Ijtimoiy iyerarxiya (iyerarxiya yun. - muqaddas hokimiyat) - yuqori darajadagi tizimlarning quyi tizimlarni o’ziga bo’ysindirishga asoslangan istalgan ijtimoiy tizim tuzilishining universal shakli. Mazkur tizimda daraja qancha yuqori bo’lsa, uning ijtimoiy tarkibi ham shuncha yuqori bo’ladi, bunga ko’ra iyerarxiya tuzilishi piramida shaklini oladi. Ijtimoiy iyerarxiyaning asosiy vazifasi boshqaruvning markazlashganligi, yakka hokimlikni ta’minlashdan iboratdir, bunday hol ko’pchilik kishilarni bevosita birgalikda harakatlanishini va vositachilar - lavozimlar, funksiyalar, idoralarni tashkil etishning tabiiy zaruratiga hojat yo’qligi bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |