Konstitutsiya haqida



Download 39,27 Kb.
Sana18.12.2019
Hajmi39,27 Kb.
#30950
Bog'liq
Normativ huquqiy hujjatlar TURLAR

Konstitutsiya haqida

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O‘n ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan. “Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun (1991-yil 31-avgust) ushbu Konstitutsiya uchun asos boʻlib xizmat qilgan. Mustaqil Oʻzbekistonning birinchi Konstitutsiyasini yaratish gʻoyasi ilk bor 1990 yil 20 iyunda boʻlib oʻtgan mamlakat Oliy Kengashining 2-sessiyasida ilgari surilgan. Ushbu sessiya Prezident Islom Karimov raisligida 64 kishidan iborat Konstitutsiyaviy komissiyani tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan. Uning tarkibiga deputatlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning vakillari, davlat hamda jamoat birlashmalari, korxonalar va xoʻjaliklarning rahbarlari, huquqshunos olimlar va mutaxassislar kirgan. Oliy Kengashning 10sessiyasida komissiya tarkibi qisman yangilangan. Komissiya ishlab chiqqan loyiha matbuotda eʼlon qilinib, keng muhokama etilgan. Konstitutsiyaviy komissiya umumxalq muhokamasi yakunlarini koʻrib, loyihani tuzatib va maʼqullab Oliy Kengash sessiyasida koʻrib chiqishga tavsiya qilgan. Loyiha Oliy Kengash sessiyasida ham moddamamodda muhokama etilgandan soʻng qabul qilingan. Konstitutsiya (lot. constitutio — tuzilish, tuzuk) — davlatning asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, sud tizimini belgilab beradi. K. barcha joriy qonunlarning asosi hisoblanadi.

K. davlatchilik belgisidir. Birbiridan farqlanuvchi yuridik va haqiqiy (faktik) K. tushunchalari bor. Yuridik K. ijtimoiy munosabatlar doirasini tartibga soluvchi maʼlum huquqiy normalar tizimi. Haqiqiy K. esa — shunday munosabatlarning oʻzi, yaʼni real mavjud munosabatlardir. K. oʻz shakliga koʻra, kodekslashtirilgan, kodekslashtirilmagan va aralash turlarga boʻlinadi. Kodekslashtirilgan K. — konstitutsiyaviy xususiyatga ega barcha asosiy masalalarni tartibga soluvchi bir butun yozma hujjat hisoblanadi. Agar ayni oʻsha masalalar bir necha yozilgan hujjatlar bilan tartibga solinsa, u holda K. kodekslashtirilmagan hisoblanadi. Aralash turdagi K. parlament tomonidan qabul qilingan qonunlar va sud pretsedentlari bilan birga, odatlar va nazariy sharxlarni ham oʻz ichiga oladi, yaʼni qisman yozilgan boʻladi. Oʻzgartirish kiritish usuli boʻyicha K. yumshoq va qattiq turlarga boʻlinadi. Ularning birinchisi oddiy qonun qabul qilish yoʻli bilan oʻzgartirilishi mumkin. Ikkinchisi maxsus takomillashtirilgan tartibda (parlament aʼzolari ovozining malakali koʻpchiligi, baʼzan esa referendum oʻtkazish, tuzatishlarni muayyan miqdordagi federatsiya subʼyektlari tomonidan ratifikatsiyalash va shahrik.) oʻzgartirilishi mumkin. Amal qilish muddatlari boʻyicha K.lar doimiy va muvaqqat turlarga boʻlinadi.

Xalqaro konstitutsiyaviy tajribalarni oʻrganish, xalqaro hujjat qoidalarini inobatga olish, milliy davlatchilik anʼanalardan kelib chiqish natijasida yaratilgan OʻzR Konstitutsiyasi jahon andozalariga mos boʻlib, xalqaro talablarga javob beradi





Konstitutsiyaga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar



Sana

Kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar

1

28.12.1993

Konstitutsiyaning 77-moddasi 1-qismidagi „150 nafar deputatdan“ degan soʻzlar „deputatlardan“ degan soʻz bilan almashtirildi;

2

24.04.2003

Konstitutsiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilgan;

3

11.04.2007

89-moddasiga, 93- moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga tuzatishlar kiritilgan;

4

25.12.2008

77-moddasi birinchi qismiga oʻzgartish kiritilgan;

5

18.04.2011

Konstitutsiyasining 78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan;

6

12.12.2011

Konstitutsiyaning 90-moddasi 2-qismiga tuzatish kiritilgan;

7

16.04.2014

Konstitutsiyaning 32, 78. 93, 98, 103 va 117-moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan;

8

6.04.2017

Konstitutsiyaning 80, 81, 83, 93, 107, 110 va 111-moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan;

9

31.05.2017

80, 93, 108, va 109-moddalariga oʻzgartish kiritilgan;

10

29.08.2017

99 ,102-moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan;

11

15.10.2018

105-moddaning 1-qismidagi “ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini”degan soʻzlar „raisni (oqsoqolni)“ degan soʻzlar bilan almashtirilgan;

12

18.02.2019

80 va 93-moddalardagi “Milliy” degan soʻz “Davlat” degan soʻz bilan almashtirilgan;

13

05.03.2019

79, 93 va 98-moddalarga oʻzgartirishlar kiritilgan;

14

04.09.2019

Saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan 96 va 117-moddalarga oʻzgartirishlar kiritildi.

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi muqaddima, 6 boʻlim, 26 bob, 128 moddadan iborat. Muqaddimada Konstitutsiya qabul qilish sabablari va mamlakatimiz oldiga qoʻyilgan vazifalar belgilangan. Birinchi boʻlimda Oʻzbekiston Respublikasining mustaqil davlat sifatidagi asosiy konstitutsiyaviy prinsiplari koʻrsatilgan. Bunday prinsiplar qatoriga davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi, Konstitutsiya va qonunning ustunligi hamda tashqi siyosat tamoyillari kiradi. “Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari” deb atalgan ikkinchi boʻlim inson huquqlarishtt Oʻzbekistonga xos yaxlit va keng tizimidir. Konstitutsiya Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqaroliknp oʻrnatdi. Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquq va erkinliklari huquq normalarigamuvofiqtaʼminlanadi. Oʻzbekistonda hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanishi Konstitutsiyada mustahkamlangan, har bir shaxs mulkdor boʻlishga haqli, meros huquqi bilan kafolatlanadi. Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash huquqiga egadir. Barcha fuqarolar dam olish huquqiga ega boʻlib, ish vaqti va haq toʻlanadigan mehnat taʼtilining muddati qonun bilan belgilanadi. Har bir inson bilim olish, tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega. Konstitutsiyada har bir shaxsga oʻz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining gʻayriqonuniy xattiharakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. Xotin-qizlar va erkaklar teng huquklidirlar. Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish fuqarolar uchun majburiydir. Oʻzbekistonni himoya qilish — mamlakat har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni oʻtashga majburdirlar.

Konstitutsiyaning uchinchi boʻlimi “Jamiyat va shaxs” deb ataladi. Bu boʻlimda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi, barcha mulk shakllarining teng huquqliligi kafolatlanishi bayon etilgan. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida ekanligi, mulkdor mulkiga oʻz xohishicha egalik qilishi, foydalanishi va uni tasarruf etishi taʼkidlanadi. Roʻyxatdan oʻtkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida eʼtirof etiladi. Konstitutsiyaviy tuzumni zoʻrlik bilan oʻzgartirishni maqsad qilib qoʻyuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targʻib qiluvchi, xalqning sogʻligʻi va maʼnaviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek, harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi. Konstitutsiyada koʻrsatilishicha, otaonalar oʻz farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar, shuningdek, voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar oʻz otaonalari haqida gʻamxoʻrlik qilishga majburdirlar. Oʻzbekistonda ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Senzurata yoʻl qoʻyilmasligi alohida taʼkidlanadi.

Konstitutsiyaning to’rtinchi boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy hududiy tuzilishita bagʻishlangan.

Beshinchi boʻlim davlat hokimiyatining tashkil etilishi haqida boʻlib, unda hokimiyat vakolatlarini taqsimlash prinsipi oʻz ifodasini topgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati asoslari, Oʻzbekiston Respublikasi sud hokimiyati, saylov tizimi, prokuratura, moliya va kredit, mudofaa va xavfsizlikka oid alohida boblar bor.

Konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritish tartibi soʻnggi olti boʻlimda oʻz ifodasini topgan. Unga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari umumiy sonining kamida 2/3, qismidan iborat koʻpchiligi tomonidan qabul qilingan qonun yoki Oʻzbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligini nishonlash maqsadida Konstitutsiya qabul qilingan kun — 8 dekabr umumxalq bayrami — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni deb eʼlon qilindi (OʻzR qonuni, 1992 yil 8 dek.). Barcha taʼlim turlarida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini oʻrganish yoʻlga qoʻyilgan

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi maqomi.O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan - Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senat vakolat muddati - besh yil.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi.Qonunchilik palatasi (quyi palata) bir yuz ellik deputatdan iborat. Qonunchilik palatasining bir yuz o‘ttiz besh deputati hududiy bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi. Qonunchilik palatasining o‘n besh deputati O‘zbekiston ekologik harakatidan saylanadi.Qonunchilik palatasining ishi palata barcha deputatlarining professional, doimiy faoliyat ko‘rsatishiga asoslanadi.

Oliy Majlis Senati. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati (yuqori palatasi) hududiy vakillik palatasidir. Senat aʼzolari (senatorlar) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda - olti kishidan saylanadi. Senatning o‘n olti nafar aʼzosi fan, sanʼat, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi. Senat ishi yalpi majlislarga (bundan buyon matnda majlislar deb yuritiladi) va uning qo‘mitalari majlislariga to‘planadigan senatorlar faoliyatiga asoslanadi. Senatda hududiy mansublikka ko‘ra hamda siyosiy yoki boshqa asosda guruhlar tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Qonunchilik palatasi va Senatning birgalikdagi vakolatlari quyidagilardan iborat:

1) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish;

) O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlarini hamda qonunlarini qabul qilish, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish;

3) O‘zbekiston Respublikasining referendumini o‘tkazish to‘g‘risida va uni o‘tkazish sanasini tayinlash haqida qaror qabul qilish;

4) O‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish;

5) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan O‘zbekiston Respublikasining hokimiyat tarmoqlari tizimini hamda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlarining vakolatlarini belgilash;

6) O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish va ularning O‘zbekiston Respublikasi tarkibidan chiqishi haqidagi qarorlarni tasdiqlash;

7) boj, valyuta va kredit ishlarini qonun yo‘li bilan tartibga solish;

8) soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy qilish;

9) O‘zbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi masalalarini qonun yo‘li bilan tartibga solish, chegaralarini o‘zgartirish;

10) tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini hamda chegaralarini o‘zgartirish;

11) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetini qabul qilish hamda uning ijrosini nazorat qilish;

12) davlat mukofotlari va unvonlarini taʼsis etish;

13) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruv organlarini tuzish hamda tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash;

14) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish;

15) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari nomzodlarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aʼzolari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi;

16) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili va uning o‘rinbosarini saylash;

17) O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini ko‘rib chiqish;

18) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug‘ilganda urush holati eʼlon qilish to‘g‘risidagi farmonini tasdiqlash;

19) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik eʼlon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish yoki tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash;

20) O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikasiya va denonsasiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish;

21) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.

Palatalarning birgalikdagi vakolatlariga kiradigan masalalar, qoida tariqasida, avval Qonunchilik palatasida, so‘ngra Senatda ko‘rib chiqiladi.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti - Oʻzbekiston Respublikasida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshligʻi. Oʻzbekistonda prezidentlik lavozim sifatida 1990-yil 24-martda taʼsis etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga 35 yoshdan kichik boʻlmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil Oʻzbekiston hududida muqim yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi mamlakatning 18 yoshga toʻlgan fuqarolari umumiy, teng va toʻgʻridantoʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berishi yoʻli bilan oʻtkaziladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 7 yil muddatga saylanadi. Prezidentni saylash tartibi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida” gi qonun (1991-yil 18-noyabr) va uning yangi tahririda (2004-yil 3-dekabr) qabul qilingan tegishli moddalarida belgilangan.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentiga, Konstitutsiyaga muvofiq keng va xilma-xil vakolatlar berilgan. Bu vakolatlar davlat hayotining deyarli barcha sohalariga taalluqli boʻlib, mamlakat iqtisodiyoti va umuman jamiyat rivojlanishiga juda katta taʼsir oʻtkazadi.



Shavkat Miromonovich Mirziyoyev  (24-iyul, 1957-yil, Zomin tumaniJizzax viloyatida tavallud topgan) - Oʻzbekiston Prezidenti (2016-yil 14-dekabrdan), 2003-yil 12-dekabrdan 2016-yil 13-dekabrgacha Oʻzbekiston Bosh vaziri, shuningdek 2016-yil 8-sentabrdan Oʻzbekistonning muvaqqat prezidenti. 2016-yil 4-dekabrdagi prezidentlik saylovi natijasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining prezidenti etib saylandi




Muddat

Prezident

Prezidentlik davri

Kun

Partiyasi

1

1

Islom Karimov

24-mart 1990

29-dekabr 1991

645 kun

KPSS

2

29-dekabr 1991

9-yanvar 2000

2933 kun

Oʻzbekiston Xalq Demokratik Partiyasi

3

9-yanvar 2000

22-dekabr 2007

2904 kun

Fidokorlar

4

22-dekabr 2007

10-aprel 2015

2666 kun

O`ZLIDEP

5

10-aprel 2015

2-sentyabr 2016

511 kun

O`ZLIDEP

v.b.



Nigʻmatilla Yoʻldoshev

2 sentyabr 2016

8 sentyabr 2016

6 kun

Milliy Tiklanish Demokratik Partiyasi

2

v.b.

Shavkat Mirziyoyev

8-sentyabr 2016

14-dekabr 2016

98 kun

O`ZLIDEP

1

14-dekabr 2016

hozirgi kunga qadar

1097

O`ZLIDEP

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti:

1) fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafilidir;

2) Oʻzbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza etish, milliy-davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻradi;

3) mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ish koʻradi;

4) muzokaralar olib boradi hamda Oʻzbekiston Respublikasining shartnoma va bitimlarini imzolaydi, respublika tomonidan tuzilgan shartnomalarga, bitimlarga va uning qabul qilingan majburiyatlariga rioya etilishini taʼminlaydi;

5) oʻz huzurida akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik hamda boshqa vakillarning ishonch va chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi;

6) Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash uchun nomzodlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi;

7) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga mamlakat ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishning eng muhim masalalari yuzasidan murojaat qilish huquqiga ega;

8) respublika oliy hokimiyat va boshqaruv organlarining bahamjihat ishlashini taʼminlaydi; vazirliklar, davlat qoʻmitalari hamda davlat boshqaruvining boshqa organlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan tuzadi va tugatadi, shu masalalarga doir farmonlarni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdigʻiga kiritadi;

9) Senat Raisi lavozimiga saylash uchun nomzodni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi;

10) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari koʻrib chiqishi va tasdiqlashi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini taqdim etadi hamda uni isteʼfoga chiqqanda, Bosh vazirga nisbatan bildirilgan ishonchsizlik votumi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan qabul qilinganda yoxud qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda lavozimidan ozod qiladi;

11) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolarini tasdiqlaydi va lavozimlaridan ozod qiladi;

12) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va Hisob palatasi raisini tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod qiladi, keyinchalik bu masalalarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdigʻiga kiritadi;

13) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga Konstitutsiyaviy sud raisi va sudyalari, Oliy sud raisi va sudyalari, Oliy xoʻjalik sudi raisi va sudyalari, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining raisi lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi;

14) viloyat, tumanlararo, tuman, shahar, harbiy va xoʻjalik sudlarining sudyalarini tayinlaydi va lavozimlaridan ozod etadi; Oldingi tahrirga qarang.

15) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi. Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki oʻz shaʼni va qadr-qimmatiga dogʻ tushiradigan xatti-harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini Prezident oʻz qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli;

16) respublika davlat boshqaruvi organlarining va hokimlarning qabul qilgan hujjatlarini ular qonun hujjatlari normalariga nomuvofiq boʻlgan hollarda toʻxtatadi, bekor qiladi; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga haqli;

17) Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarini imzolaydi va eʼlon qiladi; qonunga oʻz eʼtirozlarini ilova etib, uni takroran muhokama qilish va ovozga qoʻyish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli;

18) Oʻzbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tugʻilganda urush holati eʼlon qiladi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tasdigʻiga kiritadi;

19) favqulodda vaziyatlar (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik halokat, tabiiy ofat, epidemiyalar) yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini taʼminlashni koʻzlab, Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi va qabul qilgan qarorini uch kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdigʻiga kiritadi. Favqulodda holat joriy etish shartlari va tartibi qonun bilan belgilanadi;

20) Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qoʻmondoni hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning oliy qoʻmondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy unvonlar beradi;

21) Oʻzbekiston Respublikasining ordenlari, medallari va yorligʻi bilan mukofotlaydi, Oʻzbekiston Respublikasining malakaviy va faxriy unvonlarini beradi;

22) Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga va siyosiy boshpana berishga oid masalalarni hal etadi;

23) amnistiya toʻgʻrisidagi hujjatlarni qabul qilish haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdimnoma kiritadi va Oʻzbekiston Respublikasining sudlari tomonidan hukm qilingan shaxslarni afv etadi;

24) Milliy xavfsizlik xizmati raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, keyinchalik shu masalalarga doir farmonlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdigʻiga kiritadi;

25) ushbu Konstitutsiya va Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Prezident oʻz vakolatlarini bajarishni davlat idoralariga yoki mansabdor shaxslarga topshirishga haqli emas.

Prezidentning shaxsi daxlsizdir va "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari toʻgʻrisida"gi qonun (2003 yil 25 aprel) bilan muhofaza etiladi. Prezidentning qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilinishiga, shuningdek, uning shaʼni va qadrqimmatiga putur yetkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi va bunday harakatlar tegishli qonunlarga muvofiq javobgarlikka sabab boʻlishi mumkin. Bu qoida isteʼfoga chiqqan Prezidentga nisbatan ham oʻz kuchini saqlab qoladi. Prezident mehnatiga haq toʻlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti betobligi sababli oʻz vazifasini bajara olmasligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qoʻshma qaroriga koʻra tuzilgan davlat tibbiy komissiya xulosasi bilan tasdiqlangan taqdirda 10 kun muddat ichida palatalarning qoʻshma favqulodda yigʻilishida deputatlar, senatorlar orasidan 3 oygacha boʻlgan muddatga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi saylanadi. Bu holda 3 oy muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining umumxalq saylovi oʻtkazilishi shart. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat qurilishi sohasidagi tajribasidan unumli foydalanish maqsadida vakolati tugashi munosabati bilan isteʼfoga chiqqan Prezident umrbod Senat aʼzosi lavozimini egallashi koʻzda tutilgan.




Vazirlar Mahkamasi haqida ma’lumot

Turi

Davlat boshqaruv idorasi

Maqomi

Amalda

Ishga tushgan sanasi

1992-yil 8-yanvar

Joylashuvi

Toshkent shahriMustaqillik maydoni, Hukumat uyi

Hududiy hizmati

 Oʻzbekiston

Bosh vazir

Abdulla Oripov (siyosatchi)

Bosh mahkamasi

Mahkama

Aʼzolari

Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari, vazirlar, davlat qoʻmitasi raislari

Websayti

gov.uz

Til(lar)i

Oʻzbek, Rus


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi - Oʻzbekiston Respublikasi hukumati; ijro etuvchi hokimiyatning markaziy organi. Qarorgohi — Toshkent shahrining Mustaqillik maydonidagi Hukumat uyi. Vazirlar Mahkamasining huquqiy asoslari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining20-bobida va „Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida“ (1993-yil 6-may; yangi tahrirda 2003-yil 29-avgust) qonunda belgilangan. Konstitutsiyaga koʻra, Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va maʼnaviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Oʻzbekiston Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini taʼminlaydi. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari ishini muvofiqlashtiradi va yoʻnaltiradi.

Vazirlar Mahkamasi oʻz vakolatlari doirasida:



  • iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy jarayonlarni boshqaradi;

  • mulkchilikning barcha shakllarini uygʻunlashtirish va ularning tengligi, iqtisodiyotni monopoliyalashtirishdan chiqarish, bozor iqtisodiyotining huquqiy mexanizmini ishga solish asosida erkin tadbirkorlik uchun shart-sharoitlar yaratadi;

  • xoʻjalik yuritishning yangi shakllarini barpo etishga va mustahkamlashga koʻmaklashadi;

  • Oʻzbekiston Respublikasida pul va kredit tizimini mustahkamlash chora-tadbirlarini koʻradi;

  • yagona narx siyosatini oʻtkazish, mehnatga haq toʻlash miqdorining belgilangan kafolatlarini hamda ijtimoiy taʼminot darajasini taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

  • respublika byudjetini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqbollarini va eng muhim dasturlarini ishlab chiqadi va ularning ijrosini tashkil etadi, boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqadi;

  • fan va texnikani rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

  • fuqarolarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilish, ularning mehnat qilish huquqini taʼminlash choratadbirlarini koʻradi;

  • sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi, madaniyatni rivojlantirishga koʻmaklashadi;

  • Oʻzbekiston Respublikasining davlat xavfsizligini va mudofaa qudratini oshirish, davlat chegaralarini qoʻriqlash, jamoat tartibini saqlash tadbirlarini amalga oshirishga koʻmaklashadi;

  • respublika va xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan yirik ekologik dasturlarni amalga oshirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtiradi;

  • yirik avariyalar va falokatlarning, shuningdek, tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatish chora-tadbirlarini koʻradi;

  • Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardagi vakilligini taʼminlaydi,

  • hukumatlararo shartnoma va bitimlar tuzadi, ularni bajarish chora-tadbirlarini koʻradi;

  • tashqi iqtisodiy faoliyat, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik sohasida rahbarlikni amalga oshiradi.

Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari, vazirlar, davlat koʻmitalarining raislaridan iborat. Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumatining boshligʻi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga oʻz lavozimi boʻyicha kiradi. Vazirlar Mahkamasining tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan shakllantiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri taqdimiga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javob beradi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi. Vazirlar Mahkamasi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishga, uning majlislarida raislik qilishga, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini hamda Bosh vazir farmoyishlarini bekor qilishga haqli. Vazirlar Mahkamasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida javobgardir. Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Oliy Majlis oddida oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi. Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 14 fevdagi 62-sonli qarori bilan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan. Vazirlar Mahkamasining ishi choraklik rejalariga muvofiq olib boriladi. Vazirlar Mahkamasi majlislarida davlat boshqaruvi, xoʻjalik va ijtimoiymadaniy qurilishning eng muhim masalalari hal etiladi. Vazirlar Mahkamasining majlislari yilning har choragida kamida 1 marta oʻtkaziladi. Vazirlar Mahkamasining doimiy organi sifatida Bosh vazir va uning oʻrinbosarlaridan iborat tarkibdagi Vazirlar Mahkamasining Rayosati faoliyat koʻrsatadi. Bosh vazirning qaroriga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining boshqa aʼzolari ham kiritilishi mumkin. Shoshilinch masalalarni muhokama qilish zarurati tutilganda Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosatining navbatdan tashqari majlislari oʻtkazilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri har haftada Bosh vazir oʻrinbosari, Axborot-tahliliy boshqarmasi boshligʻi va Apparat rahbari ishtirokida kengashlar oʻtkazadi, ularda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari bajarilishini uyushtirish masalalari, hukumat apparatining kundalik faoliyati muhokama qilinadi. Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. Davlat va xoʻjalik boshqaruvining ayrim masalalari boʻyicha takliflar tayyorlash, Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ayrim topshiriqlarini bajarish uchun Vazirlar Mahkamasining muvaqqat komissiyalari va boshqa ishchi organlari tuzilishi mumkin.
Vazirliklar

O‘zbekiston Respublikasida bugungi kunda jami 21ta vazirlik mavjud. E'tiborli tomoni, oxirgi 2 yil ichida vazirliklar soni 6taga ko‘paydi.



Vazirliklar

1. Iqtisodiyot vazirligi;

12. Ichki ishlar vazirligi;

2. Moliya vazirligi

13. Favqulodda vaziyatlar vazirligi;

3. Qishloq xo‘jaligi vazirligi;

14. Tashqi ishlar vazirligi;

4. Suv xo‘jaligi vazirligi;

15. Adliya vazirligi;

5.Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi;

16. Tashqi savdo vazirligi;


6. Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi;

17. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi;

7. Xalq ta'limi vazirligi;

18. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi;

8. Maktabgacha ta'lim vazirligi

19. Qurilish vazirligi.

9. Sog‘liqni saqlash vazirligi;

20. Innovatsion rivojlanish vazirligi;

10. Madaniyat vazirligi;

21. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi;

11. Mudofaa vazirligi;




Oxirgi 2 yildagi Vazirlar mahkamasidagi o‘zgarishlar:

2017-yil 15-fevral. Madaniyat va sport ishlari vazirligi tugatilib, Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tashkil etildi.

2017-yil 13-aprel. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Tashqi savdo vazirligi etib qayta tashkil qilindi.

2017-yil 18-aprel. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tashkil etildi.

2017-yil 24-may. Mehnat vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi etib qayta tashkil qilindi (ushbu vazirlikning nomi 2016 yil 22 fevralda ham o‘zgargandi).

2017-yil 30-sentabr. Maktabgacha ta'lim vazirligi tashkil etildi.

2017-yil 29-noyabr. Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etildi.

2018-yil 5-mart. Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi negizida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashkil etildi.

2018-yil 2-aprel. Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi negizida Qurilish vazirligi tashkil etildi.



2018-yil 17-aprel. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi ikkiga bo‘linib, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Suv xo‘jaligi vazirligi tashkil etildi.
Download 39,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish