O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

jinoyat va nojo’ya ish. 
Jinoyat - ijtimoiy xavfli xatti-harakat yoki harakatsizlikdir. U 
davlatning ijtimoiy tuzumiga, jamiyatning siyosiy va iqtisodiy tizimiga, mulkka, 
fuqarolarning huquq va erkinliklariga xavfli tahdid soluvchi qilmishdir. 
Nojo’ya ish 
huquqbuzarlikning ko’p tarqalgan ko’ri-nishi bo’lib, ijtimoiy xavfning yo’qligi bilan 


193 
xarakterlanadi va jazo choralarining qo’llanishiga qarab jinoyatdan farq qiladi. Nojo’ya 
ishning quyidagi turlari mavjud: fuqarolik-huquqiy, ma’muriy-huquqiy va intizomiy-
huquqiy. 
 


194 
3-§. Yuridik javobgarlik tushunchasi, turlari va asoslari 
Huquqshunoslik fanida yuridik javobgarlik masalasi yuzasidan turlicha fikrlar 
mavjud. Ko’pchilik mualliflar yuridik javobgarlikni ba’zan davlatning huquq talablarini 
bajarishga qaratilgan majburlov choralarini qo’llashi deb tushunsalar, boshqa ba’zi bir 
olimlar unga amaldagi yuridik kategoriyalar doirasida yondashib, yuridik javobgarlikni 
qo’riqlovchi huquqiy munosabatlar, maxsus yuridik majburiyatlar yoki huquq normalari 
sanksiyalari ko’rinishida talqin etishga intiladilar. 
Yuridik javobgarlikning tabiati va mazmunini aniq belgilash uchun avvalo 
javobgarlikning o’zi nima degan savolga javob berish zarur. Javobgarlikni ikki ma’noda: 
pozitiv (ijobiy) javobgarlik va retrospektiv
1
javobgarlik ma’nosida tushunish mumkin. Agar 
pozitiv (ijobiy) ma’nodagi javobgarlik mavjud hamda kelgusidagi ijtimoiy munosabatlarni 
tartibga solib turishga qaratilgan bo’lsa, retrospektiv javobgarlik o’z navbatida o’tmishga 
qaratilgan bo’ladi, ya’ni u shaxsning yuridik majburiyatlarni ba-jarmasligd yoki huquqni 
buzganligi oqibatida yuzaga chiqadi. Jamiyatda javobgarlikning bu ikki turi o’zaro uzviy 
boglikdir. Pozitiv javobgarlik qancha yuqori darajada bo’lsa, huquq qoidalari ham shuncha 
mukammal bajariladi hamda retrospektiv javobgarlikka tortilish holatlari shuncha kam sodir 
bo’ladi. 
Yuridik javobgarlik - huquqbuzarga nisbatan huquq normalarida ko’zga tupshlgan 
sanksiyalar asosida davlatning majburlov choralarini ko’llash bo’lib, bunda aybdor shaxs 
muayyan huquqlardan (shaxsiy, mulkiy, tashkiliy va hokazo) mahrum etiladi. 
Yuridik javobgarlik quyidagi belgilari bilan xarakterlanadi: 
1) yuridik javobgarlik davlat majburlov choralari bilan bog’liq; 
2) yuridik javobgarlik huquqbuzarlik bilan bog’liq; 
3) yuridik javobgarlik huquqbuzar uchun salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi 
(ozodlikdan, ota-onaliqdan mahrum bo’lish yoki sodir etilgan qilmishi uchun jarima to’lash 
va hokazo); 
4) huquqbuzarga nisbatan qo’llaniladigan choralarning xarakteri va hajmi huquq 
normalarining sanksiyasida o’rnatilgan bo’ladi; 
5) davlat tomonidan qo’llaniladigan majburlov choralari huquqni qo’llash faoliyati 
davomida tegishli vakolatli organlar tomonidan qonunda belgilangan tartibda va 
protsessual shakllarga amal qilgan holda olib boriladi. 
Yuqoridagi xususiyatlari bilan yuridik javobgarlik siyosiy, axloqiy va boshqa 
javobgarliklardan farq qiladi. 
Shaxsni javobgarlikka tortish masalasini hal etishda uning qilmishida 
huquqbuzarlikning tarkibi mavjudligiga ahamiyat berish hal qiluvchi rol o’ynaydi, ya’ni 
huquqqa qarshi qilmishning ob’yektiv va sub’yektiv tomonlarini hamda ob’yekt va 
sub’yektlarni birgalikda bog’lagan holda o’rganish masalaning mazmunini ochib berishga, 
uni konkretlashti-rishga va individuallashtirishga yordam beradi. Huquq buzilishining 
turlariga muvofiq yuridik javobgarlik ham to’rt turga bo’linadi: 1) jinoiy-huquqiy; 2) 
fuqarolik-huquqiy; 3) ma’muriy-huquqiy; 4) intizomiy-huquqiy javobgarlik. 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish