O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


XVII bob. HUQUQIY XULQ-ATVOR. HUQUQBUZARLIK VA YuRIDIK



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

XVII bob. HUQUQIY XULQ-ATVOR. HUQUQBUZARLIK VA YuRIDIK 
JAVOBGARLIK 
 
1-§. Huquqiy xulq-atvor 
Huquq - ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib, rivojlantirib va qo’riqlab turuvchi 
muhim vosita. Shu bilan birga, bu munosabatlarning o’zi jamiyatda kishilarning xulqi, 
yurish-turishlari va hayotiy faoliyatlarining mahsulidir. Shunday ekan, huquq ijtimoiy 
munosabatlarni tartibga solish vositasi sifatida kishilarning harakatlaridan kelib chiqadigan 
munosabatlarga ta’sir qiladi. 
Jamiyatda kishilarning xulqi turli xil shakllardan iborat bo’lib,uni ifodalanishiga, 
samaradorligiga, motivlariga, maqsadlari va oqibatlariga qarab turlarga ajratish mumkin. 
Shu bilan birga, xulqning barcha ko’rinishlari jamiyatning tizimida ma’lum manfaatlarni, 
yo’nalishlarni, g’oyaviy tomonlarni belgilaydi. Aynan shuning uchun ham, har qanday xulq-
atvor, axloq huquqiy baholashning ob’yekti bo’lib yuzaga chiqadi. Huquq nuqtai nazaridan 
kishining xulqi har xil baholanishi mumkin. Kishilarning ayrim munosabatlari huquqiy 
tartibga solishning doira-sidan tashqarida bo’lishi mumkin, shuning uchun ham bunday 
munosabatlar huquq bilan baholanmaydi va tartibga solin-maydi, ular faqat axloqiy 
jihatdan baholanadi va ijti-moiy normalar bilan tartibga solinadi (Masalan, sevgi, do’stlik 
munosabatlari yoki sportga, musiqaga, san’atga qiziqish va hokazo). Yuridik adabiyotlarda 
va amaliyotda huquq normalari bilan tartibga solinadigan, huquqiy ta’sir etish doirasidagi 
xulqqa ko’p e’tibor qaratiladi. 
Huquqiy xulq-atvor huquq normalariga mos keladigan, yuridik oqibatlarni keltirib 
chiqaradigan, ijtimoiy foydali ahamiyatga ega bo’lgan, huquq sub’yektlarining ongli 
ravishdagi xulqidir. 
Yuridik adabiyotlarda huquqiy xulq-atvor - ijtimoiy foydali, jamiyat va davlat 
tomonidan ijobiy baholanadigan, zarur va istalgan xulq sifatida xarakterlanadi. Mohiyatiga 
ko’ra huquqiy xulqning shakllari huquqni tatbiq etish shakllariga to’la mos keladi, ya’ni 
huquqiy xulq huquq qoidalarining tatbiq qilinishini ifoda etadi va ularning xarakteridan 
kelib chiqib, huquqqa amal qilish, uni bajarish, undan foydalanish va uni qo’llash kabi 
shakllarda namoyon bo’ladi. Huquq qoidalariga amal qilish, yuridik majburiyatlarni bajarish, 
berilgan huquqlardan foydalanish, maxsus sub’yektlar tomonvdan huquqni qo’llash - 
bularning barchasi birgalikda huquqiy xulqning mohiyatini ifodalaydi. 
Huquq nuqtai nazaridan xulq-atvor - 
huquqqa mos keluvchi, yuridik betaraf va 
huquqqa zid keluvchi bo’lishi mumkin. 
Huquqiy xulq-atvor tuzilishiga ko’ra quyidagi to’rtta elementlar birligadan iborat: 
sub’yekt, ob’yekt, sub’yektiv tomon va ob’yektiv tomon. 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish