O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

Jamiyat va hokimiyat. 
Inson tabiatan shunday xislatlarga egaki, bular undagi 
xulq-atvor va xatti-harakatlarga sabab bo’ladi. Forobiy aytginidek, sohibi qonun bu 
xislatlarni nazarda tutishi, ularni tuzatishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, jamiyatga 
birlashgan fuqarolarni boshqarishi kerak. Jamiyatni boshqarish o’z-o’zidan amalga 
oshmaydi. Uni hokimiyat boshqaradi. Hokimiyat jamiyatni tartibga soladi. Unga qalb baxsh 
etadi. Hokimiyat izidan chiqqan jamiyatlarda barqarorlik va tartib yo’qoladi. Shu nuqtai 
nazardan hokimiyat masalasi jamiyatning yashashida muhim o’rinni egallaydi. Hokimiyat 
tufayli jamiyat hayotida sodir bo’ladigan ijtimoiy munosabatlar tartibga solinadi va ular 
ma’lum maqsad va vazifalarning bajarilishiga yo’naltirilgan bo’ladi. Hokimiyat turli shakl va 
xaraktyerda bo’lishi mumkin, masalan, nodavlat va davlat hokimiyatlari mavjuddir. 
Ularning har ikkisi ham jamiyatni boshqarish uchun tashkil etiladi. 
Sotsial hokimiyat Yoki ijtimoiy hokimiyat va siyosiy hokimiyat tushunchalariga 
kelganda shuni aytish kerakki, ijtimoiy hokimiyat urug’, qabila, guruh, sinf, xalq tomonidan 
tashkil etilgan kuch bo’lib, odamlarni o’ziga bo’ysundirgan holda ishontirish va majburlash 
usullari orqali umumiy manfaatni ta’minlash uchun xizmat qiladi. 
Hokimiyatni tashkil yetish va uning aniq amal qilishi ko’p omillarga bog’liq bo’ladi. 
Birinchidan, aniq tarixiy sharoitdan kelib chiqish kerak, ikkinchidan, iqtisodiyotniig 
darajasiga, uchinchidan, insonlarning, ayniqsa, hukmron doiralarning erkiga bog’liq bo’ladi. 
Hokimiyat to’g’risidagi ta’limotlarda «hukmronlik qilayotgan sub’yekt» degan tushunchaga 
katta e’tibor beriladi. Buning ma’nosi shuki, hokimiyat egasiz bo’lmaydi. Eng muhimi, 
hokimiyat kimga tegishli: xalq hokimiyatimi Yoki ayrim sinf, guruhlarniki ekanligini aniqlash 
muhimdir. Erk ana shu hokimiyat va uning egasini hokimiyat sub’yekti bilan bog’laydi, 
mustahkamlaydi. Rahbarlar va ularga bo’ysunuvchi, itoat etuvchilar, hukmronlik qiluvchilar 
va tobelar kabi tushunchalar mavjuddir. Hokimiyat egasi - sub’yekti rahbarlar bo’lsa, uning 
ob’yekti esa unga tobe shaxslardir. Hokimiyat masalasini ko’rayotganda uning muhim 
unsurlaridan bo’lmish erkdan tashqari boshqa unsurlari ham muhimdir. Masalan, hokimiyat 
kuchli bo’lsa, tartib bo’ladi, va aksincha, u kuchsiz bo’lsa, hokimiyatni odamlar mensimay 
qo’yishadi. Natijada qonunlar buziladi, ijtimoiy tartiblar izidan chiqadi. Hokimiyat xalqqa 
tayansa, uning ishonchiga sazovor bo’lsa kuchli bo’ladi. Buning uchun hokimiyat vakillari 
mafkura orqali hamda turli-tuman odamlarga va’dalar berish yo’llari va usullari bilan 
ularning ishonchini qozonishga harakat qiladi. N.Makiavellining so’zlari bilan aytganda, 
hokimiyatni mustahkamlash va markazlashtirish uchun turli usullardan foydalanish 
maqsadga muvofiqdir. Hokimiyat hamma vaqt jamiyat taraqiyotiga o’z ta’sirini o’tkazishga 
harakat qiladi. Turli siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, sinflar, tabaqalar, millatlar 
vakillari hokimiyatga egalik qilish uchun kurashadilar. Shu sababdan ham hokimiyat uchun 
kurash ba’zan qonli to’qnashuvlar, fuqarolik urushlarini keltirib chiqarishini biz tarixdan 
yaxshi bilamiz. 
Xulosa qilib aytganda, hokimiyat bevosita jamiyat bilan bog’liq bo’lib, u jamiyatning 
paydo bo’lishi bilan tashkil topadi. Hokimiyat turli ko’rinishlar va shakllarda rivojlangan 
murakkab ijtimoiy voqelikdir. Odatda, ilmiy kitoblarda uning ikki xil ko’rinishda mavjud 
bo’lishi e’tirof etiladi: siyosiy bo’lmagan va siyosiy hokimiyat. Ularning har ikkalasi umumiy 
sotsial hokimiyat tushunchasi bilan ta’riflanadi. Sotsial hokimiyat jamiyatga tartib, shakl 
beradi, rahbarlik qiladi. Odamlarning qonun va qonunlarga binoan yashashlarini 
ta’minlaydi. Shu sababdan ham hokimiyatning to’g’ri tashkil etilishi, uning omma bilan 
aloqadorligi, kuchliligi kabi sifatlari jamiyatning umumiy manfaatlarini, farovon hayotini, 
tinchligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Kitoblarda ko’p jihatdan hokimiyat iqtisod asosida tashkil topgan ustqurma sifatida 


30 
ta’riflanadi. Uning rivojlanishi, ko’rinishi, shakli va mazmuni iqtisodiy munosabatlar bilan 
belgilanadi. Ammo shuni yodda saqlash kerakki, hokimiyat jamiyatda rahbarlik qilayotgan 
kuchlar, sinflar, partiyalar va tabaqalar, ayniqsa ayrim shaxslarning erklariga, ularning 
g’oyalari va maqsadlariga bog’liq bo’lib, jamiyatning rivojlanishida ijobiy Yoki salbiy rol 
o’ynaydi. Agar g’oyalar, maqsadlar ilg’or, insoniy va ko’pchilik manfaatiga qaratilgan bo’lsa, 
so’zsiz, ijobiydir, va aksincha, faqat alohida guruh, partiya, tabaqaning manfaatiga 
qaratilgan bo’lsa, bunday hokimiyat totalitar, avtoritar, diktatorlik rejimlariga olib keladi. 
Hokimiyatning to’g’ri, demoqratiya tamoyillari asosida tashkil etilishi - ulug’ ishdir. 
Masalan, Yaponiya, Olmoniya kabi mamlakatlar xalqlari baxt-saodatlari, ularning tinchliklari 
boisi tartib va qonunchilikning chinakam o’rnatilganligidadir. Rossiya, Afg’oniston kabi 
mamlakatlarda, afsuski, to’qnashuvlar, urushlar bu hokimiyatning, tartib, qoidalarning 
yaxshi shakllanmaginidan, kuchsizligidan, adashayotginidan dalolat beradi. O’zbekistonda 
esa, bugun shunday hokimiyat tashkil topdiki, u o’tish davrining qiyinchiliklari va 
injiqliklariga qaramasdan, mamlakatda tinchlikni ta’minladi. Jinoyatchilik, ayniqsa, o’ta 
xavfli uyushgan jinoyatchilikka qarshi o’z kuchini qarshi qo’yishga muvaffaq bo’ldi. 
Mamlakatda kuchli davlatchilikdan kuchli jamiyat sari rivojlanishni ta’minladi. 
Hokimiyat masalasi, eng avvalo, qonun-qoidalar bilan bog’liq bo’ladi. Hokimiyat o’z-
o’zicha ishlay olmaydi. Uning o’zi, ichki tuzilishlari ham qonunlar va qoidalarga asoslangan 
bo’lishi kerak. Jamiyat a’zolarining yurish-turishlari ham qonunlar va qoidalar bilan 
belgilangan bo’lishi shart. Adabiyotlarda qonunlar va qoidalar (normalar) bir so’z bilan 
sotsial normalar deb yuritiladi. Ular ikki asosiy turga: majburiy xaraktyerda bo’lmagan 
(odob-axloq normalari) va hamma uchun majburiy (qonunlar)ga bo’linadi. 
Jamiyatda sotsial normalar yaxshi ishlangan va hayotiy bo’lsa, ularning amaliyotda 
qo’llanilishi yaxshi yo’lga qo’yilgan bo’lsa, bunday jamiyatda adolat, tinchlik, farovonlik 
mavjud bo’ladi. Jamiyatda sotsial normalar amal qilmasa, ular buzilsa, ayniqsa sohibi 
qonunlar tomonidan e’tiborsizlik bilan qaralsa, bunday jamiyatlarda parokandalik, 
tartibsizliklar bo’lishi muqarrardir. 
Jamiyat a’zolarining kundalik turmushlarida, ularning o’zaro munosabatlarida 
hukmronlik qiladigan va ularning dunyoqarashlarida ko’nikmalarga aylanib qolgan qoidalar 
- ularning ota-bobolari tomonidan o’rnatilgan, joriy etilgan qonunlar muqaddasligidir. 
Jamiyatda umumiy tinchlik, barqarorlik saqlashda hokimiyat ana shu qonuniyatlarga qatiy 
rioya qilishi kerak. 
Ijtimoiy tartibni o’rnatishda, muayyan tizimga solishda, boshqarishda, birinchi 
navbatda, odamlarning xatti-harakatlarini, yurish-turishlari, ularning jamoalari, 
tashkilotlari, organlarining faoliyatlari qoida va qonunlar asosida quriladi. Jamiyatdagi 
ijtimoiy tartib quyidagi qonuniyatlar asosida amalga oshiriladi. 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish