O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

huquqiy 
munosabatlardir. 
Huquq normasi aynan huquqiy munosabat orqali hayotga joriy etiladi, 
sub’yektiv huquq va burchlarga rioya etiladi, ulardan foydalaniladi va tegishli talablar 
bajariladi. Muayyan sub’yektiv huquq va burchlarning xususiyatlari huquqiy normaning 
tartibga solishdagi ta’sir etish xarakteriga bog’liq. 
Huquqiy normalarning vakolat beruvchi, majbur etuvchi va man qiluvchi turlariga 
mos ravishda tartibga soluvchi va qo’riqlovchi huquqiy munosabatlar turlari namoyon 
bo’ladi. 
Tartibga soluvchi huquqiy munosabatlar majbur etuvchi, vakolat beruvchi va man 
etuvchi munosabatlarga bo’linadi. 
Huquqiy tartibga solish mexanizmining uchinchi unsuri - 
sub’yektiv huquq va 
majburiyatlarni amalga oshirish aktlari (harakatlari)dir. 
Bu erda so’z huquqiy 
munosabat ishti-rokchilarining huquq normalariga rioya etish, bajarish va foydalanish 
shaklidagi real amaliy xatti-harakatlari, xulq-atvori haqida bormokda. Mazkur harakatlar 
sodir etilishi bilan qonun chiqaruvchi idora rejalashtirgan maqsad amalga oshadi hamda 
huquqiy tartibga solish mexanizmi faoliyati yakun topadi. 
Huquqni qo’llash aktlari vakolatli davlat idorasining, mansabdor shaxsning davlat-
hokimiyat xarakteridagi hujjatidir. Bu hujjatlar huquqiy norma talablarini huquqiy 
munosabat orqali bevosita hayotga joriy etadi. Lozim bo’lgan hollarda huquqni qo’llash 
aktlarining bajarilishi davlatning majburlash kuchi bilan ta’minlanadi. Huquqni qo’llash 
aktlari- qaror, farmoyish, buyruq, hukm va boshqa shakllardan iborat. Bu hujjatlarda 
huquqiy munosabat ishtirokchi-larining huquq va burchlari aniq ko’rsatib beriladi. 
 
3-§. Konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish 
Huquqiy tartibga solishning eng oliy shakli - konstitutsiyaviy tartibga solishdir. Zero, 
Konstitutsiya mamlakatning Asosiy qonuni bo’lib, yuksak maqomli, o’ta nufuzli siyosiy-
yuridik hujjat sanaladi. U mo’’tabar ijtimomiy-huquqiy qadriyat sifatida jamiyat va davlat 
hayotining bosh mezoni, ijtimoiy munosabatlarni barqarorlashtiruvchi, ravon tartibga 
soluvchi ta’sirchan vositadir. 
Huquqiy tartibga solish mexanizmida Konstitutsiyaning oliyligani, ustuvorligini 
ta’minlash nihoyatda muhim ahamiyatga molik masaladir. Konstitutsiya - mamlakat 
huquqiy tizimining o’zagi, uning mustahkam poydevori. Konstitutsiya normalari birlamchi, 
ta’sis etuvchi xarakterga ega bo’lib, ular bevosita amal qiladi. Birorta ham qonun yoki 
boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin 
emas (16-modda, 2-qism). 
Konstitutsiya Asosiy qonun sifatida mamlakat normativ-huquqiy hujjatlar tizimida 


204 
ustuvorlik qiladi, «hukmron» mavqeni egallaydi. Uning normalari boshqa qonunlarning 
qoidalaridan ham yuqoriroq yuridik kuchga ega. Qolgan barcha qonunlar va boshqa 
normativ-huquqiy hujjatlar Konstitutsiya asosida, unga muvofiq tarzda va uning ijrosi 
uchun chiqariladi. Basharti, qonunlar Konstitutsiyaga zid kelib qolsa, yoki unda belgilangan 
tartiblarni buzib ishlab chiqilgan va qabul qilingan bo’lsa, ular o’z kuchini yo’qotishi shart. 
Konstitutsiya butun huquqiy tizimning uyushtiruvchi, hamjihatlashtiruvchi markazi, 
«tizim» hosil qiluvchi o’zagi bo’lib, barcha huquq tarmoklari va qonunchilik sohalarini 
shakllantiruvchi hamda rivojlantiruvchi yuridik asosdir. Qonunchilikning hamma sohalari 
bevosita Konstitutsiya qoidalari va prinsiplariga tayanadi. Binobarin, Konstitutsiya 
qonunchilik tarmoklari vujudga kelishi va amal qilishi uchun sarchashma - manba bo’lib 
hisoblanadi. Diqqatga sazovor jihati shundaki, konstitutsiyaviy normalar siyosiy, iqtisodiy, 
ijtimoiy va madaniy-ma’naviy hayotning eng muhim tomonlarini huquqiy tartibga soladi. 
Ana shu ma’noda konstitutsiyaviy tartibga solish huquqiy tartibga solishning boshqa 
turlaridan farq qiladi. 
Konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish murakkab ichki tuzilish (struktura)ga va 
ijtimoiy hayotning alohi-da sohalariga ta’sir etishning o’ziga xos xususiyatlariga ega. U 
huquqiy tartibga solish yagona tiziminqng maxsus qismi sifatida bir qator xususiyatlar bilan 
tavsiflanadi, ya’ni: 
* mamlakat miqyosida yagona konstitutsiyaviy tartibga solishning muayyan tizimini 
tashkil etadi; 
* u umumiy-majburiy, normativ xarakterga ega; 
* huquqiy tartibga solishning umumiy strategiyasini, siyosiy yo’nalishini, ustuvor 
prinsiplarini belgilaydi; 
* ijtimoiy munosabatlarni konstitutsiyaviy tartibga solish davlat tomonidan eng 
yuksak darajada kafolatlanadi va ta’minlanadi. 
Konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solishning mushtarak tizimlilik xususiyati 
konstitutsiyaviy qonunchilik normalarining ichki mutanosibligi, bahamjihatligi, o’zaro manti-
qiy muvofikligi va batartibligida ko’rinadi. Mamlakat konstitutsiyaviy qonunchiligi tizimiga - 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Qoraqalpogaston Respublikasi Konstitutsiyasi va 
barcha konstitutsiyaviy qonunlar (masalan, «O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi 
asoslari to’g’risida»gi konstitutsiyaviy qonun, «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
to’g’risida»gi konstitutsiyaviy qonun) kiradi. 
Konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solishning normativlik darajasi hamda siyosiy-
yuridik ahamiyati konstitutsiyaviy qonunchilikni o’rnatish xarakteri va tartibga solinadigan 
ijtimoiy munosabatlarning muhimligi bilan belgilanadi. Konstitutsiyada mustaqkamlangan 
prinsiplarning hammasi normativ tabiatga ega bo’lib, ular mavjud huquqiy tizim uchun, 
davlat idoralarining huquq ijodkorlik va huquqni qo’llash faoliyati uchun, fuqarolar, 
mansabdor shaxslar va jamoat birlashmalari faoliyati uchun ustuvor, rahbariy ahamiyatga 
egadir. Konstitutsiyaviy tartibga solishning umumiy-majburiy tabiatiga kelganda shuni 
aytish kerakki, u eng oliy darajadagi majburiylikka ega va ijtimoiy-huquqiy 
munosabatlarning barcha sub’yektlari uchun bajarilishi shart bo’lgan qat’iy talabdir. 
Mamlakatimizda Konstitutsiyaga amal qilish majburiyati konstitutsiyaviy qonunchilik 
darajasida mustahkamlangan. O’zbekiston Respublikasida Konstitutsiya va qonunlarning 
ustunligi so’zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat 
birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko’radilar 
(Konstitutsiyaning 15-moddasi). 
Konstitutsiyaviy qonunchilik normalarining amalga oshirilishi iqtisodiy, siyosiy, 
g’oyaviy va yuridik kafolatlar tizimi bilan ta’minlanadi. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan 
ishlab chiqarish rivoj topgani hamda xususiy mulkchilik munosabatlari qaror topgani sayin 
konstitutsiyaviy normalar amal kdlishining iqtisodiy zaminlari, kafolatlari mustahdamlana 


205 
boradi. Shuningdek, mamlakatimizning siyosiy tizimi demokratik tarzda takomillashib 
borgani sayin konstitutsiyaviy tartibga solishning siyosiy kafolatlari kuchayib boradi. 
Jamiyatning g’oyaviy asoslari va ma’rifiy-ma’naviy kamoloti ta’minlanib, tobora yuksalib 
borgani sayin konstitutsiyaviy tartibotning g’oyaviy-ma’naviy kafolatlari rivoj topadi. 
Konstitutsiyaviy tartibga solishning yuridik mexanizmi esa Konstitutsiya amal qilishining 
barcha huquqiy vositalari hamda usullari yigindisini qamrab oladi. Konstitutsiya normalari 
qonuniylik prinsipiga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshiriladi. 
O’zbekiston Respublikasida Konstitutsiya ustuvorligani ta’minlashning, unga rioya 
qilishning alohida muhofaza mexanizmi vujudga keltirilgan. Bunday mexanizmning asosiy 
va markaziy bo’g’inini Konstitutsiyaviy sud tashkil etadi. U qonun chiqaruvchi va ijro 
etuvchi hokimiyatlar aktlarining konstitutsiyaviyligi to’g’risidaga ishlarni ko’rib hal etadi. 
O’zbekiston Respublikasining «Konstitutsiyaviy sud to’g’risida»gi (1995 yil 30 avgust) 
qonuniga muvofiq, Konstitutsi-yaviy sud mamlakatimizda konstitutsiyaviy nazoratning oliy 
sudlov organi hisoblanadi. Konstitutsiyaviy sud barcha davlat organlari tomonidan 
chiqariladigan huquqiy aktlarning, O’zbekistonning xalqaro shartnomalari va boshqa 
majburiyatlarining Konstitutsiyaga to’la mos bo’lishini kuzatib turadi; Qoraqalpogiston 
Konstitutsiyasi, qonunlari va huquqiy aktlarining O’zbekiston Konstitutsiyasiga muvofikdiga 
to’g’risida xulosa beradi; Konstitutsiyaviy sudning qarorlari matbuotda e’lon qshshngan 
paytdan boshlab kuchga kiradi. Ular qatiy va ular ustidan shikoyat qilish mumkin emas 
(Konstitutsiyaning 109-moddasi). 
Konstitutsiyaviy tartibga solish jamiyatda etakchi hamda nufuzli o’rnini egallaydi. U 
oliy darajadagi huquqiy tartibga solishdir. Konstitutsiya normalari o’z .yuridik kuchi 
jihatidan boshqa oddiy huquqiy normalardan so’zsiz ustu-vor bo’lganligi uchun 
konstitutsiyaviy tartibga solish yuksak yuridik maqomga, shuningdek muhim ijtimoiy-
siyosiy mazmunga ega. 
Xo’sh, konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish qanday ijtimoiy munosabatlarni 
qamrab oladi? Bunday tartibga solishning predmetini jamiyat va davlat hayot faoliyati-ning 
eng muhim jihatlari, shunga oid asosiy ijtimoiy munosabatlar tashkil etadi. Bu ijtimoiy 
munosabatlar - jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, sotsial va madaniy rivojlanishini, 
O’zbekiston davlati ichki va tashqi siyosati asoslarini, respublikada inson (fuqaro) huquqda-
ri va erkinliklarini ustuvor ta’minlashni aks ettiruvchi, xususiy mulkchilikka asoslangan 
barqaror bozor iqtisodiyotining qaror topishi bilan bog’liq munosabatlardir. Ushbu 
munosabatlar jamiyat va davlatimizning mohiyatini hamda asosiy xususiyatlarini ifoda 
etadi. 
Konstitutsiyaviy-huquqiy tarzda tartibga solinuvchi ijtimoiy munosabatlarni bir necha 
yirik majmualarga ajratish mumkin: 
* jamiyatning iqtisodiy tizimi, xususiy va boshqa shakldagi mulkchilik hamda 
tadbirkorlik asoslarini tashkil etuvchi ijtimoiy munosabatlar; 
* Uzbekiston siyosiy tizimi va davlat tuzumi asoslarini tashkil etuvchi ijtimoiy 
munosabatlar; 
* shaxsning huquqiy maqomi asoslarini beyagilovchi inson huquqlari va erkinliklarini 
ta’minlash tizimiga oid ijtimoiy munosabatlar; 
* mamlakatimizning davlat tuzilishi shakli, ma’muriy-hududiy tuzilishi, shuningdek 
Qoraqalpogiston Respublikasi huquqiy maqomi asoslarini belgilashga oid ijtimoiy 
munosabatlar; 
* saylov tizimi, parlament, Prezident, Hukumat, sud hokimiyati, mahalliy davlat 
vakillik va ijroiya idorala-rining huquqiy maqomi, vakolatlarini amalga oshirish bilan bog’liq 
ijtimoiy munosabatlar va hokazo. 
Konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish mexanizmini (avvalgi paragrafda 
ta’kidlanganidek) uch unsur: konstitutsiyaviy normalar; konstitutsiyaviy-huquqiy 


206 
munosabatlar; konstitutsiyaviy huquq va majburiyatlarni amalga oshirish aktlari tashkil 
etadi. Ushbu mexanizmning normativ asosini tashkil etuvchi yurqdik normalar o’zining eng 
oliy siyosiy-yuridik kuchi, yuksak barqarorligi va jamiyat hamda davlat tomonidan qat’iy 
ta’minlanishi bilan ajralib turadi. 
Konstitutsiyaviy normalar asosida tarkib topgan huquqiy munosabatlar umumiy 
mazmun kasb etadi va tarmoq huquqiy munosabatlari (ya’ni konkret munosabatlar) uchun 
asos vazifasini o’taydi. Ular o’zining doimiy barqarorligi, uzoq muddatga mo’ljallanganligi 
va sub’yektlarning yuqori umumiy huquqiy holatini ifodalashi bilan tavsiflanadi. Bunday 
munosabatlarning sub’yektlari: davyaat, xalq, millatlar, Qoraqalpog’iston Respublikasi, 
davlat idoralari, jamoat birlashmalari va fuqarolar hisoblanadi. Konstitutsiyaviy qonunchilik 
normalarini amalga oshirish har qanday huquqiy normalarni amalga oshirish singari rioya 
qilish, bajarish, foydalanish va qo’llash shaklida bo’lishi mumkin. 
Konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish mexanizmining xususiyatlaridan biri 
Konstitutsiya normalarining joriy qonunlar tomonidan konkretlashtirilishi hamda bevosita 
amalga oshirilishidir. Qonun normalari o’z navbatida Prezident Farmoni, Hukumat qarori, 
davlat boshqaruv idoralari va huquqni qo’llovchi organlar aktlari orqali hayotga joriy etiladi. 
Shunday qilib, jamiyat va davlat hayotini konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish, 
uning konstitutsiyaviy asoslarini mustahkamlash mamlakatimizning yanada ildam qadamlar 
bilan mustaqillik yo’lidan olga qarab rivojlanishining ishonchli garovidir. 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish