Boquvchisini yo’qotganlik bo’yicha pensiya pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo’lgan shaxs vafot etgan taqdirda uning qaramog’ida bo’lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolari boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega.
Geriatrik yordam keksa yoshdagi kishilarga ko’rsatiladigan tibbiy
yordamning maxsus shakli hisoblanadi.
Geriatrik markazlar ambulatoriya-poliklinika muassasalarining yangi shakli hisoblanib, ular keksalarga tibbiy xizmat ko’rsatish bo’yicha faoliyat ko’rsatadi, davolash-maslahat yordami va tashkiliy-uslubiy ishlarni amalga oshiradi, geriatriya bo’yicha uchastka vrachi va boshqa mutaxassislarning malakasini tizimli turda oshiradi, geriatrik bemorlarni davolash bo’yicha ilmiy- nazariy anjumanlar o’tkazadi, qarish profilaktikasi va davolashning zamonaviy geriatrik usuli, gerofarmakologiyaning so’nggi yutuqlarini amaliyotga tatbiq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |