O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


-§. Davlat va huquqning paydo bo’lishi haqidagi dunyoviy ta’limot



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

 
3-§. Davlat va huquqning paydo bo’lishi haqidagi dunyoviy ta’limot 
Davlat va huquqning paydo bo’lishi to’g’risida dunyoda juda ko’p qarashlar, g’oyalar 
va ta’limotlar borki, ularning hammasi to’g’risida so’z yuritish imkoniyati yo’q. Shu 
sababdan biz ularni asosan uch guruhga bo’ldik. Birinchisi, 
dunyoviy bilimlar, ikkinchisi esa 
diniy va uchinchisi, yaqin o’tmishda sobiq SSSRda asosiy, yagona ta’limot hisoblangan 
marksizm-leninizm ta’limotidir. 
Dunyoviy bilimlar haqida so’z yuritadigan bo’lsak eng avvalo shuni esda saqlash 
kerakki, bu yo’nalishdagi g’oyalar, qarashlar ilmiy asosga ega va hayotiydir. 
Dunyoviy huquqiy bilimlarning o’zi ham turli-tuman maktablar, yo’nalishlarga 
bo’linadi. Masalan, patriarxal nazariya (Arastu, Forobiy), shartnoma nazariyasi (Jan Jak 
Russo, Gugo Grotsiy, Spinoza, Lokk va Gobbs), tabiiy huquq nazariyasi (D.Lokk, T.Gobbs, 
G.Grotsiy, B.Spinoza) va boshqalar. Sobiq ittifoq davrida yozilgan o’quv qo’llanmalarida 
marksizm-leninizm ta’limotidan tashqari davlat va huquq to’g’risidagi maktablar, qarashlar 
«burjuacha», «feodallarcha» dunyoqarashga asoslangan va ular to’g’ri emas deya tanqid 
qilingan. Bugun Mustaqillik sharofati bilan faqat millat, respublika ozod bo’lib qolmasdan, 
balki davlat va huquq to’g’risidagi fan ham marksizm-leninizm dogmasidan ozod bo’ldi. 
Endilikda uni barcha boshqa ilg’or mamlakatlar universitetlarida o’rganilayotginidek, biz 


35 
ham cheklamasdan, turli tomonlarini turli nuqtai nazardan o’rganish imkoniyatiga ega 
bo’ldik. 
Kishilik jamiyati taraqqiyoti turli davrlar va bosqichlarni bosib o’tgan. Forobiy esa 
insoniyat jamoalarini kichik, o’rta va buyuk jamoalarga bo’ladi. Va davlat, qonun 
masalalarini ana shu bo’linishda o’rganadi. Forobiy kichik, ya’ni bir shahar markazini tashkil 
etgan odamlar baxtli hayot kechiradigan jamoa, davlatning ideal ma’rifatli jamoa va davlat 
ekanligi to’g’risida yozadi. 
Davlat va huquqning kelib chiqishi to’g’risidagi nazariya-lar orasida yetakchi o’rinni 
egallaydigan nazariya 
tabiiy huquq, nazariyasidir. Uning tarafdorlari g’arbiy Ovrupo olimlari 
D.Lokk, T.Gobbs, G.Grotsiy, B.Spinoza va boshqalardir. Bizning fikrimizcha, tabiiy huquq 
nazariyasi tarafdorlari qatoriga patriarxal nazariya asoschilari - Arastu, Forobiylar; 
shartnoma nazariyasi asoschilari - J.J. Russo va boshqalar ham kiradilar. Chunki 
shartnoma asosida Yoki oilalarning rivojlanishi va ittifoqi asosida davlatning, huquqning 
kelib chiqishining e’tirof etilishi tabiiy qonunlarning birlamchiligini tan olishdan boshqa 
narsa emasdir. 
Tabiiy huquq nazariyasi tarafdorlari ikki huquqning mavjudligini: tabiiy huquq va 
insoniy Yoki kitoblarda pozitiv huquq deb yuritiladigan huquqning mavjudligini e’tirof 
etadilar. Tabiiy huquq asos, boshqacha qilib aytganda, birlamchi hisoblanadi. U inson 
tafakkuridan tashqarida abadiy mavjud bo’ladi. Inson huquqlari, ya’ni davlatlarda 
o’rnatilgan huquqlar ana shu tabiiy huquqlardan kelib chiqqan bo’lishi kerak deb 
hisoblanadi. 
Tabiiy huquqning o’zi qanday huquq? Birinchidan, abadiy; ikkinchidan, inson 
huquqidan ustun turadi va uchinchidan, inson hayotida, barcha mavjudotlar hayotida hal 
qiluvchi kuchga egadir. Bizning fikrimizcha, teologik, ya’ni diniy ta’limotlarda barcha 
olamning egasi Olloh deyilginidek, tabiiy huquq ham tabiat va jamiyat taraqqiyotini 
belgilab berishda tanhodir. Shu ma’noda ular bir-biriga yaqin tushunchalardir. 
Tabiiy huquqlarga, masalan, insonning dunyoga kelishi na uning yashash huquqi, 
oila qurish huquqi, ota va onalik huquqi, bolalarning huquqi, mehnat qilish huquqi va 
hokazolar kiradi. Bu huquqlar tabiatdan insonga ato etilgan bo’lib, uni biror hukmdor Yoki 
qonun bekor qilish huquqiga ega emas. 
G.Grotsiy, B.Spinoza, J.Lokk, Sh.Monteske, T.Jefferson va ko’plab boshqa olimlar, 
siyosiy arboblar har bir inson yashash, erkin bo’lish va mulkdor bo’lish huquqiga egadir, 
deb hisoblaydilar. Ular o’zlarining asarlarida yangi davlatlarning tuzilishini belgilab, unda 
inson va uning huquqlarini aniq ko’rsatib berishga muvaffaq bo’ldilar. Fuqarolarning davlat 
bilan bo’ladigan munosabatlari yig’indisi sifatida «Fuqarolik huquqi» fani vujudga keldi. 
«Fuqarolar huquqi», «fuqaroviy huquqlar», «inson huquqi» kabi tushunchalar paydo bo’ldi. 
Tabiiy huquq nazariyasi ta’limotlari asosida Erkinlikning buyuk xartiyasi (1215 y.), 
Huquq to’g’risidagi petitsiya (1628 y.), Huquq to’g’risidagi bill (1689 y.), Amerika Qo’shma 
Shtatlarining Mustaqillik deklaratsiyasi (1789 y.), O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik 
deklaratsiyasi (1990 yil 20 iyun) yaratilgan. Ana shu deklaratsiyalar asosida esa bugun 
amaldagi AQSh Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Yana 
ko’plab jahondagi ilg’or dunyoviy davlatlar konstitutsiyalari qabul qilingan. Fransiya 
deklaratsiyasi inson huquqlari qatoriga erkinlik, mulk, xavfsizlik haqida, zulm va 
zo’ravonlikning har qanday ko’rinishiga qarshi kurash huquqlarini kiritgan bo’lsa, 
O’zbekiston Mustaqillik deklaratsiyasi esa mustaqillik, o’z taqdirini o’zi belgilash, har bir 
kishining farovon hayot kechirish va xavfsizlik huquqlarini belgiladi. 
Tabiiy huquq nazariyasi bugun dunyoviy demokratik huquqiy davlatlarning 
Konstitutsiyasi va qonunlariga asos qilinib olingan. U o’zining hayotiyligi, to’g’riligi bilan 
barcha boshqa nazariyalardan farq qiladi. O’zbekiston Respublikasi qonunlari va davlat 
qurilishi ana shu tabiiy huquq ta’limotlari asosida rivojlantirilishi jamiyat va davlatning 


36 
istiqbolini belgilab bermoqda. 
Demak, tabiiy huquq nazariyasi, birinchidan, inson huquqidan ustun va mustaqil 
bo’lgan abadiy amal qiluvchi huquq; ikkinchidan, inson huquqi, ya’ni har bir davlatda 
mavjud, amal qilayotgan huquq; uchinchidan, dunyoviy davlatlarda inson tomonidan qabul 
qilingan huquqlar Yoki pozitiv, ya’ni davlatda tabiiy huquqqa asosan va unga mos ravishda 
qabul qilingan qonunlarni o’z ichiga oladi. 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish