ijtimoiy munosabat qatnashchilarining huquqiy e’tiqodi va
yo’naltirilganligi.
Huquqning ijtimoiy hayotdagi harakatlanishi shaxsning huquqiy
e’tiqodi, o’y-fikrlarining yo’naltirilganligi bilan bog’liq. Zero, huquqning amal qilishi huquq
sohiblarining nafaqat axborotlanganlik darajasi bilan, balki huquqiy norma talablariga rioya
etish va uni bajarishga bo’lgan shaxsiy ichki qat’iyatning shakllanganlik darajasi bilan ham
bog’liq. Yanada aniqroq ifoda etadigan bo’lsak, shaxs huquqiy maqsad, vazifa hamda
ideallarni bajarish va egallashga qancha-lik yo’naltirilganligi nazarda tutilmokda;
v)
huquq amal qilishining ijtimoiy oqibatlari.
Yuridik normalar amal qilishining
oqibati - huquqiy talabni amalga oshirishning yakuniy natijasigana emas, balki huquq
harakati keyingi bosqichlarining boshlang’ich nuqtasi ham-dir. Huquqning ijtimoiy harakati
«qayta bog’lanish» mexanizmi (huquqiy ong, yuridik va sud amaliyoti, davriy huquq
ijodkorligi) orqali huquqiy tartibga solish jarayoniga, uni yo’naltirishga va tuzatishga ta’sir
ko’rsatadi;
g)
ijtimoiy muhit.
Huquqning, shuningdek butun yuridik vositalar tizimining
harakatlanishi muayyan ijtimoiy muhitda ro’y beradi. Bunda jamiyat, davlat, siyosiy
partiyalar va jamoat birlashmalari hamda fuqarolar to-monida huquqqa, qonuniylikka
munosabat namoyon bo’ladi. Mazkur muhitda mavjud muayyan shart-sharoit, huquqiy
madaniyat, huquqiy ong va tartibiy holati maydonga chiqadi. Huquq harakatlanadigan
ijtimoiy muhitning muhim jihatlaridan biri jamiyatdagi qonuniylik va huquqiy tartibot
rejimini qamrab oluvchi umumiy holat - «huquqiy iklim»dir.
Taxlil etilayotgan mexanizmda huquqning harakatlanishiga turli ijtimoiy omillar ta’sir
ko’rsatadi.
Ijtimoiy omillar huquqiy tartibga solish ehtiyojlarini aniqlashga, huquqiy munosabat
ishtirokchilarining xulq-atvoriga, yuridik norma qo’llanayotgan masalaning maz-muniga u
yoki bu shaklda ta’sir o’tkazuvchi ijtimoiy hayot hodisalaridir. Ijtimoiy omillar iqtisodiy,
siyosiy, huquqiy, madaniy taraqqiyotning ob’yektiv qonuniyatlarini o’zida namoyon etadi.
Ijtimoiy omillarni quyidagacha turkumlash mumkin: iqtisodiy, demografik, ekologik,
jo’grofiy, siyosiy-huquqiy, g’oyaviy-ruhiy, ijtimoiy-madaniy, milliy, baynalmilal, ilmiy,
tashkiliy-texnikaviy va boshqa omillar.
Huquqiy tartibga solish jarayonining ruhiy mexanizmi nihoyatda muhim ahamiyat
kasb etadi. Shaxsning irodasi, akliy salohiyati (intellekti), motivi, maqsadi, e’tiqodi kabi
fazilatlari huquq harakatlanishining ruhiy mexanizmi zamirida yotadi. Qonun chiqaruvchi
idora ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda insonlarning ruhiy xulq-atvori xususiyatlarini
inobatga oladi. Chunki huquqiy tartibga solish - bu ongga, irodaga, ehtirosga, murakkab
motivli xulq-atvorga ega bo’lgan insonlarni boshqarishdir. Huquq vositasida inson xulq-
atvorining motivlari («ichki istak-intilish») shakllantiriladi. Yuridik normada o’rnatilayotgan
taqiq, man etish yoki ijozat berish, rag’batlantirish usullari bilan, avvalo, inson ruhiyatiga
ta’sir etiladi. Shu tariqa inson ruhiyatining tashqi ifodasi bo’lmish yurish-turishi, xulq-
atvorining o’zgarishiga erishiladi.
Ijobiy xatti-harakatlarni sodir etishga sabab bo’luvchi faol xulq-atvorni
ragbatlantiruvchi
Do'stlaringiz bilan baham: |