O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


-§. Diniy, siyosiy va huquqiy qarashlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

2-§. Diniy, siyosiy va huquqiy qarashlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi 
Insoniyat tarixida ilk bor jamiyat, davlat, qonunlar to’g’risidagi qarashlar Turon, 
Misr, Bobil, Hindiston va Xitoy kabi mamlakatlarda mifologiya shaklidagi ilohiyat bilan 
bog’liq holda paydo bo’lgan va rivojlangan. Masalan, qadimgi Turon va Eron, ya’ni Ajam 
davlatida «Avesto» - zardushtiylarning diniy kutobida yerdagi hokimiyat va tartib, qonun-
qoidalar koinot qonun-qoidalarining davomi, ajralmas qismi sifatida o’rganiladi. Kuch, 
qudrat, adolat, haqiqatning barchasi Xudoning sifati, shu jumladan davlat va qonunlar ham 
uning irodasi bilan paydo bo’lgan deb uqtiriladi va hokazo. 
Xuddi shu tarzda barcha kitobiy dinlarda davlat va huquqning kelib chiqishi va 
mohiyati o’rganiladi. Bu yerda shuni aytish kerakki, har bir mamlakatdagi siyosiy-huquqiy 
qarashlarning o’ziga xos tomonlari ham mavjud bo’lgan. Masalan, qadimgi Xitoy 
manbalarida yozilishicha: imperator yerda osmon tomonidan tayinlangan va u xudo bilan 
munosabatda. Uning hokimiyati mutlaq. Davlat xizmatidagi boshqa mansabdor shaxslar va 
barcha fuqarolar faqat uning irodasini, farmonlarini amalga oshiruvchilardir. Misr, Bobil, 
hind xalqlari hayotida esa Olloh bir vaqtning o’zida butun koinotni va yerdagi jamiyatni, 
davlatni boshqaruvchi kuch sifatida o’rganilgan. Qadimgi yahudiylar diniy kitobi - Muso 
qonunlari to’g’ridan to’g’ri Ollohdan olingan, aniqrog’i Musoga nozil bo’lgan. Shu sababdan 
ham Olloh butun yahudiy xalqi bilan alohida shartnoma asosida, zarur bo’lganda uning o’zi 
jamiyatni to’g’ridan-to’g’ri idora qiladi. U Oliy sohibi qonun, boshqaruvchi va qozidir. 
Islomda ham muqaddas Qur’on oyatlari payg’ambar Muhammad alayhu vas-sal-lamga 
nozil bo’lgan. Demak, Oliy sohibi qonun Ollohning o’zi. Uning talablari, qoidalari 
payg’ambar orqali odamlarga yetkaziladi. Payg’ambar va muqaddas qonunlar orqali davlat 
boshqariladi. 
Xammurapi qonunlari (er.av. XVIII asr, Bobil), Manu qonunlari (Hindiston, taxminan 
er.av. II asr) va ko’plab boshqa qonunlar majmuasi ana shu qadimgi dinlar asosida 
vujudga kelgan edi. 
Eramizning boshida paydo bo’lgan xristianlik dini, uning manbalari - Injil kitobi 
hamda yirik diniy arboblar kitoblarida ham davlat va huquq masalalari o’ziga xos tarzda 
ilohiylashtirilgan. Masalan, Avreliy Avgustinning (354-430, Shimoliy afrikalik) «YAratuvchi 
tayanchimizdir» degan kitobida uning qarashlari bayon etilgan. Uning fikricha, ikki dunyo, 
ikki davlat va ikki qonun mavjud. Birinchisi Ollohning nomi bilan bog’liq, ikkinchisi esa 
insonga bog’liqdir. Inson o’zining azim xatosi, jinoyati tufayli Olloh tomonidan jannatdan 
chiqarilib, u gunohkor va kunini yashab bo’lganligi uchun umrining so’ngada o’limga hukm 
qilingandir. Inson Olloh yo’lida, unga itoat qilib yashasa, u yaxshidir, va aksincha, u inson 
sifatida o’z ta’biricha yashasa, u yomon, gunohkordir. U odamlarni ikki toifaga bo’ladi: 
birinchi toifadagalar Ollohning marhamati bilan faqat uning qonun-qoidalariga muvofiq 
yashovchilar hamda ikkinchilari inson sifatida o’z qonun-qoidalariga binoan yashovchilar. 
Birinchilar abadiy Olloh bilan birga bo’lsalar, ikkinchilari abadiy adashishda, azobdadirlar. 
Shu yo’nalishda u qonunlarni ham ikki toifaga bo’ladi: «ilohiy» va «insoniy» qonunlar. 
Birinchisi ikkinchisi uchun asos hisoblanadi, ya’ni davlat tomonidan qabul qilinayotgan 
qonunlar avvalo ilohiy qonunlarga binoan qabul qilinishi kerak degan ta’limotni ilgari surdi. 
Bunday qarashlar keyinchalik Foma Akvinskiy (1225-1274 yy.) asarlarida 
rivojlantirildi. Uning «Hukmdorlarning hukmronligi to’g’risida» (1265-1266 yy.), «Ilohiyot 
majmui» (1266-1274 yy.) asarlarida siyosat, davlat, qonunlar masalasi to’g’risida fikr va 
mulohazalar bildirilgan. U ilohiy ta’limotlar nuqtai nazaridan davlatning vazifasi umumiy 
farovonlikka erishishdir, deb hisoblaydi. 
Davlat hokimiyatining uch unsuri: 1) mohiyati, 2) paydo bo’lish shakli, 3) amalga 
oshirilishini farqlaydi va ularni sharhlab beradi. Masalan, davlatning mohiyati Olloh 
tomonidan boshqaruvchilar va ularga itoat etuvchilar o’rtasidagi munosabatdan iborat. 


34 
Yuqori tabaqadagilarning erklari quyi tabaqadagilarni boshqaradi. Bu qoida abadiy, qat’iy, 
Olloh tomonidan o’rnatilgandir. Uning shakli turlicha, ba’zan yomon bo’lishi mumkin. Davlat 
hokimiyatining amalga oshirilishida ham mansabni suiste’mol qilishlar uchrashi mumkin. 
Bunday hollarda, odamlar xristian dini ta’limotlariga, uning Cherkoviga ergashishlari kerak, 
kabi mulohazalarni ilgari surgan. 
Bizning mamlakatimizda diniy ta’limotlardan islom, islomga qadar zardushtiylik 
(Avesto) ko’p asrlar davomida odamlarning ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashlarini 
shakllantirgan dinlardir. Qadimgi Turon va Eron zaminida (arablar ularning har ikkalasini 
Ajam davlati deb hisoblaganlar, ya’ni arabdan tashqari degan ma’noda) eng qadimgi yirik 
din zardushtiylik dini bo’ldi. Uning ta’limotlari «Avesto» kitobida bayon etilgan. Uning 
asoschisi Zardusht taxminan miloddan avvalgi 630-553 yillarda yashagan. U turkiy tilda 
gapiruvchi xalqlar vakili bo’lgan, masalan, Beruniy uni ozarbayjonlik deb hisoblagan. 
Zardushtiylik qonunlarida haqiqat, adolatlilik uch axloqiy-huquqiy tayanchga asoslanadi: 
ezgu fikr (g’oya), ezgu kalom (so’z), ezgu amal (ish). «Men yaxshi fikr, yaxshi so’z, yaxshi 
ishga shon-shavkat baxsh etaman. Men yaxshilikdan iborat Ahura Mazda qonuniga shon-
shavkat baxsh etaman» («YAsna», 14). «Inson qalbi chirog’ini yoqishda ikki qarama-qarshi 
kuch: Voxu Mana («Ezgu fikr») va Ako Mana («Yovuz fikr») ta’sir ko’rsatadi. Barcha fikr, 
g’oya, va so’zlar zaminida ezgulik va yovuzlik yotadi» («YAsna», 30). Ezgulikka asoslangan 
so’z, g’oya, harakat - tinchlik, g’amxo’rlik kabilardir. Va, aksincha hasadgo’ylik, yomonlik, 
urush va janjallar yovuzlikdan darak beradi. 
«Avesto»da tinchlik, do’stlik, yaxshilik, adolat g’oyalari bilan birga jinoyat va jazo, 
tabiatni muhofaza qilishga tegishli ko’pdan-ko’p, bugun ham ibratli qoida (norma)lar 
mavjuddir. 
Islom masalasiga kelganda shuni aytish kerakki, bu din o’zidan avvalgi eng yirik 
dinlar orasida yosh din bo’lganligi sababli uning qonun va qoidalari (Qur’on, Hadis) falsafiy, 
huquqiy fikrlar ilohiy ta’limotlar asosida inson hayotining turli sohalari va qirralarini tartibga 
soladi. Insonning paydo bo’lishi va uning yashash, turmush qoidalari; inson va Olloh, inson 
va payg’ambar, inson va tabiat o’rta-sidagi munosabatlar; inson bilan inson o’rtasidagi 
munosabat ibratli tarzda izohdanadi. Jamiyat hayotida davlat tartibining o’rnatilishi, 
ayniqsa qonunchilikka rioya qilish to’g’risidagi juda ko’p fikr va mulohazalar bitilgan. Ularni 
bilish bugun ham ahamiyatlidir. 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish