Davlat ijtimoiy kafolatlari qonun bilan tasdiqlangan va fuqarolarning konstitutsiyaviy majburiyatlarini amalga oshirishga yo’naltirilgan davlat majburiyatlaridir.
Davlat ijtimoiy yordami mehnatga layoqatligining yo’qligi, ishsizligi, daromad manbayi mavjud bo’lmaganligi sababli mustaqil ravishda o’zini moddiy ta’minlay olmagan shaxslarga davlat tomonidan beriladigan yordam.
Davlat ijtimoiy sug’urta nafaqalari mehnat faoliyati bilan shug’ullanayotgan (shug’ullangan) va belgilangan tartibda ijtimoiy sug’urtalangan shaxslarga (ularning oila a’zolariga) ular vaqtincha mehnatga layoqatsiz bo’lganlari, homiladorlik va tug’ish ta’tiliga chiqqanlari hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy sug’urtasi (pensiya jamg’armasi) mablag’lari hisobidan nafaqalar tayinlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |