Davlat ijtimoiy ta’minoti shaxslarning moddiy holati e’tiborga olinmagan holda davlat tomonidan beriladigan ta’minot.
Daromad ishlab chiqarilgan mahsulot narxining mahsulotni ishlab chiqarish sarf-xarajatlaridan oshishi, shuningdek, har bir sinf, ijtimoiy guruh yoki alohida shaxsning yangi yaratilgan qiymatda mavjud bo’lgan va uning tomonidan o’zlashtirilgan ulushi.
Dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa nafaqaning bu turi xodim yoki uning qaramog’ida bo’lgan turmush o’rtog’i, 18 yoshga to’lmagan yoki vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz (yoshidan qat’i nazar) bolalari, aka-ukalari va opa-singillari, ota-onasi, bobosi yoki buvisi vafot etganda bir yo’la beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |