Jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti olish huquqi O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, respublika hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti olish huquqiga ega.
Jamg’arib boriladigan pensiya tizimida ishtirok etish ish beruvchilarning, shuningdek, mehnat faoliyatini mehnat shartnomasi asosida amalga oshiruvchi fuqarolarning jamg’arib boriladigan pensiya tizimida ishtirok etishi majburiydir. Yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs tashkil yetmagan holdagi dehqon xo’jaliklarining a’zolari, shuningdek, boshqa fuqarolar jamg’arib boriladigan pensiya tizimida ixtiyoriylik asosida ishtirok etadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |