Ijtimoiy boshqarish jamiyatning muayyan sifat jihatlarini tartibga solish va rivojlantirish uchun unga muayyan maqsadda ta’sir etish. Ijtimoiy boshqarishning uch kichik tizimi farqlanadi: jamiyat tuzilishini belgilovchi muayyan tizimda aloqalar va munosabatlarni tashkil qilish; muayyan tizim faoliyatining belgilangan tartibini saqlash; muayyan maqsadga erishish dasturini amalga oshirish.
Ijtimoiy yetuklik insonni qurshab olgan ijtimoiy muhitning rivojlanish darajasi, bunda u to’la takomilga erishgan va mazkur jamiyatda qabul qilinadigan qadriyatlar, me’yorlar va hayot faoliyati tamoyillariga mos keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |