O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Huquqiy tartibga solish mexanizmi -



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

Huquqiy tartibga solish mexanizmi - 
ijtimoiy munosabatlarga jamiyat va davlat 
oldida turgan maqsad hamda vazifalarga mos ravishda samarali huquqdy ta’sir etishni 
ta’minlovchi yuridik vositalarning mushtarak tizimidir. 
O’z tuzilmaviy tarkibiga ko’ra mazkur mexanizm tegishli unsurlar aloqadorligi va 
birligiga asoslangan g’oyat murakkab tizim hisoblanadi. Huquqiy tartibga solish 
jarayonidagi barcha huquqiy vositalarning «mexanizm» iborasi bilan izohlanishi bejiz emas. 
«Mexanizm» - bir qancha mustaqil hodisalar, qismlar (unsurlar)ning o’zaro aloqadorlik 
asosida, bir butun agregat sifatida harakat qilishidir. Bunda har bir element uygun va 
barqaror birlashib, biri ikkinchisini harakatlantiradi. Mexanizmga aniq, qat’iy va bir 
maromda ishlash xosdir. «Mexanizm» unsurlarning oddiy yigindisi sifatida mavjud 
bo’lmaydi. U tarkibiy qismlarning o’zaro aloqadorlik asosidagi jipsligi bilan, biri 
ikkinchisining mavjudligini ta-qozo etishi bilan, aynan mana shu o’zaro munosabatlar 
negizida harkatlanishi, rivojlanishi va takomillashishi bilan tavsiflanadi. Huquqiy tartibga 
solish jarayonida namoyon bo’luvchi unsurlar yagona uzviy bir butun mexanizmni tashkil 
etadi. 
«Huquqiy tartibga solish mexanizmi» tushunchasi «huquqiy ustqurma» (yoki 
ustqurmaning huquqiy qismi) tushunchasiga yaqin turadi. Har ikki tushuncha tarkibiga 
huquq normalari, huquqiy munosabatlar, huquqiy-me’yoriy hujjatlar, huquqiy ong, huquqiy 
madaniyat va boshqa huquqiy voqeliklar kiradi. Biroq, bu unsurlar yagona mexanizmning 
tarkibiy qismlari sifatida tahlil qilinganda e’tiborni huquqiy ustqurmaning dinamik 
tomoniga, huquqiy ta’sir etish jarayonidagi yuridik vositalarning bir butun tizimdagi o’zaro 
harakatiga qaratish lozim. 
«Huquqiy tartibga solish mexanizmi» kategoriyasi yor-damida har bir huquqiy 
institut (voqelik)ning huquqiy tartibga solish tizimidagi o’rni va rolini aniqlab olish mumkin. 
Shuningdek, ta’kidlash joizki, mexanizm tarkibiga kiruvchi huquqiy institut butunning uzviy 
qismi sifatida yangi xususiyat va jihatlarga ega bo’ladi. 
Huquqiy tartibga solish mexanizmining dastlabki un-suri, me’yoriy asosini - huquqiy 
normalar tashkil etadi. Huquqiy normalarda davlat-hokimiyat irodasi bayon eti-ladi, ushbu 
norma orqali o’rnatilayotgan huquqiy talab tartibga solinayotgan ijtimoiy munosabat 
ishtirokchilariga etkaziladi. Huquqiy normada huquqiy munosabat sub’yektlarining huquq 
va burchlari, vakolatlari doira-si, shuningdek ularni amalga oshirish vositalari ko’rsatiladi. 
Huquqiy normaning maxsus funksiyasi shundaki, u normativ tarzda huquqiy 
munosabat chegaralarini o’rnatadi. Unda xulq-atvor va yurish-turishning andozasi (modeli) 
belgilanadi. Aynan ana shu yurish-turish qoidalari huquqiy tartibga solish asosi bo’lib 
xizmat qiladi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasida 
fuqarolarning mehnat qilish, erkin kasb tanlash huquqi mustahkamlangan. Bu - umumiy 


203 
konstitutsiyaviy – huquqiy qoida. O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 57, 72-
moddalarida ishga joylashish va qabul qilish bilan bog’liq mehnat-huquqiy munosabatlar 
nazarda tutilgan, Fuqaro mehnat qilishga bo’lgan o’z qobiliyatini tasarruf etish huquqiga 
ega. Ishga qabul qilish yozma tarzda tuziladigan mehnat shartnomasi orqali amalga 
oshiriladi. Bu erda yuqoridagi konstitutsiyaviy qoida aniqlashtirilayotganini ko’ramiz. Biroq, 
u hali hayotga tatbiq etilayotgani yo’q. Mehnat kodeksining yuqoridagi moddalari ishga 
joylashish va qabul qilish bilan bog’liq mehnat-huquqiy munosabatlarni tartibga solishni 
nazarda tutadi. Mazkur normaning mavjudligi hali yuqoridagi mehnat-huquqiy 
munosabatlar hal etilganligani anglatmaydi, albatta. Bu toifa masalaning huquqiy echimiga 
erishish uchun muayyan fuqaroni ishga qabul qilish to’g’risida ish beruvchining (korxona 
ma’muriyatining) aniq individual hujjati (buyrug’i, farmoyishi) chiqarilishi lozim (MK 
ning\82-moddasi). Ushbu misolimizda MK 57 va 72-moddalaridagi huquqiy normalar 
tegishli mehnat-huquqiy munosabatlarini tartibga solish uchun asos vazifasini o’taydi. 
Huquqiy 
tartibga 
solish 
mexanizmining 
ikkinchi 
unsuri 


Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish