Ijtimoiy imtiyozlar fuqarolarning ayrim toifasiga berilgan iste’mol jamoatchilik fondlaridan foydalanishdagi ustuvorlik, qonunda belgilangan me’yorlarni bajarishdan qisman ozod etish yoki ularni bajarish shartlarini yengillashtirish. Ijtimoiy imtiyozlar qonunchilik bilan o’rnatiladi (har bir alohida holatga alohida yondashiladi) va maqsadli, manzilli tavsifga ega bo’ladi.
Ijtimoiy infratuzilma ijtimoiy (ishlab chiqarish mahsuloti chiqarmaydigan) sohaga xizmat qiluvchi iqtisodiyot tarmoqlarining majmuyi, iste’molchilarga xizmat qilish uchun mo’ljallangan muassasalar, transport vositalarining majmuyi. Ijtimoiy infratuzilma o’z ichiga turar joy kommunal xo’jaliklari, sog’liqni saqlash, ta’lim muassasalari, madaniyat, san’at, sport, ijtimoiy ta’minot, savdo korxonalari, umumiy ovqatlanish shohobchalari, ommaviy kommunikatsiya va h.k.larni o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |