199
umummajburiy, normativ tarzda tar-tibga solish maqsadida ta’sir etish jarayonidir. Huquqiy
tartibga solishning
muhim xususiyati shundaki, u ijtimoiy munosabat ishtirokchilarining
yuridik huquq va majburiyatlarini belgilaydi, huquqdar ro’yobga chiqarilishini va
majburiyatlar bajarilishini ta’minlaydi.
Demokratik jamiyatda huquqiy tartibga solish ijtimoiy (sotsial) tartibga solishning
maxsus turi bo’lib, o’zining demokratik qadriyatlarga tayanginligi, maqsadga
yo’naltirilganligi, tashkiliy-batartibligi va samaraliligi bilan ajralib turadi. Shuningdek,
huquqiy tartibga solish o’ziga xos ta’sir etish vositalari (mexanizmi)
orqali amalga oshiri-
ladi. Qonun chiqaruvchi idoraning yuridik normalar yaratishdan ko’zlagan maqsadi xuddi
ana shu huquqiy ta’sir etish vositalari tizimi yordamida ro’yobga chiqariladi.
Huquqning ijtimoiy munosabatlar regulyatori sifatidaga talqini huquqshunoslik
fanida uzil-kesil tan olingan. Huquqning asosiy vazifasi ham uning regulyatorlik (ya’ni,
tartibga soluvchilik) tabiattsdan keyaib chiqadi. Huquq, qonun hayotiy munosabatlarni
tartibga solar ekan, ularning amal qilishi va rivojlanishi uchun muayyan chegara, aniq
me’yor o’rnatadi. Shu yo’l bilan ularni jamiyat va davlat manfaatlari nuqtai nazaridan
tartibga soladi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqil davlatchilik yo’liga kirgach, jamiyatni tubdan
yangilash,
iqtisodiy, siyosiy, huquqiy va madaniy-ma’naviy jabhada keng qamrovli
islohotlar yo’lini tutdi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad - ijtimoiy adolatni ta’minlovchi
demokratik davlatni qaror toptirishdir. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov
ta’kidlaganidek: «Pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo’naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga,
ochiq tashqi siyosatga ega bo’lgan kuchlik demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik
jamiyatini barpo etishdan iboratdir»
1
.
Ana shu ustuvor maqsadlar mazmunidan kelib chiqib aytish mumkinki, demokratik
islohotlar va huquqiy davlatchilik barpo etishning hozirgi bosqichida davlat hamda jamiyat
hayotining qonuniy zaminini mustahkamlash, yangi tuzumga oid ijtimoiy munosabatlar
majmuini huquqiy tartibga solishni muttasil takomillashtirish - strategik yo’nalishdir.
Amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaf-faqiyati ko’p jihatdan huquqiy tartibga solish
ishining holatiga bog’liqdir. Islohotlar jarayoni rivojlanib va chuqurlashib borgani sari,
uning huquqiy negazi sayqallanib va takomillashtirilib boriladi,
qabul qilingan qonunchilik
hujjatlariga tegishli o’zgartishlar kiritiladi. Bu hol qonunlarning ta’sirchanligini oshirish,
ularning tarkib topayotgan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar bilan bevosita aloqasini kuchaytirish
imkonini beradi.
Davlat qonun, farmon va hukumat qarorlarini qabul qilish yo’li bilan iqtisodiy, siyosiy
va ijtimoiy islo-hotlarning borishini huquqiy jihatdan jadal va qat’iy tartibga solish,
iqtisodiyotning hamda siyosiy tizimning muhim bo’g’inlari va sohalarini takomillashtirish
jarayo-ni amalga oshiriladi.
Mustaqillik yillarida mamlakatda bozor iqtisodiyoti va bozor munosabatlari
infratuzilmasini shakplantirishning huquqiy poydevori yaratildi. Xususan, «O’zbekiston
Respublikasida korxonalar to’g’risida», «Tadbirkorlik to’g’risida», «Tashqi iqtisodiy faoliyat
to’g’risida», «Auditorlik faoliyati to’g’risida», «Chet el investitsiyalari to’g’risida», «Banklar
va bank faoliyati to’g’risida», «Bankrotlik to’g’risida», «Kichik va xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirishni rag’batlantirish to’g’risida», «Lizing to’g’risida», «Qimmatli qog’ozlar bozori
to’g’risida»gi qonunlar, Fuqarolik kodeksi, Er kodeksi, Mehnat kodeksi va boshqa normativ
huquqiy aktlar qabul qilindi.
Yuridik adabiyotda Huquqning regulyatorlik funksiyasi turlicha talqin etiladi. Ba’zan
yuridik shaklga ortiqcha o’rin berilib, huquqiy tartibga solish mexanizmi tarkibiga huquq
ijodkorlik jarayoni ham qo’shib yuboriladi. Bu mantiqqa muvofiq emas. Chunki gap ikkita
1
Karimov I.A. Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari. - Toshkent, «Sharq», 1998, 49-bet.
200
mustaqil huquqiy hodisa (institut) haqida bormoqda. Demak, xuddi «huquq normasi»ni
«huquqiy tartibot» tushunchasiga qo’shib bo’lmaganidek,
huquq yaratish jarayonini
Huquqiy tartibga solish mexanizmiga ko’shish mumkin emas. Xulosa shuki, huquqning
imkoniyatlarini, yuri-dik shaklning ahamiyatini haddan oshirib, ob’yektiv ijtimoiy
munosabatlarning ustuvor belgilovchi rolini, ta’sischi xarakterini nazardan qochirish to’g’ri
bo’lmaydi.
Huquqiy tartibga solish ko’lamini ta’riflashda ham olimlar ikki guruhga ajraladilar.
Ba’zi olimlar huquqiy tartibga solishda yuridik normalar faqat huquqiy munosabatlar
(shakli, modeli) orqali ta’sir etadi, deb hisoblaydilar. Ushbu nuqtai nazarda turuvchi
mualliflar sub’yektiv huquq va yuridik majburiyatlarning mavjudligini mutlaq va nisbiy
huquqiy munosabatlar mavjudligi bilan boglaydilar. Professorlar S.S.Alekseev va N.I.
Matuzovlar huquqiy tartibga solish huquqiy munosabatlar
orqali amalga oshadi, degan
fikrni quvvatlab, ayni paytda, absolyut va nisbiy huquqiy munosabatlarga «umumiy
huquqiy munosabatlar»ni ham qo’shadilar. Biroq, huquqiy tartibga solish faqat huquqiy
munosabatlar bilan chegaralab qo’yilsa, uning tartibga solish doirasi toraytirib yuborilishi
mumkin.
Ikkinchi guruh olimlar fikricha, huquqiy tartibga solish huquqiy munosabatlar
doirasidan tashqariga chiqadi, ancha kengroq ko’lamda harakatlanadi. Bunday yondashuv
so’nggi yillarda yuridik ilmiy jamoatchilik tomonidan ustuvor
nuqtai nazar sifatida tan
olinmokda. Masalan, akademik Sh.Z.O’razaev, professorlar Z.M.Islomov, M.M.Fayziev,
U.Tojixonov, S.N.Bratus, A.V.Mitskevich va boshqalar sub’yektiv huquq huquqiy
munosabatdan tashqarida ham mavjudligini ishonarli tarzda isbot qiladilar.
Mazkur xulosa ilmiy jihatdan nihoyatda muhimdir. Birinchidan, bu xulosa barcha
sub’yektiv huquqdarning (ayniqsa, konstitutsiyaviy huquqlarning) nafaqat huquqiy
munosabat orqali, balki undan tashqari ham amalga oshishi va ulardan foydalanish
mumkinligini himoya qiladi. Ikkinchidan, u huquq -tartibot huquqiy munosabatlar
tizimidangina iborat emasligini, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslar huquqiy maqomini
ham qamrab olishini ko’rsatadi.
Uchinchidan, masalaga bunday yondashish ob’yektiv va
sub’yektiv huquqlarni amalga oshirishning hamma shakliga e’tiborni qaratadi, huquqiy
tartibga solish mexanizmini to’la izohdaydi
2
.
Shunday qilib, huquqiy tartibga solish ikki shaklda amalga oshadi:
* huquqiy munosabat orqali;
* huquqiy munosabatdan tashqarida.
Huquqiy munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning maxsus turi hamda huquqiy
tartibga solishning alohida shaklidir.
Huquqiy tartibga solishning ushbu ikki shakli uchun umumiy jihat shundaki, ular
faoliyatining asosiy predmeti - hamisha sub’yektiv huquq bo’lishidir. Huquqiy tartibga solish
faqat
kishilarning
harakatlariga
(faoliyatiga), munosabatlariga qaratiladi.
Huquqiy tartibga solish natijasida hamisha sabatlar muayyan tarzda me’yorlanadi,
“qolip”ga barqarorlik kasb etadi. Muhimi, bu munsyuab tomonidan muhofazalanadi.
Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga usullar yordamida amalga oshiriladi.
Huquqiy tartibga solish usuli huquqiy tartibga solish predmetiga bevosita bog’liq bo’ladi.
Yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasi sabatlarga huquqiy ta’sir etishning yo’llari huquqda
tartibga solish metodi (usuli) deb ataladi. Huquqiy tartibga solish metodining ikki turi,
ya’ni:
Do'stlaringiz bilan baham: