Ijtimoiy rejalashtirish ijtimoiy tizimning mazkur jamiyat ehtiyojlariga mos keladigan holatiga erishish vositalari va usullarini ishlab chiqish bo’yicha faoliyat. Ijtimoiy rejalashtirishda asosiy e’tibor mehnatni samarali tashkillashtirishni izlash, ilmiy asoslangan mezonlarni joriy etish, mehnat sharoiti va ishlab chiqarish madaniyatini yaxshilash, xodimlar ma’lumoti va malakasini oshirish, mehnat intizomini mustahkamlash, jamoalardagi munosabatlarni takomillashtirishga qaratiladi.
Ijtimoiy siyosat davlat va uning institutlari, mahalliy boshqarish idoralari, mamlakat, chet el va xorijiy korxonalar, barcha xususiy muassasalar, ularning birlashmalari, jamoatchilik va xususiy jamg’armalar jamiyat ijtimoiy sohasini rivojlantirish va boshqarish bo’yicha fuqarolarning faoliyati. Ijtimoiy siyosatning maqsadi kishilar ijtimoiy ehtiyojlari va manfaatlarini qondirish, ayrim fuqarolar va ijtimoiy guruhlarni qo’llab-quvvatlash, himoyalash, to’g’ri yo’naltirish va mehnat qobiliyatini qayta tiklash uchun sharoitlar yaratishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |