O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


ommaviy  hokimiyatning mazmuni o’zgarib, siyosiy hokimiyatga aylanishi bilan bog’liq



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

ommaviy 
hokimiyatning mazmuni o’zgarib, siyosiy hokimiyatga aylanishi bilan bog’liq. 
Bu 
nimani anglatadi? Ibtidoiy jamoa tuzumi hokimiyatidan farqli o’laroq, bu hokimiyat eng 
avvalo jamiyatning, sinfning imtiyozli qismi manfaatlarini o’ylab amalga oshiriladi. Ushbu 
holatda sinfiy yondashuv bunday hokimiyatni tavsiflash, bunday davlat mohiyatini ochib 
berishda keng imkoniyatlar yaratib beradi. 
Biroq davlat hokimiyatining mazmuni hamisha bir xil bo’lavermaydi. Chunonchi
Qadimgi Afina va Rimda sinfiylik yaqqol ko’zga tashlanib turadi va shubhaga o’rin 
qoldirmaydi. U yerlarda hokimiyat quldorlar qo’lida bo’lib, ular asosiy ishlab chiqarish 
vositalari (er)ga ham, ishlab chiqaruvchilar - qullarning o’ziga ham egalik qilardilar. Qullar 
davlat hokimiyatini amalga oshirish u yokda tursin, umuman har qanday huquqlardan 
mahrum etilgandi. 
Yirik yer egaligiga asoslangan feodal jamiyatda ham ahvol shunday edi. Hokimiyat 
feodallar - yirik er egalari qo’lida bo’lgan. Dehqonlar hokimiyat ishiga aralasha olmas, 
feodallarning to’la Yoki qisman mulki hisoblanib, barcha yuridik huquqlardan qariyb 
mahrum edi. Shunday qilib, quldorlik jamiyatida ham, feodal jamiyatda ham biz oshkora 
ijtimoiy tengsizlikka, davlat hokimiyatining sinfiy (tabaqaviy) mazmun - xarakteriga duch 
kelamiz. 
Biroq, burjua jamiyatida davlat hokimiyati xarakterini baholashga birdek yondashib 
bo’lmaydi. Zero, bunday jamiyatda qonun oldida rasman hamma teng, bir xil huquqqa ega 
va bular, odatda, deklaratsiya va konstitutsiyalarda yuridik jihatdan mustahkamlab 
qo’yilgan. Lekin ilk burjua jamiyatida qonun tomonidan belgilab qo’yiladigan mulkiy, 
ma’lumotga oid va boshqa kamsitishlar aholi kambag’al qatlamlarining saylov huquqlarini 
ham cheklashi hammaga ma’lum. Shu yo’l bilan hokimiyatning iqtisodiy hukmron sinf - 
burjuaziyaga mansubligi ta’minlanadi. 
Endi hokimiyat burokratik amaldorlar mahkamasi (to’g’rirog’i uning rahbariyati) 
qo’lida bo’lgan Sharq davlatlariga murojaat qilamiz. Shu o’rinda, amaldorlarning sinfiyligi 
haqida gapirish mumkinmi, degan savol tug’ilishi mumkin. Buning ustiga mazkur 
mamlakatlarda ishlab chiqarish vositalari (yer)ga mulk egaligi yo’q bo’lib, ishlab 
chiqaruvchilar esa, rasman ozod edilar. Lekin bu yerda shuni nazarda tutish kerakki, ushbu 
mamlakatlarda hokimiyat ko’proq butun jamiyatning emas, balki hokimiyat tepasida turgan 
muayyan ijtimoiy guruhlar manfaatlarini ifodalardi. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, bu 


41 
ijtimoiy guruhlar ijtimoiy ne’matlarni taqsimlash tizimidagi alohida o’rinlari hamda uning 
anchagina qismini o’zlashtirib olishlari bilan, ishlab chiqarish vositalariga alohida 
munosabatlari bilan, ya’ni amalda ularning egalariga aylanib, ishlab chiqaruvchilarning 
o’zlarini ham asoratga solib, «qullar jamoasi» darajasiga tushirib qo’yishlari bilan ajralib 
turadilar va amalda sinflarga aylanadilar. 
Umuman olganda, davlat (ba’zan esa, davlat-partiya) mahkamasining bunday 
cheklanmagan hukmronligi ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilik hukm surgan 
jamiyatda ham vujudga kelishi mumkin. Davlat mahkamasi favqulodda mustaqillikka ega 
bo’lib, jamiyatga qariyb bo’ysunmay qo’ygan vaziyatda bunday holat yuzaga keladi. 
Jumladan, sinflarni bir-biriga teng qo’yish, ularni bir-birlariga gij-gijlash yo’li bilan bunga 
erishish mumkin. Bonapartistlik hukmronligi davrida Fransiyada xuddi shunday holat yuz 
bergandi. Har qanday o’zgacha fikrlashni, hukmron doiralar ra’yiga qarshi har qanday 
harakatlarni ayovsiz bostirish yo’li bilan ham shunday holatga erishish mumkin. Olmoniya 
va Italiyadagi fashistik rejimlar, Lotin Amerikasidagi totalitar Yoki avtoritar rejimlar 
sharoitida shunday vaziyatlar kuzatilgan. 
Shunday qilib, keltirilgan misollardan ko’rinib turibdiki, sinfiy yondashuv davlatning 
muhim xususiyatlarini aniqlash, undagi mavjud ijtimoiy ziddiyatlarni ilg’ab olish imkonini 
beradi. Bundan tashqari, ma’lumki, barcha tarixiy bosqichlarda jamiyat eziluvchi sinflari va 
qatlamlarining davlat hokimiyatini egallab olgan ezuvchilarga qarshi chiqishlari kuzatilgan. 
Bularga Rimdagi qullar qo’zg’olonini, Angliya, Fransiya, Olmoniya, Xitoydagi dehqonlar 
isyonlari va urushlarini, ishchilarning ish tashlashlari hamda inqilobiy chiqishlari va shu 
kabilarni misol qilib keltirish mumkin. 
Shunga qaramay, Yana bir bor ta’kidlashni istar edikki, davlat hokimiyatining sinfiy, 
«tabaqaviy» xususiyatini aniqlash bilangina davlat mohiyatini to’la namoyon etib bo’lmaydi. 
Mazkur muammoni faqat sinfiy yondashuv yordamida o’rganish davlat va siyosiy 
hokimiyatni ilmiy bilish imkoniyatlarini ancha cheklab qo’yadi. 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish