31
adabiyotlarda ikki turga bo’ladilar. Oddiy bir shaxsga taalluqli
Yoki bir marotaba amal
qiladigan normalar va murakkab, ya’ni hamma uchun barobar bo’lgan, doimiy amal
qiladigan normalar.
Normalar bilan jamiyat hayotini tartibga solish insoniyat hayotida eng muhim
yutuqlardan biri hisoblanadi. Hamma uchun qat’iy qilib o’rnatilganligi va unga amal qilish
davlat tomonidan ta’minlanishi jamiyatni tartibga keltiradi. Qonun-qoidalar qanchalik
hayotiy, adolatli bo’lsa va ularni sohibi qonunlar amalga oshirishni ta’minlasalar, bunday
jamiyatda ijtimoiy tartib yuksak bo’ladi. Aksincha, qoidalarga rioya etilmasa,
qonunlar
buzilsa, jamiyat hayotida tartibsizlik yuz beradi. Tartibsizlik jamiyatni oxir-oqibatda
halokatga olib kelishi mumkin. Jamiyatda tartibsizlikni keltirib chiqaradigan kuchlar mavjud
bo’ladi. Jinoyatchi guruhlar, turli-tuman siyosiy, diniy aqidaparastlarni misol qilib keltirish
mumkin. Sohibi qonun hamma vaqt ana shu xavf va xatarlardan ogoh bo’lgan holda ularni
bostirish uchun ijtimoiy tartibni mustahkamlashi kerak. Masalan, bugungi O’zbekiston,
YAponiya kabi davlatlarda ijtimoiy tartib jamiyatning rivojlanishiga olib kelganligini
ko’ramiz. Afg’oniston, Rossiya va Yana boshqa bir qator mamlakatlarda, aksincha, ijtimoiy
tartibsizlikka olib keluvchi kuchlarning ustunligini kuzatamiz.
Jamiyatning paydo bo’lishi va rivojlanishi masalasini o’rganadigan bo’lsak,
birinchidan, uzoq yillar davomida adabiyotlarda ushbu masala birlamchi manba
sifatida
marksizm-leninizm ta’limoti asoschilaridan biri F.Engelsning «Oila, xususiy mulk va
davlatning kelib chiqishi» asari asosida o’rganildi.
F.Engelsning asari esa o’z navbatida mashhur amerikalik tarixchi olim L.Morganning
«Qadimgi jamiyat» (1877 yil) degan asari asosida yozilgan edi.
Ikkinchidan, jamiyatning paydo bo’lishi, rivojlanishi masalasi
asosan evrotsentrik
ta’limotlar, g’oyalarga tayandi.
Uchinchidan, eng achinarlisi shundaki, inson «hayvonot dunyosidan» ajralib
chiqqandan keyin jamiyatning dastlabki bosqichiga asos soldi Yoki inson maymunlar
oilasidan ajralib chiqib, o’z jamiyatiga asos soldi, degan qarashlar va ta’limotlar hozircha
adabiyotlarda hukmronlik qilib kelmoqda. Bizning fikrimizcha,
bunday qarashlar ilmiy
dalillarga asoslanmagan ta’limotlardir. Inson tabiatan inson bo’lib yaratilgini boshqa gap.
Uning hayoti, madaniyati, tafakkuri turli tarixiy davrlarda turli bosqichlarni bosib o’tib,
tsivilizatsiyaning yuqori rivojlanish bosqichiga erishgan.
Bugun biz jamiyatni tarixiy jihatdan o’rganishda yuqorida sanab o’tilgan qarashlar,
ta’limotlarga ergashmasdan, ularga asoslanmasdan ilmiy nuqtai nazardan yondashish
imkoniyatiga egimiz. Bizning fikrimizcha, ilk bor jamiyatning tashkil topishida oilaga
e’tiborni qaratishimiz zarur. Chunki odam tabiat qonunlariga ko’ra o’zi yakka yashamasdan,
o’z naslini davom ettirish uchun barcha boshqa mavjudotlar kabi oila quradi. Oilada ona,
ota va bolalar o’rtasida ijtimoiy munosabatlar vujudga keladi. Tabiiyki, oilani ham jamoa
sifatida boshqarish zarur bo’ladi. Shu boisdan ham oilaning paydo bo’lishi ijtimoiy tartib va
qoidalarning o’rnatilishiga olib keladi. Kitoblarda
avval Ona boshqaruvi, ya’ni matriarxat
o’rnatilgan va keyinchalik Ota hokimiyati - patriarxatning o’rnatilishiga olib kelgan, degan
mulohazalar mavjuddir. Eng muhimi, bizning fikrimizcha, oilalarning shakllari turli
zamonlarda turlicha bo’lishi va turli xalqdar va elatlarda ham oilaning turlicha
sharhlanishiga qaramasdan, bugungi kunga qadar oilaning saqlanishi va rivojlanishini
e’tiborga olish kerak. Uni jamiyat va davlatning ilk bor paydo bo’lgan bo’gini sifatida
o’rganish davlat va huquq nazariyasi fanining vazifasiga kiradi. Arastu va Forobiylar
ta’kidlaganlaridek, oilalardan urug’lar, qabilalar, butun bir mahalla va shahar (polis)
davlatlarining tashkil topginini e’tirof etmoqchimiz. Ona (matriarxat) Yoki ota (patriarxat)
boshqaruvi masalasiga kelganda, albatta, shunday tarixiy davrlar bo’lganki, qon-
qarindoshchilik ona tomonidan belgilangan, ayniqsa, ko’p nikoxlilik Yoki ko’p xotinlilik va
aksincha ko’p erlilik hollarida Ona yoki Otaning oilani, urug’ni boshqarishdagi roli o’zgarib
32
turgan desak xato bo’lmaydi.
Urug’larning ittifoqi natijasida butun bir mahallalar va mahallalarning yagona
shaharga birlashishi oqibatida ijtimoiy hokimiyat, oila, urug’ rahbarlarining o’zaro to’planib,
maslahat, kengash orqali shaharlarni boshqarishi amalga oshiriladi. Ilmiy adabiyotlarda
ko’p jihatdan davlat va huquq paydo bo’lishiga qadar davrda
ibtidoiy jamoa tuzumining
tashkil topganligi haqida yozilgan.
Ibtidoiy jamoada hokimiyat urug’, qabila boshliqlarining obro’-e’tiborlariga tayangin.
Oliy organi barcha urug’ a’zolarining yig’ini, majlisi bo’lgan. Bu davrlarda hokimiyat ham
jamiyatda shakllanib, undan ajralmagan holda amal qilgan. Hokimiyat to’g’ridan-to’g’ri
barcha a’zolarning birga yashash, ishlash va harakat qilishlari asosida olib borilgan.
Hokimiyat uchun maxsus tayyorlangan mutaxassislar Yoki qurollangan kuchlar bo’lmagan.
Hamma mehnat qiladi va zarur bo’lganda hamma bir bo’lib urug’ni tashqi dushmanlardan
himoya qiladi.
Urug’ rahbari - oqsoqolning urug’ga rahbarlik qilishi imkoniyatlari cheksiz bo’lgan. U
zarur bo’lganda urug’ a’zolarining umumiy yig’ilishlarida muhim masalalarni hal qilgan.
Ayrim qoida va odat normalarini buzganlarga nisbatan chora ko’rgan. Bu yerda shuni
aytish kerakki, jinoyatchiga nisbatan ko’rilgan chora-tadbirlar qat’iy bo’lib, ular o’z iaqtida
oshkora amalga oshirilgan. Zarur bo’lganda eng oliy jazo - hayotdan mahrum yetish Yoki
urug’dan badarg’a qilish choralari ham qo’llanilgan. Urug’ a’zolari teng bo’lganlar. Ular
orasida hech bir shaxs imtiyozlarga ega bo’lmagan, shu boisdan ham qoida buzuvchilar
javobgarlikdan chetda qolishi mumkin bo’lmagan.
Davlatli jamiyatlarga xos bo’lgan illatlar, masalan tanish-bilishchilik, qarindoshchilik,
poraxo’rlik, o’g’irlik, sansalorlik, firibgarlik kabi nuqsonlarga o’rin bo’lmagan. Ibtidoiy jamoa
a’zolarining xatti-harakatlari, turmush t’arzlari tajriba asosida vujudga kelgan odat, axloq
qoidalari (normalari) asosida amalga oshirilgan. Keyinchalik ko’p
yillar davomida
takrorlangan va hamma uchun ma’qul va zarur bo’lgan odat qoidalari ibtidoiy maktablarda
o’rgatilgan. Masalan, bizning O’zbekiston hududida ana shunday insoniyat tarixiga mansub
bo’lgan qadimiy ibtidoiy maktabga misol tariqasida hozirgi Surxondaryo viloyatida
saqlangan Zarautsoy suratlarini keltirish mumkin. Zarautsoy Ko’hitang tog’i yetaklarida
joylashgan Xo’ja Anqo va Qizilolma qishloqlari orasidadir. Zarautsoyda 270 taga yaqin
rang-bo’yoq bilan toshga o’yib ishlangan rasmlar saqlangan.
Ibtidoiy jamoa tuzumi davlat va huquq paydo bo’lgunga qadar insoniyat tarixida
uzoq asrlar davomida mavjud bo’lgan o’ziga xos xususiyatlar va sifatlarga ega tuzum edi. U
davlat va huquq paydo bo’lgunga qadar insonlarni birlashtirgan, ularning turmush tarzlarini
belgilab bergan, ko’p jihatdan tabiiy qonunlarga mos holda barchaning ijtimoiy tengligini
ta’minlagan jamiyat edi. Shu sababdan ham qadimgi shoirlar, mutafakkirlar bu davrni
«oltin» davr deb ham ta’riflagan.
Urug’larning ko’payishi, hayotning rivojlanishi insoniyat
tomonidan kashf etilgan
jamiyatning yangi tarixiy bosqichga o’sib o’tishiga olib keldi. Yangi bosqich, davr sifat va
mazmun jihatidan avvalgi ibtidoiy tuzumdan farq qildi. Yangi ijtimoiy tuzumning o’ziga xos
xususiyati davlat va huquqning paydo bo’lishidir. Bu jarayon bir kunda ro’y bermasdan,
balki, uzoq asrlar davomida amalga oshgan.
Davlat jamiyatda ilk bor paydo bo’lgan siyosiy institutdir. Davlat, F.Engels
aytginidek, maxsus, faqat idora ishlari bilan shugullanuvchi ijtimoiy hokimiyatning
jamiyatning ichidan ajralib chiqishi va shu jamiyatni boshqarish jilovini o’z qo’lida saqlashi
bilan xarakterlanadi. Davlatli jamiyatda urug’lar, xalqlar, millatlar, sinflar o’rtasida ijtimoiy
tengsizlik mavjud bo’ladi. Davlat ana shu kuchlarni murosaga keltirish, jamiyatni yagona
tuzum sifatida saqlab, idora qilish uchun xizmat qiladi. Davlat jamiyatni idora qilishda
o’zining apparatiga va asosan o’zi tomonidan ishlangan qonunlarga asoslanadi.