195
Fuqarolik-huquqiy javobgarlik Fuqarolik kodeksi, Er kodeksi, Oila kodeksi, Mehnat kodeksi
va boshqalarda nazarda tutilgan holatlarda qo’llaniladi.
Ma’muriy-huquqiy javobgarlik
huquqiy munosabatlarning buzilishi bilan bog’liq
bo’lib, ularga - boshqaruvning o’rnatilgan umumtartib qoidalarini bajarmaslik, masalan, yo’l
harakati qoidalarini va jamoat tartibini buzish, tabiatni muhofaza etishga qarshi harakatlar
va bosh-qalar kiradi.
Ma’muriy-huquqiy javobgarlik bo’yicha quyidagi jazo choralarini ko’rsatish mumkin:
ogoxlantirish; jarima solish; predmetni musodara qilish (agar u huquqni buzish quroli yoki
ob’yekti bo’lsa); maxsus huquqlardan mahrum etish (ov qilish, transport vositalaridan
foydalanish va hokazo); ma’muriy qamoq; axloq tuzatish ishlari va boshqalar.
Intizomiy-huquqiy javobgarlikning
belgilanish holatlari Mehnat kodeksida, ichki
mexnat tartibi qoidala-rida hamda maxsus Nizomlarda nazarda tutiladi. Intizomiy - huquqiy
javobgarlik mehnat va xizmat intizomini, harbiy va boshqa intizomni buzish bilan bog’liq
bo’lib, ularga idoraning ichki tartib-qoidalarini buzish, ishga kech kelish yoki ishdan barvaqt
ketish va shu kabi hollar kiradi.
Jinoiy va fuqarsshik - huquqiy javobgarlikni beyagilash faqat sud va xo’jalik sudlari
tomonidan amalga oshiriladi.
Ma’muriy va intizomiy-huquqiy javobgarlik ichki ishlar organlari, mansabdor shaxslar
va tegishli vakolatga ega rahbar shaxslar (ma’muriyat) tomonidan amalga oshiriladi.
Yuridik javobgarlikni belgilashning asosiy maqsadi jazolash emas, balki huquq
umumiy maqsadlarining muayyan ifodasiga qaratilgan bo’lib, ular ijtimoiy
munosabatlarning mustahkamlanishi, tartibga solinishi va himoyasida o’zining ifodasini
topadi. Bu maqsadlar o’z navbatida huquqning tartibga soluvchi (regulyativ) va
qo’riqdovchi funk-tsiyalari amalda bo’lishini belgilaydi. Yuridik javobgar-likning asosiy
funksiyasi qonuniylik va huquq-tartibotni muhofaza qilishdan iborat. Muayyan
huquqbuzarga nisbatan javobgarlikning qo’llanishi birmuncha tor maqsadni, ya’ni aybdorni
jazolashni ko’zlaydi. Bu bilan davlat o’zi-ning majburlov choralarini amalga oshira turib,
yana boshqa bir maqsadni ko’zda tutadi - bu maqsad kelajakda huquqbuzarlikni sodir
etishning oldini olishga yoki bu hakda ogohlantirishga qaratilgan bo’ladi.
Bu maqsadlar o’z navbatvda yurvdik javobgarlikning funksiyalarini belgilab beradi.
Ko’zlangan maqsadlarga erishish uchun quyidagi tamoyillarga amal qilinadi:
qonuniylik;
adolatparvarlik; maqsadga muvofiqlilik; huquq buzilgan holda javobgarlikning muqarrarligi;
individuallik (jazoning faqat huquqbuzarga nisbatan qo’llanilishi).
Do'stlaringiz bilan baham: