Ijtimoiy me’yorlar individ va guruh xulq-atvorini ijtimoiy tartibga soluvchi vosita. Ijtimoiy me’yorlar yordamida jamiyat va ijtimoiy guruhlarning talablari etalon, model, lozim bo’lgan xulq-atvor mezonlariga aylantiriladi va shunday shaklda shaxsga yo’naltiriladi.
Ijtimoiy nazorat tekshiruv, jamiyat va ijtimoiy guruhlarning shaxsga uning xulq-atvorini to’g’rilash, muayyan umumiylik me’yorlarida umumqabul qilingan qoidalarga muvofiqlashtirish maqsadida shaxsga ta’sir o’tkazish usullari tizimi. Ijtimoiy nazorat ijtimoiy tizim barqarorligiga erishish va uni saqlashga hamda uning ijobiy rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |