O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


«huquqiy ta’sir etish» va «huquqiy tartibga solish»



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

«huquqiy ta’sir etish» va «huquqiy tartibga solish» 
iboralarining 
ma’nosini taxlil qilish lozim. 
«Ijtimoiy munosabatlarga huquqiy ta’sir etish» iborasi anchagana keng tushuncha 
bo’lib, o’z mazmuniga jamiyat hayotiga huquq ta’sirining barcha yo’nalishlari va shakllarini 
qamrab oladi. Huquqning bunday ta’siri - normativ (umummajburiy) regulyatorlik, 
mafkuraviy va tarbiyaviy omil shakllarida, shuningdek huquqiy prinsiplarni hayotga 
singdirish tarzida va boshqa ko’rinishlarda namoyon bo’ladi. Huquq ishlab chiqarish 
munosabatlariga va ularga asoslangan boshqa munosabatlarga ta’sir etib, ularni 
mustahkamlaydi, qo’riqlaydi va rivojlantiradi. Huquqiy ta’sir etish natijasida ilg’or va ijobiy 
ijtimoiy munosabatlar huquqiy himoya qilinadi hamda takomillashtiriladi. Jamiyat man-
faatlariga mos kelmaydigan yoxud eskirgan munosabatlar esa ijtimoiy turmushdan siqib 
chiqariladi. 
Shuni nazarda tutish joizki, huquqning o’zi bevosita ijtimoiy munosabatlar tizimini 
yaratishi, o’zgartirishi hamda rivojlantirishi mumkin emas. Huquq ushbu munosa-batlar 
ishtirokchilarining ongiga ta’sir etish orqali, shuningdek qat’iy harakat qoidalarini o’rnatib, 
ularni tartibga soladi. Ijtimoiy munosabat (shu jumladan, huquqiy munosabat) 
qatnashchilari ongli va irodaviy harakatlarni sodir etadilar. Shu bois mazkur 
munosabatlarga huquqiy ta’sir etish, ularni yo’lga solib turish mumkin bo’ladi. 
Huquqiy tartibga solish huquqiy ta’sir etishning nisbatan mustaqil va faol 
ko’rinishlaridan biridir. 
Huquqiy tartibga solish 
- ijtimoiy munosabatlarga huquq yordamida ularni 


199 
umummajburiy, normativ tarzda tar-tibga solish maqsadida ta’sir etish jarayonidir. Huquqiy 
tartibga solishning muhim xususiyati shundaki, u ijtimoiy munosabat ishtirokchilarining 
yuridik huquq va majburiyatlarini belgilaydi, huquqdar ro’yobga chiqarilishini va 
majburiyatlar bajarilishini ta’minlaydi. 
Demokratik jamiyatda huquqiy tartibga solish ijtimoiy (sotsial) tartibga solishning 
maxsus turi bo’lib, o’zining demokratik qadriyatlarga tayanginligi, maqsadga 
yo’naltirilganligi, tashkiliy-batartibligi va samaraliligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, 
huquqiy tartibga solish o’ziga xos ta’sir etish vositalari (mexanizmi) orqali amalga oshiri-
ladi. Qonun chiqaruvchi idoraning yuridik normalar yaratishdan ko’zlagan maqsadi xuddi 
ana shu huquqiy ta’sir etish vositalari tizimi yordamida ro’yobga chiqariladi. 
Huquqning ijtimoiy munosabatlar regulyatori sifatidaga talqini huquqshunoslik 
fanida uzil-kesil tan olingan. Huquqning asosiy vazifasi ham uning regulyatorlik (ya’ni, 
tartibga soluvchilik) tabiattsdan keyaib chiqadi. Huquq, qonun hayotiy munosabatlarni 
tartibga solar ekan, ularning amal qilishi va rivojlanishi uchun muayyan chegara, aniq 
me’yor o’rnatadi. Shu yo’l bilan ularni jamiyat va davlat manfaatlari nuqtai nazaridan 
tartibga soladi. 
O’zbekiston Respublikasi mustaqil davlatchilik yo’liga kirgach, jamiyatni tubdan 
yangilash, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va madaniy-ma’naviy jabhada keng qamrovli 
islohotlar yo’lini tutdi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad - ijtimoiy adolatni ta’minlovchi 
demokratik davlatni qaror toptirishdir. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov 
ta’kidlaganidek: «Pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo’naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, 
ochiq tashqi siyosatga ega bo’lgan kuchlik demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik 
jamiyatini barpo etishdan iboratdir»
1

Ana shu ustuvor maqsadlar mazmunidan kelib chiqib aytish mumkinki, demokratik 
islohotlar va huquqiy davlatchilik barpo etishning hozirgi bosqichida davlat hamda jamiyat 
hayotining qonuniy zaminini mustahkamlash, yangi tuzumga oid ijtimoiy munosabatlar 
majmuini huquqiy tartibga solishni muttasil takomillashtirish - strategik yo’nalishdir. 
Amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaf-faqiyati ko’p jihatdan huquqiy tartibga solish 
ishining holatiga bog’liqdir. Islohotlar jarayoni rivojlanib va chuqurlashib borgani sari, 
uning huquqiy negazi sayqallanib va takomillashtirilib boriladi, qabul qilingan qonunchilik 
hujjatlariga tegishli o’zgartishlar kiritiladi. Bu hol qonunlarning ta’sirchanligini oshirish, 
ularning tarkib topayotgan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar bilan bevosita aloqasini kuchaytirish 
imkonini beradi. 
Davlat qonun, farmon va hukumat qarorlarini qabul qilish yo’li bilan iqtisodiy, siyosiy 
va ijtimoiy islo-hotlarning borishini huquqiy jihatdan jadal va qat’iy tartibga solish, 
iqtisodiyotning hamda siyosiy tizimning muhim bo’g’inlari va sohalarini takomillashtirish 
jarayo-ni amalga oshiriladi. 
Mustaqillik yillarida mamlakatda bozor iqtisodiyoti va bozor munosabatlari 
infratuzilmasini shakplantirishning huquqiy poydevori yaratildi. Xususan, «O’zbekiston 
Respublikasida korxonalar to’g’risida», «Tadbirkorlik to’g’risida», «Tashqi iqtisodiy faoliyat 
to’g’risida», «Auditorlik faoliyati to’g’risida», «Chet el investitsiyalari to’g’risida», «Banklar 
va bank faoliyati to’g’risida», «Bankrotlik to’g’risida», «Kichik va xususiy tadbirkorlikni 
rivojlantirishni rag’batlantirish to’g’risida», «Lizing to’g’risida», «Qimmatli qog’ozlar bozori 
to’g’risida»gi qonunlar, Fuqarolik kodeksi, Er kodeksi, Mehnat kodeksi va boshqa normativ 
huquqiy aktlar qabul qilindi. 
Yuridik adabiyotda Huquqning regulyatorlik funksiyasi turlicha talqin etiladi. Ba’zan 
yuridik shaklga ortiqcha o’rin berilib, huquqiy tartibga solish mexanizmi tarkibiga huquq 
ijodkorlik jarayoni ham qo’shib yuboriladi. Bu mantiqqa muvofiq emas. Chunki gap ikkita 
1
Karimov I.A. Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari. - Toshkent, «Sharq», 1998, 49-bet. 


200 
mustaqil huquqiy hodisa (institut) haqida bormoqda. Demak, xuddi «huquq normasi»ni 
«huquqiy tartibot» tushunchasiga qo’shib bo’lmaganidek, huquq yaratish jarayonini 
Huquqiy tartibga solish mexanizmiga ko’shish mumkin emas. Xulosa shuki, huquqning 
imkoniyatlarini, yuri-dik shaklning ahamiyatini haddan oshirib, ob’yektiv ijtimoiy 
munosabatlarning ustuvor belgilovchi rolini, ta’sischi xarakterini nazardan qochirish to’g’ri 
bo’lmaydi. 
Huquqiy tartibga solish ko’lamini ta’riflashda ham olimlar ikki guruhga ajraladilar. 
Ba’zi olimlar huquqiy tartibga solishda yuridik normalar faqat huquqiy munosabatlar 
(shakli, modeli) orqali ta’sir etadi, deb hisoblaydilar. Ushbu nuqtai nazarda turuvchi 
mualliflar sub’yektiv huquq va yuridik majburiyatlarning mavjudligini mutlaq va nisbiy 
huquqiy munosabatlar mavjudligi bilan boglaydilar. Professorlar S.S.Alekseev va N.I. 
Matuzovlar huquqiy tartibga solish huquqiy munosabatlar orqali amalga oshadi, degan 
fikrni quvvatlab, ayni paytda, absolyut va nisbiy huquqiy munosabatlarga «umumiy 
huquqiy munosabatlar»ni ham qo’shadilar. Biroq, huquqiy tartibga solish faqat huquqiy 
munosabatlar bilan chegaralab qo’yilsa, uning tartibga solish doirasi toraytirib yuborilishi 
mumkin. 
Ikkinchi guruh olimlar fikricha, huquqiy tartibga solish huquqiy munosabatlar 
doirasidan tashqariga chiqadi, ancha kengroq ko’lamda harakatlanadi. Bunday yondashuv 
so’nggi yillarda yuridik ilmiy jamoatchilik tomonidan ustuvor nuqtai nazar sifatida tan 
olinmokda. Masalan, akademik Sh.Z.O’razaev, professorlar Z.M.Islomov, M.M.Fayziev, 
U.Tojixonov, S.N.Bratus, A.V.Mitskevich va boshqalar sub’yektiv huquq huquqiy 
munosabatdan tashqarida ham mavjudligini ishonarli tarzda isbot qiladilar. 
Mazkur xulosa ilmiy jihatdan nihoyatda muhimdir. Birinchidan, bu xulosa barcha 
sub’yektiv huquqdarning (ayniqsa, konstitutsiyaviy huquqlarning) nafaqat huquqiy 
munosabat orqali, balki undan tashqari ham amalga oshishi va ulardan foydalanish 
mumkinligini himoya qiladi. Ikkinchidan, u huquq -tartibot huquqiy munosabatlar 
tizimidangina iborat emasligini, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslar huquqiy maqomini 
ham qamrab olishini ko’rsatadi. Uchinchidan, masalaga bunday yondashish ob’yektiv va 
sub’yektiv huquqlarni amalga oshirishning hamma shakliga e’tiborni qaratadi, huquqiy 
tartibga solish mexanizmini to’la izohdaydi
2

Shunday qilib, huquqiy tartibga solish ikki shaklda amalga oshadi: 
* huquqiy munosabat orqali; 
* huquqiy munosabatdan tashqarida. 
Huquqiy munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning maxsus turi hamda huquqiy 
tartibga solishning alohida shaklidir. 
Huquqiy tartibga solishning ushbu ikki shakli uchun umumiy jihat shundaki, ular 
faoliyatining asosiy predmeti - hamisha sub’yektiv huquq bo’lishidir. Huquqiy tartibga solish 
faqat 
kishilarning 
harakatlariga 
(faoliyatiga), munosabatlariga qaratiladi. 
Huquqiy tartibga solish natijasida hamisha sabatlar muayyan tarzda me’yorlanadi, 
“qolip”ga barqarorlik kasb etadi. Muhimi, bu munsyuab tomonidan muhofazalanadi. 
Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga usullar yordamida amalga oshiriladi. 
Huquqiy tartibga solish usuli huquqiy tartibga solish predmetiga bevosita bog’liq bo’ladi. 
Yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasi sabatlarga huquqiy ta’sir etishning yo’llari huquqda 
tartibga solish metodi (usuli) deb ataladi. Huquqiy tartibga solish metodining ikki turi, 
ya’ni: 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish