, liberallar ham ularni qo’llab-quvvatlashgan. Chunonchi, misol uchun rus
anarxisti M.Bakunin, davlatni jamiyatga hech qanday aloqasi bo’lmagan
tashkilot deb
hisoblaydi. Uning fikricha, davlat «uch yaramas narsaga - burokratiya, politsiya va
armiyaga taYanadi.-...bu imtiyozli sinflar ezuvchi va aqidaparast idrokining ko’zga tashlanib
turuvchi tana jismidir»
8
.
Shunday qilib, biz davlat mohiyatining marksizm asoschilari tomonidan talqini
masalasiga yetib keldik. Uni alohida izohlamoqchimiz. Zero, davlatchilik nazariyasi va
amaliyoti taraqqiyotida ular alohida salbiy ahamiyat kasb etgan.
K.Marks va F.Engels uchun davlat, birinchi navbatda, «bir
sinfning ikkinchi sinf
tomonidan bostirilish mashinasidan boshqa narsa emas». Marks va Engels, burjua
jamiyatidagi davlat «faqat butun burjuaziya sinfi umumiy ishlarini boshqaruvchi qo’mitadir,
xolos», deb uqtirishgan («Kommunistik partiya manifesti»), Lenin ham davlat timsolida
6
“LL persiero politico dalle oruginial nostri Giorni” Roma, 1966, Р. 356.
7
Гоббс Т. Соч. В 2-х tomах. М., 1992, 2-tom. 133-bet.
8
Бакунин М. Избр, соч. М., 1992, 2-tom. 262-bet.
40
«bir sinfning boshqasi ustidan hukmronligini saqlab turuvchi» mashinani ko’rgan. «Davlat -
muayyan sinfning hukmronlik organi dir, - deydi u. - U o’z muxoliflari bilan (o’ziga qarama-
qarshi sinf bilan) murosaga kelishi mumkin emas».
Bunday yondashuv davlat to’g’risidagi tasavvurlarni qashshoqlashtirar va hatto buzib
ko’rsatardi, uning mohiyati va ijtimoiy ahamiyatini jo’n va bir tomonlama tushunishga olib
kelar, mazkur hodisaning majburlovchi, zo’ravonlik tomonlari ustuvorligini tan olishga
da’vat yetardi.
Biroq, shuni ham ogohlantirish joizki, har qanday yondashuvni, shu jumladan, sinfiy
yondashuvni ham bir yo’la rad etib bo’lmaydi. Davlat rivojida shunday paytlar bo’ladiki,
unda mazkur yondashuv ham (barcha nuqsonlariga qaramay) ish berishi mumkin.
Masalaning mohiyatini oydinlashtirishga harakat qilamiz.
Ma’lumki, iqtisodiyotning rivojlanishi muayyan darajaga yetib, ijtimoiy ne’matlarni
teng taqsimlashning avvalgi tizimi yashay olmay qolgan
hamda jamiyatning bundan
keyingi rivoji uchun Sharq jamiyatida bo’lginidek, siyosiy sohada yoxud Ovrupodagidek
siyosiy va iqtisodiy sohada bosh-qaruv bilan shugullanadigan elitar qatlamni ajratish za-
ruratga aylanganda davlat dunyoga keladi. Bu - jamiyatni tabaqalanishga olib keldi va
shunda dastlab (ibtidoiy jamoa tuzumida) jamiyatning barcha a’zolariga tegishli bo’lgan
hokimiyat siyosiy mazmun kasb etdi, ya’ni u eng avvalo imtiyozli ijtimoiy guruhlar, sinflar
manfaatiga xizmat qila boshladi. Binobarin, davlatning paydo bo’lishi hamisha
Do'stlaringiz bilan baham: